A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Metall tangalar muomalada boʻlgan pul tizimi



Download 1,87 Mb.
bet26/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Metall tangalar muomalada boʻlgan pul tizimi. Bunda oltin va kumush tangalar muomalada boʻlgan, qog’oz pullar esa birinchi talab bilanoq metall pullarga almashtirilib berilgan.
Metall tangalar bir yoki ikki xil metalldan zarb qilingan. Agar tangalar faqat bir xil metalldan, ya’ni, oltin yoki kumushdan zarb qilinsa-monometall, aksincha, ikki va undan ortiq metalldan, ya’ni, oltin, kumushdan va misdan zarb qilinsa bimetall pul tizimi deyiladi. Bulardan tashqari muomalada mis chaqalar, kredit va qog’oz pullar ham mavjud boʻlgan. Ammo ularning salmog’i juda kam boʻlgan.
Kredit va qog’oz pullar muomalada boʻlgan pul tizimi. Bu tizimda oltin va kumush muomaladan batamom chiqarib yuborilgan, qog’oz pullar esa oltin yoki kumushga almashtirilib berilmagan.
Mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar milliy pul birligiga aylangan. Pul muomalasida naqd pulsiz hisob - kitoblar ustun boʻlgan. Pul muomalasi davlat tomonidan tartibga solib turilgan. Bu pul tizimi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy tangligi natijasida vujudga kelgan va hozirgi davrda barcha mamlakatlarda amal qilmoqda.


§6.2. Pul tizimining tarkibiy qismlari


Pul tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
a) pul birligi;
b) baholar masshtabi;
v) toʻlov kuchiga ega boʻlgan naqd pul belgilari;
g) pul emissiyasi tizimi;
d) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasi.
Pul birligi – qonuniy tarzda belgilangan toʻlov vositasi boʻlib, barcha tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi. Koʻpincha pul birligi mayda boʻlinuvchi qismlarga ajraladi, masalan:
AQSh da – dollar, 1 dollar = 100 sent;
Buyuk Britaniyada – funt sterling, 1 funt sterling = 100 pens;
Hindistonda – rupiya, 1 rupiya = 100 pays;
Rossiyada – rubl, 1 rubl = 100 kopeyek.
Yuqorida koʻrib oʻtganimizdek, har bir mamlakat mustaqil ravishda oʻzining milliy pul birligiga ega boʻlishi mumkin. Ayrim hollarda ba’zi mustaqil davlatlar birgalikda bir xil pul birliklaridan foydalanishlari ham mumkin. Masalan, hozirda Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 21 ta mamlakat birgalikda YeVRO pul birligidan foydalanishmoqda.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish