A. K. Igamberdiev S. Aliqulov traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis


a) b) v)  52-rasm. a-DDA-100M; b-DDN-70; v-DDN-100 yomg„irlatib sug„orish



Download 12,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/165
Sana22.04.2022
Hajmi12,32 Mb.
#572845
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165
Bog'liq
kitob

a) b) v) 
52-rasm. a-DDA-100M; b-DDN-70; v-DDN-100 yomg„irlatib sug„orish 
agregatlari 
DDN-70 va DDN-100 yomg‗irlatish agregatlari ko‗chma-bir joyda turib 
ishlaydi. Ular suvni ochiq va yopiq sug‗orish tizimidan olishi mumkin, sug‗orish 
tarmoqlari orasidagi masofa mos holda 100 va 200 m, to‗xtashlar orasidagi masofa 
120 va 145 m tashkil etadi. 
Ochiq tarmoqlardan suv olib sug‗orishda yomg‗irlatish agregatining joyi, 
odatda, kanalning boshidan suv oqimi bo‗ylab pastga tomon o‗zgartiriladi. So‗rish 
qurilmasini beto‗xtov ishlashi uchun suv satxini etarli darajada saqlash maqsadida 
kanal ikkita ko‗chma to‗siq bilan to‗sib qo‗yiladi. Bitta to‗siq mashina ishlayotgan 
joyda, ikkinchisi esa navbatdagi joyga o‗rnatiladi. 
Sug‗orish tugagandan keyin birinchi to‗siq olinadi va ikkinchi joyga 
o‗rnatiladi. Agregatni to‗xtab turish vaqti sug‗orish me‘yoriga bog‗liq bo‗lib, 17...186 
minut davom etadi. 
Tuproq ostidan sug„orish usulida
suv erga yotqizilgan trubalarda keltiriladi 
(-rasm).
Bu sug‗orish usulida suvni bevosita har bir o‗simlikning ildizi joylashgan 
joyga etkazib berilishi to‗liq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan hamda 
kompyuterlar tizimi bilan ta‘minlangan maxsus tizimlar orqali amalga oshiriladi. 
Bunda tuproq o‗zining so‗rish kuchi hisobiga namiqadi. Bu usulni kapillyar 
xususiyatlari yaxshi bo‗lgan va haydalma qatlam osti suvni yomon o‗tkazadigan 
kuchli tuproqlarda qo‗llash mumkin. SHu bilan birga bu usulda sug‗orish uchun dala 
yaxshilab tekislangan bo‗lishi kerak. 


125 
Tomchilab sug„orish usulida
tuproq o‗simliklarning ildiz tizimi maksimal 
rivojlangan qatlamda namiqadi. Suv er betiga yotqizilgan va tuproqqa ko‗milgan 
plastmassa trubalar tarmog‗i bo‗ylab tomchilatgichlar yordamida tuproqning o‗simlik 
ildizlari taralgan qatlamiga 0,07...0,28 MPa bosim ostida kam me‘yorlarda o‗g‗it
bilan beriladi. Natijada suv tuproqqa juda sekin, bevosita ildizlar yaqinidan kirib 
boradi. 
Taqsimlovchi naychalar orasi ekin ekish usuliga (paxtachilikda 60 yoki 90 sm, 
bog‗dorchilikda daraxtlar qator oralig‗iga), naychalardagi tomchilatgichlar oralig‗i 
(paxtachilikda 0,5 m.) belgilangan agrotexnika talablariga bog‗liq holda olinadi. 
Kerakli vaqt davomida uzluksiz tomchilab turgan suv, tuproqning 1 m chuqurligida 
va diametri 1,0...2,5 m. bo‗lgan qismida optimal namlikni saqlab turadi. Bevosita 
ekin ildizi tarqalmagan erdagi tuproq quruq qolaveradi. SHu sababli tomchilab 
sug‗orishda suv sarfi 2...4 marotaba kamayishi mumkin. 
Tomchilatib sug‗orish usullarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 
sug‗orishda mehnat sarfi kamayadi, tuproq strukturasi saqlanib qoladi, sug‗orish 
me‘yori kichik bo‗ladi, o‗g‗it bevosita ildiz sistemasiga beriladi, sug‗orish jarayoni 
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlash-tirilgan bo‗lib, dalalarni tekislash talab 
qilinmaydi.
Tomchilatib sug‗orish tizimi quyidagi tartibda ishlaydi. Tomchilatgichlar 
tiqilib qolmasligi uchun katta hovuzda tindirilgan suv nasos orqali bir necha marta 
maxsus tozalagichlardan o‗tkazilib, magistral quvur va taqsimlovchi naychalar orqali 
tomchilatgichlarga 
yuboriladi. 
Tomchilatgichning 
konstruksiyasi 
shunday 
tanlanganki, suv bosimining sezilarli o‗zgarishiga qaramasdan bir xil me‘yordagi 
suvni tomizib berish imkoniga ega. 
Magistraldagi suv sarfi va bosimi tegishli asboblar yordamida kuzatib turiladi. 
Suvga ma‘danli o‗g‗itlar va eritilgan mikroelementlar, kerak bo‗lsa gerbitsid 
qo‗shilib, belgilangan me‘yorda o‗simliklar ildiziga etkazib beriladi. Bunday 
sug‗orish ishlari maxsus kompyuter tizimi yordamida ekinni obdon chanqagan 
paytini aniqlab, so‗ngra amalga oshiriladi, natijada ekinlar hosildorligini oshishiga 
erishiladi (7-jadval). 

Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish