A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari



Download 3,14 Mb.
bet26/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
9.3. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari

Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud resurslar asosida dam olish, sog‘lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish


59
bilan bog‘liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi. Rekreatsiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) transport kommunikatsiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon tarmog‘i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreatsiya infratuzilmasi qanchalik takomillashgan bo‘lsa, dam oluvchi va sog‘ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga ega ekanligini bildiradi, hamda bu erga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.


Ikkinchi jihatdan, dam olish maskanlarining malakali mutaxasislar bilan ta’minlanishi katta samara beradi. Mamlakatimiz rekreatsiya resurslariga boy bo‘lsada, ulardan talab darajasida foydalana olmayapmiz. Bu esa, qanchadan – qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. SHuning uchun ayni vaqtda quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:


x Hududiy rekreatsion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash;

x mintaqalar bo‘yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy sharoit, mineral suv va boshqa rekreatsiya resurslaridan kelib chiqib joylashtirish;


x ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini, hamda suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;


x zamonaviy transport, yo‘l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish; x mehnat resurslaridan samarali foydalanish;


x rekreatsiya maqsadida foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor qaratish.


9.4. Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va muhofaza qilish

Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan obyekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy obyektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilinadigan qo‘riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy obyektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O‘tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.


60
Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘zgarishi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega.


Umumiy xarakteriga ko‘ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish