Likyor-aroq mahsulotlariga damlamalar, nalivkalar, likyorlar va
punshlar kiradi. Ularga spirt, suv, qand, shifobaxsh va xushbo„y o„tlar,
mevalar, rezavorlar, sharbatlar, morslar, efir moyi moddalari xom ashyo
96
bo„lib xizmat qiladi. Damlamalar tarkibidagi spirt va qandga ko„ra
achchiq, yarim shirin va shirin bo„ladi. Achchiq damlamalar suv
qo„shilgan va rektifikatsiyalangan etil spirtiga har xil xushbo„y o„tlar,
urug„lar, tsitrus mevalarining po„sti va boshqalar qo„shib uzoq saqlash
yo„li bilan hosil qilinadi. Hosil bo„lgan spirtli damlama suv bilan
aralashtiriladi, ozuqa bo„yoqlari bilan rang beriladi va ozroq qand (1-2%),
ayrim navlariga esa xushbo„yligini oshirish uchun efir moyi qo„shiladi.
Achchiq damlamalar, ya‟ni o„tkir aroq mahsulotlari tarkibida 30 dan 45%
gacha spirt bo„ladi. Ularga: “Gorniy dubnyak”, “Zubrovka”, “Zveroboy”,
“Erofeich”, “Xinnaya”, “Pomerantsevaya”, “Anisovaya”, “Vishnevaya”,
“Tminnaya”, “Myatnaya”, “Limonnaya” va boshqa turlari kiradi.
Yarim shirin damlamalarning tarkibida 25-30% spirt va 2-3% qand
bo„ladi. Ularga “Vishnevaya”, “Ryabinovaya”, “Yantarnaya” turlari kiradi.
shirin damlamalar spirt, suv, qand va yangi yoki quritilgan meva hamda
rezavorlarni spirtda saqlash yo„li bilan olingan morslardan ishlab
chiqariladi. Odatda shirin damlamalar tarkibida 20-24% spirt va 15-20%
qand bo„ladi. shirin damlamaning eng ko„p tarqalganlari: “Abrikosovaya”,
“Vishnevaya”, “Yablochnaya”, “Brusnichnaya” va “Klyukvennaya”
turlaridir.
Nalivkalar rezavor-mevalar, morslari hamda yangi meva va
rezavorlarining spirt qo„shilgan sharbatidan tayyorlanadi. Nalivkalar
tarkibida spirt kam (18-20%), qand ko„p (20-40%) bo„lganligi bilan shirin
damlamalardan farq qiladi. Eng yaxshi nalivkalar “Zolotaya osen”,
“Slivyanka”,
“Zapekanka”,
“Ayvovaya”,
“Spoto„kach”,
“Zemlyanichnaya”, “Klubnichnaya” va “Vishnevaya” lardir.
Likyorlar tarkibidagi qand va spirtga qarab o„tkir, dessertli va
kremlarga bo„linadi. O„tkir likyorlar a‟lo sifatli spirt, efir moyining
damlamasi, qand sharbati, suv va oziq-ovqat buyoqlarini aralashtirib hosil
qilinadi. Ular dub idishlarda 6 oydan 2 yilgacha saqlanadi. Saqlash
jarayonida likyorlarda ximik o„zgarishlar riy beradi, natijada ularning
ta‟mi va xushbo„yligi yaxshilanadi. Ularning tarkibida 40 dan 45% gacha
spirt va 32 dan 40% gacha qand bo„ladi. O„tkir likyorlarga: “Benediktin”,
“Kristall”, “Prozrachniy”; “shartrez”, “yujniy jyolto„y” turlari kiradi.
97
Desertli likyorlar meva va rezavorlar morsidan yoki efir moyli xom
ashyodan tayyorlanadi. Ularning tarkibida 25 - 30% spirt va 32-50% qand
bo„ladi. Desertli likyorlarga: “Abrikosoviy”, “Aromatniy”, “Vanilniy”,
“Kofeyniy”,
“Limonniy”,
“Novogodniy”,
“Rozoviy”,
“Chernosmorodinoviy”, “shoqoladniy”, “yubileyniy” va boshqalar kiradi.
Rom. Rom - o„tkir alkogolli ichimlikdir. Rom shakarkamishning
achitilgan shirasini yoki uni qayta ishlashda hosil bo„ladigan boshqa
mahsulotlarni haydab olinadigan rom spirtini dubdan yasalgan yangi
bochkalarda 4 - 5 yil mobaynida saqlash yo„li bilan tayyorlanadi. Tabiiy
rom juda o„tkir (70-80%) bo„lib, sotuvga chiqarilishidan oldin o„tkirligi
45% ga keltiriladi.
Viski. Viski - o„tkir alkogolli ichimlik. Viski javdar, makkajo„xori,
arpa yoki ular aralashmasining achitilgan shirasini haydash yo„li bilan
olinadi. Olingan spirt ichki tomoni kuydirilgan dub bochkalarda 4 - 10 yil
mobaynida saqlanadi. Sotishga chiqarilishidan oldin yumshatilgan suv,
qand qiyomi qo„shiladi va rang beriladi. Viskining o„tkirligi 45%; aroqdan
farq qilib, tarkibida spirt yog„i ko„p bo„lganligidan ta‟mi juda o„tkir
bo„ladi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlarining sifati organoleptik usulda
hamda ximiyaviy analiz yordamida baholanadi. Aroq va likyor-aroq
mahsulotlarining o„tkirligi standartda belgilanganidek, tiniq, quyqasiz,
begona ta‟m va hidlardan holi bo„lishi kerak.
O„tkirligi
me‟yordan
past
bo„lgan
ichimliklar
savdoga
chiqarilmaydi.
shuningdek,
tiniq bo„lmagan, tarkibida erimagan
zarrachalari yoki quyqasi bo„lgan, begona ta‟m va hidli, yaxshi
tiqinlanmagan, smolkasi shikastlangan, smolkadagi tamg„asi yaxshi
ko„rinmaydigan, etiketkasiz yoki etiketkasi yirtilgan, to„la quyilmagan
ichimliklar ham savdoga chiqarilmaydi. Butilkalar belgilangan shaklda,
toza, darz ketmagan, og„zi
shikastlanmagan bo„lishi kerak.
Apoq 0,25; 0,5; 1 va 3 l sig„imli toza shisha butilkalarga quyiladi.
“Stolichnaya”, “Moskovskaya osobaya” aroqlari quyilgan butilkalarning
og„zi
oq pergament quyib, po„stloq tiqin bilan bekitiladi. “Moskovskaya
osobaya” arog„ining butilkalari po„stloq qatlami metall qalpoqchalar bilan
bekitiladi. 40% li aroq tsellofan qatlamli bir qavat karton va metall
98
qalpoqcha bilan bekitiladi. Tiqin bilan bekitilgan butilkalar oq smolka
qatlami bilan qoplanadi va zavod tamg„asi bosiladi. Karton tiqinli
butilkalar zavod tamg„asi bosilgan qizil smolka bilan qoplanadi.
Damlamalar, nalivkalar va likyorlar 0,2; 0,25 va 0,5 l sig„imli
butilkalari va shakldor idishlarga quyiladi. Butilkalar og„zi
po„stloq tiqin
bilan mahkamlanadi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlari omborlar va
magazinlarda yashiklarga yotqizib taxlangan holda saqlanadi . Saqlash
uchun ajratilgan xona quruq, qorong„i, yaxshi shamollaydigan, havosining
harorati 5 dan 30°C gacha bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |