A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 1,87 Mb.
bet38/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar::

  1. Inflyasiya soʻzi qanday ma’noni anglatadi?

  2. Inflyasiya sharoitida nimalar roʻy beradi?

  3. Inflyasiyani qaysi sabablar keltirib chiqaradi?

  4. Inflyasiya qanday turlardan iborat?

  5. Inflyasiya oqibatida nimalar sodir boʻladi?

  6. Inflyasiyani tizginlash borasida qanday ishlar amalga oshiriladi?

  7. Oʻzbekistonda inflyasiya koʻrsatkichi darajasi qancha % ni tashkil etmoqda?

  8. Yurtimizda inflyasiya darajasining keskin pasayish omillari qanday iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsishiga ta’sir koʻrsatmoqda?

  9. Inflyasiya jarayonini davlat tomonidan boshqarib borishda nimalar amalga oshiriladi?

  10. Mamlakatda pul islohotini oʻtkazish deganda nimani tushunasiz?



9-mavzu: PUL ISLOHOTLARI

§ 9.1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari


Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qog’oz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qog’oz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi.
Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadrsizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog’liq holda turli usullarda:

  • ortiqcha qog’oz pullarni yoʻq qilish bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya);

  • eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qog’oz pul belgilarini zarur miqdorda chiqarish (nullifikasiya);

  • eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominasiya); pul birligi yoki qog’oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvasiya);

  • pul birligidagi metall qiymati yoki qog’oz pul kursini tashqi davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvasiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muhim pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp ma’lumotlar bor. Birgina G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulug’bek tomonidan 1428-yilda amalga oshirilgan pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi ta’qiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Termizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, faqat Buxorodagi zarbxona faoliyati saqlab qolinib, qolganlari yopilgan.
Shayboniylar davrida ham tangalar zarb qilishda yangilik kiritilgan. Oldingi hukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamg’alar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda asosan, dinor nomi bilan yuritilgan juda koʻp miqdordagi mis tangalar va vazni 3 gram boʻlgan kumush tangalar muomalada boʻlgan.
XIX-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 gramlik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920-yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918-yildan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qog’oz pullar chiqarilgan. 1921-yilarda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda koʻrsatilgan qog’oz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega boʻlgan. 1922-yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominasiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo koʻp oʻtmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920-21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respublikasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qoʻlda toʻqilgan maxsus pul belgilari chiqarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, ya’ni, 1924 yillargacha muomalada boʻlgan. Yuqori inflyasiya natijasida 1922-23 yillarda XSXR tomonidan denominasiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi nominalini koʻrsatuvchi tamg’alar bosilgan. 1921-22 va undan keyingi yillarda pul islohotni oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923-24 yilarda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtirildi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921 yil 1 yanvardan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947-yilda sobiq SSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi narxida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950-yilga kelib oltin tovar zahirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961-yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi.
Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq Ittifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Birinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki iste’mol bozorini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻm kupon" muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 soʻm kupon qog’oz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994 y. 1 iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm boʻlgan bank qog’oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50,100, 200, 500 tiyin boʻlgan metall tangalar chiqardi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va mustaqil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatini erkin yuritish imkonini berdi. Hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997- yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999-yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan hozirgacha 1000, 5000,10 000,50 000, 100 000 000 soʻmlik bank qog’oz pullari (banknotlar) muomalaga chiqarildi.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish