A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar



Download 1,87 Mb.
bet32/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Asosiy tushunchalar: milliy valyuta,baho masshtabi, valyuta tizimi, valyuta kursi, valyuta pariteti, pul tizimi, pul birligi, pul massasi, pul aylanmasi, toʻlov vositasi, xalqaro hisob-kitoblar, emissiya mexanizmi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Pul tizimi deb nimaga aytiladi?

  2. Pul tizimi va uning elementlari

  3. Emissiya tizimi deb nimaga aytiladi va u bilan kim shug’ullanadi?

  4. Oʻzbekiston Respublikasida pul tizimi necha bosqichdan iborat?

  5. Markaziy bank emissiya siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashadigan qanday korxonalar faoliyat yuritadi?

  6. Oʻzbekiston Respublikasing hukumatining tegishli qaysi hujjatlarida pul tizimi va uning elementlari oʻz aksini topgan.

  7. Milliy valyutaning elementlariga ta’rif bering.

  8. Oʻzbekistonning mustaqil pul tizimi tashkil topishining bosqichlari haqida toʻxtalib oʻting.

  9. Milliy valyutani joriy etishdagi muammolar.

  10. Oʻzbekiston Respublikasi pul tizimining sub’ektlari va ularning vazifalari haqida nimalarni bilasiz?

  11. Pul tizimi barqarorligini ta’minlash yoʻllari deganda nimani tushunasiz?

  12. Jahon markaziy banki amaliyotida eng koʻp qoʻllaniladigan monetar siyosat dastaklari haqida gapirib bering.



8-mavzu: INFLYASIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH

YOʻLLARI.

§8.1.Inflyasiyaning mohiyati va uning kelib chiqish sabablari


Inflyasiya (lotincha inflatio - shishish, boʻrtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar oʻrtacha (umumiy) darajasining barqaror oʻsishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishidir.
Deflyasiya – bu inflyasiyaga teskari boʻlgan jarayon boʻlib, u pulning xarid qobiliyatini ortishida oʻz aksini topadi.
Dezinflyasiya – bu inflyasiya sur’atlarining pasayishidir.
Inflyasiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori boʻlsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta boʻladi. Ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga oʻtayotgan mamlakatlarda inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq.
Inflyasiya sharoitida quyidagilar roʻy beradi:

  • muomalada keragidan ortiqcha pul paydo boʻladi;

  • tovarlar bahosi va xizmatlar haqi toʻxtovsiz oʻsib boradi;

  • pulning qadr – qiymati va xarid qobiliyati pasayib boradi;

  • pul qadrsizlanadi, obroʻsizlanadi, «kasallanadi».

“Inflyasiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qoʻllanildi. Inflyasiya atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod koʻpayib ketishi holatini izohlagan. Ammo inflyasiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi.
Inflyasiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining buzilishi, makroiqtisodiy nomutanosibliklar natijasidir. Baholarning oʻsishidan tashqari inflyasiya yana quyidagilarda namoyon boʻladi:

  • valyuta kurslarining oʻzgarishi;

  • kredit berish shartlarining qimmatlashuvi va muddatlarining qisqarishi;

  • kundalik hayotiy ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining oʻsishi.

  • Inflyasiyani aniqlashda quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:

  • YаIM deflyatori;

  • iste’mol narxlar indeksi;

  • ulgurji narxlar indeksi.

Inflyasiyani miqdoran oʻlchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul inflyasiya sharoitida narxlarning oʻrtacha darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyasiya darajasiga boʻlish kifoya.
Misol uchun, yillik inflyasiya darajasi 7 % ga teng boʻlsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya’ni,, (70:7 = 10).

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish