A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

Somoniylar
ustidan ilgarigidek ota-bobosi singari hukmronlik qila olmasligini 
yaxshi bilardi va Tohiriylar sulolasining o‘zi borgan sayin inqirozga 
yuz tutmoqda edi.
IX 
asming 60-yillaridan e’tiboran Xurosonda Tohiriy 
hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga 
G‘oziylar boshchilik qildilar. 
“G‘oziyIar” 
asosan ko‘chmanchi 
qabilalar hujumlarini bartaraf etish maqsadida kambag‘al 
hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli 
qo‘shin boiib, bu harakatni aka-uka Yoqub va Amr binni Lays 
boshqardilar. Ular dastlab Seistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 
873-yilda Tohiriylaming qo‘shiniga katta zarba berib, Xuroson 
poytaxti Nishopumi egalladilar. Shu davrdan e’tiboran Tohiriylar 
sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar16 
qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy suratda Xuroson va Movarounnahr 
ustidan hukmronlik qilib turgan Tohiriylar sulolasining inqirozga 
uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlaming o‘lka- 
ni to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay 
imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda Somoniylar siyosiy 
kurash maydonida erkin harakat qila boshladilar.
888-yildan boshlab Somoniylar davlatini Ismoil (888-914) 
boshqara boshladi.
893-yilda Ismoil Somoniy ko‘chmanchi turk qabilalari ustiga 
yurish qildi. Bu yurishda u katta tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. 
Taroz (hozirgi Jambul) shahrini egalladi va turklaming xonini 10 
ming askari bilan birga asir oldi. Bu jang davomida shu darajada 
katta o‘lja qo‘lga kiritildiki, oddiy jangchilar ham juda katta 
miqdorda daromad ko‘rishgan edi. Bu yurish Ismoilning dasht 
ko‘chmanchilariga qarshi uyushtirgan oxirgi va so‘nggi yurishi 
bo‘ldi. Chunki Ismoil ta’sir doirasining kengayib borayotganligi
16 
«G‘oziylar» yetakchilari aka-uka Yoqub va Amrbinni Layslaming asli 
kasblari miskarlik bo‘lgani uchun ular hokimiyatni egallashganidan so‘ng 
davlat nomi ham ulaming kasbiga nisbat berilib «Safforiylar» deb atala 
boshlandi. Arab tilida «saffor» - miskar degani.


Xuroson hukmdori Amr ibn Laysga ham, arab xalifasi Mu’tazid 
(892-902)ga ham xush kelmas edi. Shu bois xalifa bir o‘q bilan ikki 
quyonni urish maqsadida 900-yilda Ismoil bilan Xuroson hokimi 
SalToriy Amr ibn Lays o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Amr ibn 
Lays hukmronligi (879-900) davrida o‘zining aqlliligi va serg‘ay- 
ratliligi tufayli kuchli hokimiyat barpo qildi. Arab xalifasi undan 
qo'rqardi. Xalifa Amr ibn Laysni Xuroson bilan Movarounnahr 
ustidan ham hukmronligini ta’minlovchi farmon chiqardi. U mazkur 
farmoni bilan Amr ibn Lays hamda Ismoil Somoniyni to‘qnashtirib, 
o ‘rtada o‘zi yutib chiqishni mo‘ljallagan edi. Lekin voqealaming 
rivojlanib borishi xalifa umidlarini chippakka chiqardi.
900-yilda Somoniylar Safforiylar ustidan g‘alaba qozondi va 
ularga tegishli bo‘lgan hududlarda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. So­
moniylar Afg‘onistonning Xuroson va Tohariston viloyatlari, shu­
ningdek, Amudaryoning shimoliy hududlarini yagona davlatga 
birlashtirdi.
Somoniylar va Safforiylar o‘rtasida bo‘lgan urushda Ismoil 
katta g‘alaba qozondi va uning davlati, kuch va qudrati yanada 
yuksaldi. Safforiylar qoldirgan meroslami o‘ziniki qilib olgan Is­
moil butun Xurosonni ham Somoniylar davlatiga qo‘shib oldi.
Ismoil Somoniy davrida Xuroson va Movarounnahr Arab 
xalifaligi istibdodidan abadul-abad ozod bo‘ldi va Somoniylaming 
hukmdorligi 100 yildan ortiq davom etdi. Somoniylar sulolasi 
o‘zining islom diniga bo‘lgan e’tibori, shuningdek, fors adabiyoti, 
ma’daniyatiga bo'lgan xislati tufayli ajralib turardi.
Ammo bir qarashda qudratli bo‘lib ko‘ringan bu davlatni ich- 
ichidan yemirayotgan bir qator ijtimoiy ziddiyatlar bor ediki, buni 
hatto Ismoil Somoniy ham bartaraf eta olmadi. Bu markaziy hokimi­
yat bilan mahalliy hokimiyat vakillari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 
edi. Somoniylar har qancha urinsalar-da, hozirgi Afg‘oniston 
hududidagi Seyiston, G ‘uzg‘on va G ‘aznani o‘zlariga batamom 
bo‘ysundira olmadilar. Bu viloyatlarning hokimlari Somoniylaming 
markaziy hokimiyatini rasman tan olsalar-da, amalda mustaqil 
siyosat yurgizardilar.


Ismoil Somoniydan so‘ng uning vorislari davrida Somoniylar 
sulolasi inqiroz sari yuzlandi. Somoniylar davrida qo‘shinda 
yetakchi mavqeni turk sarkardalari va g‘ulomlari egallagan edilar. 
Ularga hamma vaqt ham ishonib bo‘lmasdi.
Afg‘oniston hududlarida hukmronlik qilgan keyingi sulola bu 

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish