Oshxona vinolari. Tarkibida 9 dan 14% gacha spirt bo„lgan, uzum
shirasini tabiiy achitish natijasida olingan vinolar stoloviy vinolar deyiladi.
Uzum shinnisini to„la achitib tarkibida 0,5% qand bo„lgan shirasiz stoloviy
vinosi, chala achitib - yarim shirasiz (qandi 0,5 dan 3% gacha) va yarim
shirin (qandi 3 dan 8% gacha bo„lgan) stoloviy vinolar olinadi.
Yarim shirasiz va yarim shirin stoloviy vinolar turg„un emas, tez
buziladi. shuning uchun ham ular faqat yangiligida savdoga chiqariladi.
Stoloviy vinolari rangiga ko„ra oq (och somon rangdan to„q tilla
ranggacha), pushti (och pushtidan och qizil ranggacha) va qizil (qizildan
to„q qizilgacha); sifatiga ko„ra - markali va oddiy bo„ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |