Oʻzbekistonda 4 ta pul agregatlaridan foydalaniladi.
M0 – naqd pullar;
M1 = M0 + schyotlardagi pul qoldig’i + mahalliy byudjet mablag’lari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot jamg’armalari;
M2 = M1 + Xalq bankidagi muddatli jamg’armalar;
M3 = M2 + Sertifikatlar, maqsadli zayom obligasiyalari, davlat zayom obligasiyalari, xazina majburiyatlari.
Pul massasi va tarkibini hamda dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan pul kredit siyosatini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
§5.3.Pul muomalasini tartibga solish usullari
Turli davlatlarda pul muomalasi ma’lum qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib boriladi.
Bizda pul muomalasini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan quyidagi usullardan foydalaniladi:
Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.
Tijorat banklari ochiq bozorda qatnashishi.
Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash.
Markaziy emissiya banki aktivlarining koʻpaytirilishi ayni bir vaqtda uning passivlarining ham tegishlicha oʻsishini anglatadi, ya’ni,, pul bazasining tashkil etilishiga olib keladi.
Pul bazasi muomaladagi naqd pullardan, shuningdek, tijorat banklarning mamlakat Markaziy bankdagi majburiy va majburiy boʻlmagan (ixtiyoriy va ortiqcha) zahiralardan iborat boʻladi.
Umuman olganda, tijorat banklarining zahiralari deganda, bank omonatchilari toʻsatdan katta miqdordagi toʻlov talablarini qoʻygani holda, uning tezkorlik bilan muomalaga kiritadigan aktivlari tushuniladi. Tijorat banklarining Markaziy bankdagi zahiralari majburiy va majburiy boʻlmagan (ixtiyoriy va ortiqcha) zahiralardan tarkib topadi.
Majburiy zahiralar - deganda tijorat banklarining Markaziy bankdagi omonatlari (depozitlari)ning qonuniy tartibda belgilab qoʻyiladigan eng kam normasi tushuniladi.
Mustaqillik yillarida makroiqtisodiy barqarorlik va oʻsishni ta’minlash uchun muomaladagi pul massasining asossiz yuqori sur’atlarda oʻsishining oldini olish maqsadida monetar siyosatning bilvosita instrumentlarini qoʻllash usullari takomilashtirildi, ulardan foydalanish koʻlamlari yanada kengaytirildi. Shuningdek, ushbu davrda ochiq bozordagi operasiyalarda qoʻllaniladigan qimmatli qog’ozlar turlarini kengaytirish maqsadida Markaziy bankning yuridik va jismoniy shaxslar uchun obligasiyalar va depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.
Banklarning barqarorligini yanada mustahkamlash va ularning likvidlikni tartibga solish maqsadida 2008 yilning 1 noyabridan boshlab, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zahiralar fondiga oʻtkazmalar boʻyicha me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun bir xil, ya’ni, 15 % etib belgilandi.
Shuningdek, 1991-2010 yillar davomida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 300 % dan 12 % gacha bosqichma-bosqich kamaytirildi. 2018 yilning 1yanvaridan boshlab, amaldagi qayta moliyalash stavkasi yillik 14 % etib belgilanishi, hamda 2019-yildan 16 foiz etib belgilanishi tijorat banklarining depozitlar va kreditlar boʻyicha % stavkalariga ta’sir koʻrsatishi natijasida tijorat banklarida uzoq muddatli kreditlar olishga, shuningdek, mos ravishda iqtisodiyotning real tarmoqlariga ajratiladigan kreditlar hajmining sezilarli darajada oshishiga zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |