6. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1965-yilda tashkil etilgan, shtab kvartirasi Manila (Filippin) da joylashgan. Unga 60 ga yaqin mamlakatlar a’zo boʻlib, ulardan 14 tasi G’arbiy Yevropa va Amerika, qolganlari esa Osiyo va Tinch okeani mamlakatlaridir. 1998-yilda OTB kapitali 19 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Bank faoliyatining asosiy maqsadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti va tashqi savdosiga koʻmaklashish, moliyaviy, texnikaviy va iqtisodiy yordam koʻrsatishdir. OTB tomonidan oddiy kreditlar 10-25 yilgacha, maxsus kreditlar esa 25-40 yilgacha beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yildan OTB a’zosi. Bankning mamlakatimizdagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida qishlok xoʻjaligi, infratuzilmani qayta tashkil etish, tog’-kon sanoati, gaz tarmoqlarini qurish, turizmni rivojlantirish, sog’liqni saqlash va ekologiya, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, bank tizimini rivojlantirish kabilarni koʻrsatish mumkin.
Hozirgi vaqtda respublikamizda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 387 mln. AQSh dollari miqdoridagi 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bankning 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi kreditlari qishloq xoʻjaligi sohasidagi kichik va oʻrta xususiy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
Uzunligi 320 km. boʻlgan temir yoʻllarni qayta qurish va ta’mirlash uchun 70 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan. Umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etish tizimini takomillashtirish uchun 40 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’lar ajratildi. Avtomobil yoʻllarini qayta tiklash loyihasi boʻyicha 50 mln AQSh dollari sarflanmoqda.
Asosiy tushunchalar: xalqaro hisob-kitoblar banki, xalqaro valyuta fondi, xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, jahon banki, xalqaro moliya korporasiyasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Xalqaro moliya va valyuta – kredit tashkilotlari qanday maqsadlarda tuzilgan?
Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) ni tashkil etishdan maqsad nimadan iborat edi?
Xalqaro Qayta Tiklash va Taraqqiyot banki (XKTTB) qanday ishlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi?
Qanday mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari vujudga keldi?
Xalqaro hisob-kitoblar banki (XXB) ning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Xalqaro Valyuta Fondi Oʻzbekistonga qanday amaliy yordam kursatmokda?
Hozirda kaysi muassasalar Jahon Banki deb ataladi?
Xalqaro Moliya Korporasiyasi (XMK) faoliyati nimadan iborat?
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB) Oʻzbekistonda qanday faoliyat olib bormoqda?
Osiyo Tarakkiyot Banki (OTB) ning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |