102
Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish ishlariga
tuproqdagi namlikni saqlash
uchun uning yuza qatlamini 12-16 smgacha chuqurlikda ishlov berish va begona
o‗tlarni yo‗qotish; tuproqning ostki qismidagi namlikni yuqorigi qatlamga
chiqarish uchun tuproqning yuza qismida bir tekis va kerakli zichlikdagi qatlam
hosil qilish; tuproqni ag‗darmasdan
chuqur yumshatish, begona o‗tlarni
yo‗qotish uchun yoppasiga ishlov berish, urug‗larni bir tekis undirib olish va
sug‗orish ishlarini sifatini oshirish uchun tuproqning ustki qismini tekislash
(haydalgandan so‗ng) ishlari kiradi.
Bu vazifalar tuproqni
ekishdan oldin tirmalash, molalash, yoppasiga
yumshatish qilish va tekislash kabi texnologik ishlar yordamida bajariladi.
Tirmalash -
tuproqning yuza qismiga tirmalar bilan ishlov berilib,
bunda
tuproqdagi namlikni bug‗lanib ketmasligi uchun uning yuzasida bir tekis
yumshatilgan qatlam hosil qilishdan iborat. SHu bilan birga tirmalash jarayonida
mayda notekisliklar va begona o‗tlar yo‗qotiladi.
Kuzgi shudgor nechog‗li sifatli o‗tkazilgan bo‗lishiga qaramay erta ko‗klamgi
tirmalashning umuman o‗tkazilmasligi yoki kechikib o‗tkazilishi tuproqdagi namning
ko‗tarilib ketishi, dala yuzasining serkesak bo‗lib qolishi va haydov qatlamining qotib
qolishiga sabab bo‗ladi. Natijada erni ekishga
tayyorlash ishlari qiyinlashib, urug‗ni
sifatli ekish va qiyg‗os undirib olish imkoni boy beriladi. SHu bois erta ko‗klamda
tuproqning 8-10 sm yuza qatlami etilishi bilanoq dalalar 2-3 kun muddatda tirmalab
tashlanishi lozim.
Tuproq ortiqcha zichlanmasligi hamda ish unumdorligi yuqori bo‗lishi uchun
tirmalash agregatlari T-4A-S4, VT-100 va VT-150 kabi zanjirli traktorlar va keng
qamrovli tirkamalar asosida tuzilishi lozim. Erlarni ekishga tayyorlashda BZSS-1,0,
BZTS-1,0 va BZTX-1,0 rusumli tishli tirmalar BDT-3,0 va TDB-5
rusumli diskli
tirmalar ishlatiladi.
Tishli tirmalar uch zvenoli 3BZTU-1,0 og‗ir va ZBZS-1,0 engil turdagi
bo‗lib, tuproqni maydalash va 5-10 sm. chuqurlikkacha yumshatish uchun
ishlatiladi. Bu ishlar er haydalib,
tekislangan, qatqaloqlar yo‗qotilgan
maydonlarda amalga oshiriladi. Tirmalash ishlari turli xildagi ishchi qismlar bilan
jihozlangan tishli va diskli tirmalar bilan bajariladi. Tishli tirma tishlarning
ko‗ngdalang kesimi kvadrat yoki doira shaklida bo‗libgina qolmasdan,
balki
yumshatuvchi panja va prujinali tishlar ko‗rinishida ham bo‗lishi mumkin. Har
bir tirma bir xil shakldagi tishlardan tashkil topgan bo‗lib, ularning tishlari to‗g‗ri
o‗tkirlangan, birday uzunlikda hamda o‗tkirlangan uchi bilan oldinga (harakat
yo‗nalishi bo‗yicha) qarab o‗rnatilgan bo‗lishi kerak (31-rasm).