o ‘z
qarorgohiga
aylantirib, uni qayta ta’mirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi
bilan shu qal’ada yashadi. Bobur Afg‘onistonda bir fotih sifatida
emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun j on kuydirgan
tadbirli hukmdor sifatida qizg‘ in faoliyat ko‘rsatdi, uning manfaatlari
yo‘lida odilona va oqilona ish tutdi. Shuningdek, bir qancha
tarixshunoslaming qayd etishicha, Bobuming o‘zi o‘limidan oldin
uni o‘zi bunyod etgan Kobuldagi bog‘lardan birida dafn etishlarini
vasiyat qilgan. Bu keyinchalik uning vorislari tomonidan amalga
oshirildi.
Afg‘onistondagiamaliyfaoliyatigako‘ra, Bobur davlat boshlig‘i
va muzaffar sarkarda sifatida mintaqadagi siyosiy hayotni e’tiborli
o‘ringa ko‘tardi. Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan
yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalasida Sulton
Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Bobumi ham
maslahat yig‘iniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni
ko‘rsatuvchi dalildir. 1530-yilda Bobur Hindistonda vafot etdi va
uning vasiyatiga binoan Kobulga dafn etildi. Boburiylar imperiyasi
tarkibiga bu vaqtda Afg‘onistonning Nangarxor, Seiston, Kobul,
Hirot, G‘azna va Qandahor viloyatlari kirgan edi. Qandahor viloyati
va shahri muhim savdo-karvon yo‘lida joylashgan edi. Shu sababli
ko‘p yillar davomida bu hududlar uchun safaviylar va boburiylar
kurash olib borganlar.
Bobur vafotidan so‘ng, Qandahor Boburiylar va Safaviylar
o‘rtasidagi o‘zaro siyosiy kurash maydoniga hamda strategik va
iqtisodiy ahamiyatga ega shaharga aylandi.
XVII
asr boshlarida Qandahor orqali har yili tuyalarga
yuklangan qariyb 14 ming tovarlar va boshqa mahsulotlar olib
o‘tilgan. Qandahor qal’asining harbiy ahamiyati shundaki, unafaqat
Hindistonning eng muhim yo‘llaridan biriga darvoza vazifasini
o‘tagan, balki Kobul yo‘nalishida favqulodda strategik qulay o‘rinni
egallaganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bobur vorislari tomonidan olib borilgan Qandahor uchun
kurash 1534-1537-yillardagi Xuroson voqealari bilan bog‘liq edi.
Ayni shu yillarda Safaviylar Qandahorga kuchli qo‘shini bilan kirib
keldi va uni egallab oldi. Biroq, tezda Bobuming o‘g‘li Komron
Mirzo Kobulni Safaviylar qo‘lidan tortib olishga muvaffaq bo‘ldi.
1540-yil Bobuming o‘g‘li va vorisi bo‘lgan Humoyun Mirzo
afg‘onlaming sur qabilasidan kelib chiqqan Sherxonga (Sherxon
Sur) qarshi to‘qnashuvda hind tojidan mosuvo bo‘ldi. Sherxon
Sur afg‘on qabilasidan chiqqan hukmdor sifatida alohida e’tibor
qozongan edi va XVI asr o‘rtalaridagi afg‘on davlatchiligi davrida
uning o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lganligini ham qayd etish joiz.
Sherxon Sur barcha afg‘on sulolalari hokimiyatini qayta tiklash
maqsadida Hindistonda barcha afg‘on harbiy sardorlarini o‘z
atrofida to‘plashga muyassar bo‘ldi.
1554-yilda Sherxon Surning vorislari o‘rtasidagi o‘zaro
nizolardan foydalangan Humoyun Mirzo Hindistonni o‘ziga
qaytarib oldi. Humoyunning o‘g‘li Akbar (1556-1605) Hindistonda
o‘zaro urushlar bilan band bo‘lgan bir paytda Safaviylar sultoni
Tahmasp I 1558-yilda Qandahomi zabt etdi va Qandahor viloyati
qariyb 37 yil davomida Safaviylar davlati tarkibida bo‘lib keldi.
1595-yilda Boburiylar sulolasi vakili Akbar Qandahomi
yana ishg‘ol etdi va viloyat 1622-yilgacha boburiylar hokimiyati
ostida bo‘ldi. Shuningdek, Boburiy Akbarshoh Boburiylar davlati
hukmronligiga qarshi bosh ko‘targan Xemu va Iskandar Sur kabi
afg‘on qabilalari yetakchilari ustidan g‘alaba qozondi, keyinchalik
Boburiylar davlatini birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Akbarshoh markaziy davlat apparatini mustahkamlashga
qaratilgan bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Yer solig‘i, davlatni
boshqarish tartibi xususidagi qonunlami ishlab chiqdi. Birin-
chi qonunga binoan, natural soliq pul solig‘i bilan almashtirildi.
Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya,
ya’ni musulmon bo‘lmagan xalqlardan olinadigan soliqni, soliq
to‘plovchilaming maoshi (dorug‘a)ni, chopar hamda amaldorlar
uchun to‘lanadigan yig‘im (qo‘nalg‘a), bozordan yig‘iladigan bir
qancha soliq va jarimalami bekor qildi. Akbar zamonida ichki va
tashqi savdo rivojlandi.
1637-yilda Boburiy Shohjahon Qandahor boshqaruvini
Safaviylar harbiy sardori Ali Mardonxonga topshirdi va shu
tariqa shahar 1709-yil g‘ilzoylar qo‘zg‘oloniga qadar safaviylar
boshqamvi ostida bo‘ldi.
Afg‘onlaming Hindistondagi Boburiylar imperiyasiga qarshi
ozodlik harakatlari mashhur shoir, jangchi, faylasuf Xushxolxon
Hattak (1613-90) yetakchiligida olib borildi. U o‘z kurashini Pash
to deb nomlangan she’rida aks ettirdi. Xushxolxon Hattak Dehlida
Avrangzeb tomonidan hibsga olingan. U ozod etilganidan keyin bu-
tun pushtun millatini birlashishga va Boburiylarga qarshi kurashish-
ga chaqirdi. Shoiming butun hayot yo‘li uning qabrtoshida bitilgan
ushbu so‘zda mujassam etilgan “Men afg‘onlaming sha’ni uchun
qo‘limga qurol oldim, men Xushxolxon Hattak o‘z zamonining
g‘ururli insoniman”.
Afg‘on qabilalari feodallashuv jarayoni da asta-sekinlik bilan
o‘zlarining ijtimoiy holatlarini ham o‘zgartirib bordilar. Endilikda
qullar ekspluatatsiyasi deyarli tugatildi va ozod ijtimoiy qatlamga
aylana bordi. Feodallashuv jarayoni turli qabilalarda turlicha kechdi.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar, masalan, vaziriylarda
bu kabi munosabatlar XVI-XVIII asrlarda boshlang‘ich holatda edi,
xattakiylar, habibiylar, muhammadzoylarda esa ancha tez rivojlandi.
Patriarxal munosabatlaming shakllanishi ham yirik feodallaming
oddiy aholiga nisbatan munosabatlarini o ‘zgartira olmadi. Yirik mu
sulmon ruhoniylari va katta yer egalarining qishloq aholisiga qilgan
zug‘umlari natijasida XVI asming boshlarida sharqiy hududlarda
antifeodal harakatlar boshlanadi. Bunday harakatlaming biriga
Boyazid Ansoriy boshchilik qildi va bu harakat “Roshaniylar
harakati” deb nomlandi.
Roshaniylar harakati - Boburiylar davlatidagi afg‘onlaming
diniy qarshilik harakati bo‘lib, uni musulmonlaming roshaniy
mazhabi vakillari olib borganlar. Mazhab nomi uning asoschisi
Boyazid Ansoriyning laqabi - Pir roshandan olingan. Katta
qiyinchiliklar bilan bostirilgan Roshaniylar harakati Boburiylaming
harbiy qudratiga putur yetkazgan, afg‘on davlati taraqqiy otiga
katta ta’sir ko‘rsatgan va afg‘onlaming etnik jihatdan birlashuviga
yordam bergan. Roshaniylar harakati nafaqat chet ellik yer
egalariga balki izchil islom tarafdorlari bo‘lgan xonlar, ruhoniylarga
qarshi qaratilgan edi. Ular o‘sha davr afg‘on jamiyatining feodal
an’analariga butunlay qarshi edilar. Roshaniylar Boburiylarga
qarshi kurashib, ulardan norozi bo‘lgan qabilalar bilan birlasha
boshlaydilar. Birinchi navbatda Pokistonning shimoli-g‘arbiy
hududlarini egallab olgan Roshaniylar o‘zlarining ko‘p yil
lik mashaqqatli kurashlarida Afg‘oniston hududlarida katta
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Ular Nangarxor, G‘azna, Kobul va
bir qancha hududlami egallab olib, Xaybor o‘tish yo‘lini to‘sib
qo‘yadilar. Shundan so‘ng savdo aloqalariga putur yetib, Boburiy
hukmdorlar uchun qiyinchiliklar vujudga keltirildi. Roshaniylar
egallab olgan hududlarda hamsoyalik an’analari va qullaming
ozod etilishi kuchaytirildi. Feodallar va ruhoniylarga tegish-
li bo‘lgan yerlar qabilalarga bo‘lib berildi. Ulaming hammasi
oltidan bir miqdorda bosh rahbarga soliq to'laydigan bo‘ldilar.
Roshaniylar o‘zlariga qattiq qarshilik ko‘rsatganlami olovda
kuydirib yuborganlar. Xaliliylar, muhammadzoylar roshaniylar
harakatida faol qatnashdilar. Ammo bu qabilalar orasida chuqur
ziddiyatlar paydo bo‘ldi. Bir tarafdan qabila boshliqlari, bir
tarafdan Boburiy hukmdorlar ulami ziddiyatlar girdobiga tortar
edi. Roshaniylar harakati tarkibida ko‘pchilik qabilalar bo‘lgan.
Qabila boshliqlarining maqsadlari ham turlicha edi. Biri ko‘proq
serhosil yerlar va yaylovlami qo‘lga kiritishni istasa, biri Boburiy
hukmdorlardan ko‘proq yer-mulk bilan birgalikda hokimiyatni
ham olib qo‘yishni xohlar edi. Boburiylar Roshaniylar harakatiga
qarshi katta armiya safarbar etadi. Sinfiy kurashlar va ulaming
Boburiy hukmdorlarga qarshi qaratilganligi Roshaniylar harakatiga
qo‘l keladi. Bundan tashqari Roshaniylaming eng muhim iqti-
sodiy, harbiy-strategik hududlami egallab olishi Boburiylarga katta
qiyinchiliklar tug‘dirdi. Shu sababli Boburiy hukmdorlar uzoq vaqt
mobaynida Roshaniylami mag‘lub eta olmadilar. Boshida harakatga
Boyazid Ansoriyning o‘zi boshchilik qiladi. Keyinchalik o‘g‘illari
va nabiralari uning ishini davom ettiradilar.
Boyazid Ansoriyning vafotidan so‘ng (1585-yil) bu harakatga
uning o‘g‘li, keyinchalik esa nabiralari boshchilik qilib kurashni
davom ettirishgan. Boyazid Ansoriyning uch o‘g‘li Umar, Xayriddin
va Nuriddin o‘z hayotlarini mana shu kurashlarga bag‘ishladilar va
Roshaniylaming dushmanlari bilan bo‘ lgan kurashlarda o‘ldirildilar.
Boyazidning to‘rtinchi o‘g‘li Jaloliddin bu harakatni boshqarishni
o‘ziga meros qilib oladi va o‘zini “afg‘onlar podshohi” deb e’lon
qiladi. U keyinchalik Boburiylarga asir tushadi va Akbarshoh
saroyiga yetkaziladi. Ammo u qochib ketishga muvaffaq boMadi.
1600-yilda Jaloliddin G‘azna qamalida asirga tushib qoladi.
0 ‘sha vaqtda harakatga Jaloliddinning o‘g‘li Axdad boshchilik
qiladi. Axdad 1626-yilda jang paytida o‘ldiriladi. Uning vafotidan
so‘ng harakatga boshchilik qilish o‘g‘li va vorisi Abdul Karimga
o‘tadi. Boburiylar Abdul Karimni ayyorlik bilan Peshovarga
chaqirtiradilar va u asirlikda vafot etadi (yoki zaharlangan).
Roshaniylaming so‘nggi boshlig‘i Jaloliddinning boshqa o‘g‘li
Karimdod 1638-yilda Boburiylar qo‘liga tushadi. Roshaniylar
o'rtasidagi boshboshdoqliklar ham harakatning mag‘lubiyatiga
sabab bo‘ldi. Afzalxon Xattakning ona tomondan bobosi, orakzoy
qabilasidan bo‘lgan Malik Tor dastlab Roshaniylar harakatiga
qo'shiladi va ulami qo ‘ 11 ab-quvvatlaydi. Ammo keyinchalik
o‘z fikrini o‘zgartiradi va Boburiylar tarafiga o‘tib ketadi. Malik
Tor Axdad Roshaniylar bilan bo‘lgan kurashida ularga shunday
murojaat qiladi: “Men sening har qanday buymg‘ingni bajarishga
tayyorman, ammo mening uyimni va hududimni boshqarish
huquqini bermayman”. Bu so‘zlardan shuni tushunish mumkinki,
Roshaniylar yuqori tabaqa vakillarining qabilaviy yerlarini tortib
olib, o‘zaro taqsimlab olishgan.
Ko‘pchilik qabila boshliqlari va yirik feodallar bu harakatga
birgalikda qaqshatqich zarba beradilar. Bu harakatning oxirgi rahbari
Karimdod Boyazid Ansoriyning nabirasi, 1638-yilda halok bo‘ldi.
Bu harakat tarkibiga ko'pchilik qabilalar kirgan edi. Keyinchalik
katta yerlar va toTovlar evaziga ko'pchilik qabila xonlari Boburiy
lar tarafiga o‘tib ketadi. Ba’zi qabilalar orasida, masalan, yusufzoylar
qabila a ’zolari va qullar o‘rtasidagi erkin munosabatlardan noro-
zilik bildira boshlaydilar. Ular qullar ekspluatatsiyasini davom
ettirishdan manfaatdor edilar. Bundan tashqari, afg‘on jamiyatining
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojida feodal an’analaming kuchli-
ligi ham Roshaniylarga qiyinchilik tug‘dirdi.
Faqat XVII asming 80-yillaridagina Roshaniylar harakati
kuchsizlantirildi. Roshaniylar harakatining magTubiyatiga qara-
masdan, uning afg‘on jamiyatiga ta’siri uzoq vaqt sezilib turdi.
Masalan, xalqning yoppasiga feodal ekspluatatorlarga qarshi kurashi
va afg‘on jamiyatida patriarxal - urug‘chilik an’analarining gullab-
yashnashida Roshaniylar harakatining xizmati katta edi. Afg‘on
jamiyatining keyingi hayotida ham bu harakat katta rol o‘ynadi.
Hamma davrlarda va jamiyatlarda bo‘lgani singari xalq
orasidagi boshboshdoqliklar, murosasizliklar, mol-mulkka bo‘lgan
ehtiyoj, sotqinliklar mamlakat tanazzuliga, uning yemirilishiga
olib keladi. Buni yuqoridagi misollarda ham ko‘rishimiz mumkin.
Agar mana shu davrda afg‘onlar birlashib chet ellik hukmdorlarga
qarshi birgalikda kurashganlarida va Roshaniylami to‘liq qo‘llab-
quvvatlaganlarida bu harakat mag‘lubiyatga uchramas edi. Ko‘rib
turganimizdek, bu davrda Afg‘oniston hududida vaziyat anchajid-
diy bo‘lib, xalqning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgan. Afg‘on xalqi
turli nohaqliklardan azoblanar, o‘z yeridan xohlaganicha foydalana
olmas edi. Mamlakatda mulkiy tengsizlik hukm surardi. Ammo
xalqning mana shunday qiyinchiliklarga uchrashida bir tomondan
afg'onlaming o‘zi ham aybdor. Chunki ulaming aksariyati o‘z joni
va mol-mulkidan xavotirlanib ajnabiy hukmdorlaming xizmatiga
o‘tdilar hamda xalqining azob chekishiga o‘zlarining “samarali”
hissalarini qo‘shdilar. Bunga misol tariqasida Malik Sado hamda
Malik Tor Axdadlami ko'rsatib o‘tishimiz mumkin. Bu paytdagi
Afg‘onistondagi vaziyatga nazar solib shunday xulosa qilish mum-
kin-ki, Afg‘oniston uchun, uning xalqi uchun Roshaniylar harakati
suv va havodek zamr edi. Chunki aynan ular xalqni birlashishga,
ulami o‘z haq-huquqi uchun kurashishga o‘rgatdilar. Xulosa qilib
aytganda, roshaniylar afg‘on jamiyatiga haqiqiy ma’noda ma’rifat
olib keldilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Boburiylar davlatida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
o‘zgarishlar madaniy aloqalaming ham taraqqiy etishiga zamin
yaratdi. Boburiylar davrida Afg‘onistonda ilm-fan, ma’rifat va
madaniyat yuqori bosqichga ko‘tarildi. Deyarli barcha Boburiy
hukmdorlar ilm-fan, san’at, adabiyot, me’morchilik va musiqa
shaydolari hisoblangan va shu boisdan ham o‘z davlatlari madaniy
hayotining yuksalishida homiylik ko‘rsatishgan. Yetakchi davlat va
siyosat arbobi hamda shoir sifatida Bobuming o‘zi Afg‘onistonda
she’riyat va adabiyotning yuksalishida tamal toshini yaratdi. Bobur
o ‘z g ‘azallaridan biridan kechagina o ‘zining Kobulga tashrifi
vaqtinchalik ekani, hamishalik (muqim) emasligiga iqror bo‘lgan
edi.
Bobur Kobulni zabt etishi bilanoq ko‘plab shoirlar, olim-u
fuzalolar, rassomlar, sozandalar, bog‘bon hamda binokorlami o ‘z
atrofida to‘play boshladi. A fg‘onistonda forsiy, turkiy hamda hind
tillaridagi bir qator nasriy va nazmiy asarlar yaratildi. Shuning-
dek, Movaraunnahr, Hindiston va Afg‘oniston tarixi, ju g ‘rofiyasi,
madaniy aloqalariga bag‘ishlangan asarlar (Bobur - “Bobumoma”,
Abulfazl
Allomiy
-
“Tarixi
Akbarshohiy”,
Nizomiddin
Ahmad - “Tabaqoti Akbariy”, Mirzo Salim Jahongir - “Tuzuki
Jahongiriy”, Jahongirshoh - “Jahongimoma”, Gulbadanbegim -
“Humoyunnoma” va boshqalar) o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayotining oTmas durdonalari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, A fg‘onistonning X VI-XVII asrlarga oid
davlatchilik tarixida Boburiylar sulolasi alohida o ‘ringa ega. Aynan
Boburiylar sulolasi Afg‘onistonning o‘sha davrdagi tarixiy hudud-
lari Kobul, Qandahor, Qunduz, G ‘azna va boshqa viloyatlaming
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiy etishiga beqiyos hissa
qo‘shdi. Ushbu davrda Kobul va unga tutash bo‘lgan viloyatlardan
tashqari mamlakatning yana bir qator yetakchi hududlari bo ‘lmish
Hirot, Balx va Badaxshon kabi viloyatlar ham aynan Boburiylar
boshqaruvi davrida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan yuksaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |