Ikkiboshoqli efedra (Ephedra distachya L)
qisqa poyali buta
o ‘simlik b o iib , b o ‘yi 10-25 sm gacha yetadi. Novdasi yashil rangda,
barglari qisqargan, tangachasimon changchi kuchalasi anerofora degan
alohida bandchada rivojlanadi. Barglari kuchli reduksiyalashgan. U
asosan qumlarda, qumli substratlarda, dasht va sahro mintaqalarda keng
tarqalgan. Bu efedra Markaziy Osiyoda, Shimoliy Qozogistonning
qariyb hamma qismida, Sibirda, Kavkazda, Rossiyaning Yevropa
qismining janubida va G ‘arbiy Yevropada tarqalgan.
G ‘uborli efedra (Ephedra glauca Rgl.)
yo‘g‘on tanali, sershox
buta, bo‘yi 1,5 metr keladi. Tangachasimon mayda barglari qarama-
qarshi joylashadi, yosh novdasi bo‘g ‘imli, yashil. Mevalari 2 urugii,
urugiari elliptik shaklda 3-6 mm, to ‘q jigarrangda. Bu o ‘simlik
Markaziy Tyan-Shanda va Pomir-Oloyda keng tarqalgan va asosan tog‘
daryolarining konusli yotqiziqlarida va toshloq tog‘ yon bagirlarida
o ‘sadi. Yosh novdasidan efedrin va psevdo-efedrin alkaloidlari topilgan.
Ular tibbiyotda ishlatiladi.
Efedraning turlari mahalliy xalq orasida zog‘oza yoki qizilcha nomi
bilan ataladi. Uning mevasidan alohida ichimlik tayyorlanadi. Efedra
yashil to‘siq uchun juda mos keladi. Ular muhim meliorativ funksiya
lami bajaradi.
26-rasm. Qubbali efedra butasi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1.Yer sharida o‘rmonlar shakllanishida daraxt-butalaming qanday
hayotiy shakllari asosiy rol o'ynaydi? Ochiq urugii o‘simliklarga tavsif
bcring?
2. Ochiq urugii o‘simliklar qanday sinflar, oilalar va turkumlarga
ajratiladi? Ulami xalq xo‘jaligida va o'rmonchilikda ahamiyati qanday?
3. Ginkgodoshlarga tavsif bcring? Ulaming asosiy morfobiologik
xususiyatlari qanday?
4. Ochiq urugii o‘simliklarga kiruvchi oilalar va turkumlami mscha va
lotincha nomlarini ayting?
5. Qarag‘aydoshlar oilasiga mansub turlaming asosiy morfobiologik
xususiyatlari va sistematik belgilari (hayotiy shakllari, shox-shabbasi
gabitusi, tana po‘stlog‘i rangi, novdalari, ninabarglari, qubbalari mikro va
makrostrobillar, urugiari, nihollari, hayotiy yashovchanligi, tez o‘suv-
chanligi, fiziologik xususiyatlari, changlanishi va urugiarini tarqalishi,
geografik tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati).
6. Taksodiyadoshlar
oilasiga
mansub
turlaming
morfobiologik
xususiyatlari va sistematik belgilarini ayting?
7. Zamabdoshlar oilasiga mansub turlaming morfobiologik xususiyatlari
va sistematik belgilarini ayting?
8. Sarvidoshlar oilasiga mansub turlaming morfobiologik xususiyatlari
va sistematik belgilarini ko'rsating? Xalq xo‘jaligi va o‘rmonchilikdagi
ahamiyati qanday?
9. Ninabargli daraxtlaming sistematik joylashuvi, areallari, morfologik
belgilari, ekologik xususiyatlari, tur ichidagi shakllari va xo‘jalik ahamiyatini
ayting?
10. Rossiya o‘rmonlarida asosiy o‘rmon hosil qiluvchi ninabargli daraxt
turlarini ayting? Ulaming sistematik joylashuvi va o‘rmon xo‘jaligidagi
ahamiyati qanday?
10. 0 ‘zbekistondagi o‘rmon xo‘jaligida va shaharlami ko‘kalam-
zorlashtirishda foydalaniladigan mahalliy va introduksiya qilingan ninabargli
turlami aytib bering? Ulaming sistematik taalluqligi qanday?
11. 0 ‘zbekiston o‘rmonlarining asosiy o'rmon hosil qiluvchi ninabargli
daraxt turlarini ko‘rsating? Ulaming sistematik holati va areali qanday?
12. Markaziy Osiyo dendroflorasida tarqalgan ninabargli daraxt turlarini
ayting? Ulaming morfobiologik xususiyatlari va areallari qanday?
13. Qarag'ay turkumiga mansub asosiy turlami sanab bering, lotincha
nomlarini, areallarini, morfologik belgilari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini
ko‘rsatib bering?
14. Qoraqarag‘ay va tilog‘och turkumiga mansub turlami ayting, ulami
arealini, morfologik belgilari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini aytib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |