birinchi bosqich 1993-yil noyabrdan 1994-yil iyungacha boʻlgan davrni qamrab oldi.
ikkinchi bosqich 1994-yil iyul oyigacha davom etdi. 1993-yil 15- noyabrdan boshlab 1992-yil namunasidagi, nominali 5.000 va 10.000 boʻlgan rubllar muomaladan chiqarildi. Bu pullar faqat Jamg‘armabank muassasalarigagina topshirilishi kerak edi. Shu bilan birga mazkur kupyuralarni bank muassasalarida qiymati pastroq boʻlgan kupyuralarga almashtirish ta’qiqlandi.
1993-yil 15-noyabrda dastlabki oraliq “soʻm-kupon” valyutasi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-noyabrdagi “Iste’mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora – tadbirlar toʻg‘risida”gi24 qaroriga muvofiq 1993-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Rrespublikasi hududida SSSR Davlat bankining 1961-1962-yillar namunasidagi, qiymati 200, 500 va 1.000 rubl boʻlgan pul biletlarini toʻlov vositasi sifatida qabul qilish toʻxtatiladi. Shu tarzda 1993-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi momalada boʻldi:
Soʻm-kuponlar;
SSSR Davlat bankining qiymati 100 rublgacha boʻlgan kupyuralari;
Rossiya Davlat bankinining 1993-yil namunasidagi kupyuralari.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgrisida” gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3- sentabrdagi 952-XI sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta – “Soʻm” muomalaga kiritildi.
Bank muassasalari tomonidan 1994-yil 1-iyul holatiga koʻra mulkchilik shaklidan qat’iy nazar respublika xududida roʻyxatga olingan yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy hisob varaqalaridagi barcha pul mablag‘larini, shuningdek, inventarlash va buxgalterlik hisobi ma’lumotlari asosida 1000 soʻm-kupon - 1soʻm nisbatida barcha asosiy va aylanma fondlarning balans qiymati, boshqa moddiy boyliklar, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari, byudjetga qarzdorlik hamda bank balansi aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari qoldiqlari, shuningdek, tashkil topish manbalaridan qat’iy nazar byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini qayta hisoblab chiqish boʻyicha ishlar olib borildi.