19.5-§. O„simliklarni parvarishlash samaradorligini oshirishda
innovatsion texnologiya va mashinalarni qo„llash
Ekinlarni parvarishlashda amalga oshiriladigan ishlarning
samaradorligini
oshirishda
quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat berish zarur:
1) Qatorlar oralig‗iga ishlov berish ishlari har bir ekin ildizining rivojlanish
xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda agrotexnik talablarga mos ravishda bajarilishi
kerak.
127
Masalan, chigit ekilganidan so‗ng, bir oy ichida g‗o‗za bo‗yi 11-13 sm ga, o‗q
ildizi 30 sm chuqurlikkacha, yon tomoniga o‗sgan ildizlar 6-8 sm, qatorlar
o‗rtasidagilar 12-14 sm chuqurlikkacha rivojlanib ulguradi. Ekinlar ildizlariga zarar
keltirmaslik uchun, qatorlar orasidagi tuproq har xil chuqurlikda yumshatish kerak,
ya‘ni g‗o‗za tuplari atrofida sayozroq, qator o‗rtasini esachuqurroq ishlov berish
foydali bo‗ladi.
2) Kultivator ishchi qismlarini agrotexnik talablarga mos o‗rnatish kerak.
Masalan, ekin niholiga yaqin ishlov berish chuqurligi talabga ko‗ra 5-6sm o‗rniga
15-18 sm chuqurlikda ishlov berilsa, begona o‗tlar ikki barobar kamayadi, ammo
g‗o‗zaning yon ildizlarining 30-35% shikastlanadi.
3) Issiq iqlim ta‘sirida sug‗orilgan erdagi tuproq usti namligini tez yo‗qotib,
zich qatlam (qatqaloq) hosil bo‗lishi hisobiga kengligi 1-3 sm, chuqurligi 6-10 sm
bo‗lgan yoriqlar paydo qilishi mumkin. Natajada o‗simliklarning yon ildizlarini
uzilishi ro‗y beradi. Bunday holatga etkazmasdan, obi tobida tuproqqa ishlov berilib,
uning yuzasini mayin tuproqqa aylantirish kerak bo‗ladi.
4) Har safar ekinlar qator oralariga ishlov berishda kultivator albatta ekish
agregati yurgan izdan yurishi va uning Harakat sxemasini takrorlashi kerak.CHunki
hamma vaqt ham chetki qatorlarning orasidagi masofa bir xil bo‗lmasligi (o‗zgarishi)
natijasida kultivator ishchi qismlari tomonidan ekinlar nihollarini nobud qilinishining
oldi olinadi.
5) Sug‗orish egatlari qator oralig‗ining qoq o‗rtasidan va barcha qatorlarda bir
xil chuqurlikda olinishi kerak. Aks holda keyingi kultivatsiya vaqtida agregatni
boshqarish qiyin bo‗ladi va kultivatorni to‗g‗ri yurmasligi natijasida ko‗chatlar
ko‗plab shikastlanishi mumkin.
6) Qator orasiga birinchi marta ishlov berishda iloji boricha nihollarga
yaqinroq masofada ishlov berish, keyingi ishlashlarni o‗simlik ildizlarining
rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ishlash kengligi va
chuqurligini qisqartirib borish talab etiladi.
7) Mamlakatimizda biologik usulni qo‗llash kimyoviy usulga nisbatan 1,5-2
barobar ortiq iqtisodiy foyda keltiradi.
8) Tomchilatib sug‗orishni qo‗llashning asosiy afzalliklari: ekinlar hosildorligi
ortadi va sifati yaxshilanadi. sug‗orishga ishlatilayotgan suv odatdagi usullarga
nisbatan 20-60 % gacha kamayadi; mehnat va resurlar sarfi kamayadi(kultivatsiya
qilish kamayadi, texnika kam ishlatiladi;) beriladigan o‗g‗it miqdori 50 % gacha
kamayadi; tuproq eroziyasi to‗xtaydi, er osti suvi sathi ko‗tarilishi va tuproq
sho‗rlanishi kamayadi
9)
Sug‗orish usulini tanlashda joyning tuproq-iqlim sharoitiga mos
keladigan, suv sarfi eng kam bo‗lgan va uni iloji boricha
128
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin bo‗lishiga alohida e‘tibor
berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |