A. K. Igamberdiev S. Aliqulov traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis


-jadval  Traktorlar va murakab mashinalarga texnik xizmat ko„rsatish davriyligi



Download 12,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/165
Sana22.04.2022
Hajmi12,32 Mb.
#572845
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165
Bog'liq
kitob

9-jadval 
Traktorlar va murakab mashinalarga texnik xizmat ko„rsatish davriyligi 
Mashinalar nomi 
O‗lchov birligi 
Xizmat ko‗rsatish davriyligi 
(muddati) 
TXK-1 
TXK-2 
TXK-3 
Traktor, kombayn va 
murakkab qishloq 
xo‗jalik mashinalari 
Moto-soat 
125(60) 
500(240) 
1000(960) 
GOST20793-86 ga muvofiq amaliyotda texnik xizmat ko‗rsatish davriyligi 
TXK-1 va TXK-2 uchun 10% ga TXK-3 uchun 5% gacha belgilangan davriylikdan 
avval yoki keyin o‗tkazilishiga ruxsat etiladi. 
Har kungi texnik xizmat (KTXK) har 10 soatdan keyin traktorning yoki 
mashinaning har bir smenasida o‗tkaziladi. 
Traktorlarga bahorgi-yozgi foydalanishga o‗tishdagi mavsumiy texnik xizmat 
havoning turg‗un issiqlik darajasi +5

S dan yuqori bo‗lgan vaqtda o‗tkaziladi, kuzgi-
qishgi foydalanishga o‗tishda esa +5

S dan past bo‗lgan issiqlik darajasida
o‗tkaziladi. 
25.3-§. Traktorlarga texnik xizmat ko„rsatish texnologiyasi 
Texnik xizmat ko‗rsatish texnologiyasi traktor va mashinalarni sozligini va 
ishlash qobiliyatini ta‘minlovchi jami operatsiyalar majmuidan iborat. Texnik xizmat 
ko‗rsatish texnologiyasi texnologik xaritalar tarzida taqdim etiladi va ularda texnik 
xizmat jarayonlari, operatsiyalari, materiallar, qurilmalar, hamda texnik talablar 
ko‗rsatiladi [11, 34, 35]. 
Traktorlar va qishloq xo‗jalik mashinalariga texnik xizmat ko‗rsatish 
texnologiyasi quyidagi tamoillarga asoslanadi. 


170 
1.
Mashinalarga texnik xizmat va ta‘minlash ishlari ularning texnik holatiga 
ko‗ra nosozliklarini ogohlantirish uchun zarur holatida o‗tkaziladi. 
2.
Mehnatning taqsimlanish va ixtisoslashtirilishi ish unumini va sifatini 
yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlaydi. 
3.
Texnik xizmat ko‗rsatishning ma‘lum tartibdagi ketma-ketligi. 
4.
Texnik xizmat jarayonlarini boshqarish. 
Texnik xizmatlarning mazmuni
.
 
Texnik xizmatga- yuvish, tozalash, nazorat, 
tashxis, rostlash, moylash, to‗ldirish, mahkamlash va montaj-demontash ishlari 
kiradi. Har bir traktorlar yoki mashinaga ko‗rsatiladigan texnik xizmat mazmuni, 
bajariladigan ishlar ularning ―Texnik tavsifnomasi va foydalanish bo‗yicha yo‗l-
yo‗riqlar‖ to‗plami (kitobi)da keltiriladi. Texnik xizmat qoyidalari shunday 
tuzilganki, ularning avval o‗tkaziladigan raqamli texnik xizmat tarkibiga kiradi. 
Tavsiya etilgan texnik xizmatlar mohiyatini qarab chiqamiz. 
Traktorni chiniqtirishda texnik xizmat

Traktorni chiniqtirishga tayorlashda 
quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor ko‗rib chiqiladi, chang va iflosliklardan 
tozalanadi; konservatsiyalash moylaridan tozalanadi: akkumulyator ko‗rib chiqiladi 
va ishga tayorlanadi; tarkibiy qismlarda moylar sathi tekshiriladi, zarur bo‗lganda 
quyiladi; tarkibiy qismlar moylash apparati yordamida moylanadi; rezbali 
bog‗lanishlar tekshiriladi, zarur bo‗lsa tortiladi (ma‘kamlanadi); tasmalar (generator, 
ventilyator, kompressor harakat uzatmalarining) tarangligi tekshiriladi, zarur bo‗lsa 
rostlanadi; boshqarish mexanizmlari, zanjirlar tarangligi, shinalardagi bosim 
tekshiriladi va rostlanadi; dvigatelning sovitish tizimi va ta‘minlash tizimi muvofiq 
ravishda sovitish suyuqligi va dizel yonilg‗isi bilan to‗ldiriladi; dvigatel shovqini 
eshitib ko‗riladi; nazorat priborlari ko‗rsatishlarining me‘yordaligi tekshiriladi. 
Traktorni chiniqtirishda quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor chang va 
iflosliklardan tozalanadi; tashqi kuzatish orqali yoqilg‗i, moy, elektr oqimi bor-
yo‗qligi tekshiriladi, bor bo‗lsa oqimni to‗xtatish chorasi ko‗riladi; dvigatel karteri 
tagligidagi moy sathi, radiatordagi sovutish suyuqligi tekshiriladi, zarur bo‗lsa 
to‗ldiriladi; dvigatelning, boshqarish rulining, yoritish va signal jihozlarining, oyna 
tozalagich va to‗xtatkichlarning ish qobiliyati tekshiriladi; uch smenadan so‗ng 
ventilyator va generator tasmalarining tarangligi rostlanadi; traktor ko‗rib chiqiladi va 
tozalanadi;
CHiniqtirish tugagandan so‗ng, quyidagilar tekshiriladi va zarur bo‗lganda 
rostlanadi: tasmalar tarangligi, shinalardagi bosim, dizelning klapanlari va 
―koromislo‖ orasidagi, mufta bog‗lanishidagi, tuzatgich va boshqarish 
mexanizmidagi tirqishlar rostlanadi; havo tozalagichlarga texnik xizmat o‗tkaziladi; 
akkumulyator batareyasi tekshiriladi, zarur bo‗lsa uni sirti, klemmalari tozalanadi 


171 
distirlangan suv quyiladi; dag‗al yonilg‗i tozalash filptridan chiqindilar orqa ko‗prik 
to‗xtatgich bo‗limlaridagi moy, havoli ballonlardagi kondensatlar olib tashlanadi; 
markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi; gidravlik tizimning filtrlari ham 
tozalanadi; traktorning tarkibiy qismlar moylash jadvaliga muvofiq moylanadi; dizel 
va uning tarkibiy qismlarida, transmissiyada (moy tozalash filtri bo‗lmagan holda); 
dvigatel moylash tizimi dizel ishlamagan holatda yuviladi; traktorning tarkibiy 
qismlari ishlash jarayonida ko‗rish va eshitish orqali tekshiriladi. Aniqlangan va
topilgan nosozliklar tuzatilishi lozim.

Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish