24.4-§. Eyilishlar va ularni o„zgarish xarakteri
Detallarga ishlov berganda ularning yuzalarida chiziqlar va g‗adir-budirliklar
qoladi. SHuning uchun detallar ishlaganda bu g‗adir-budirliklar ishqalanuvchi
yuzalarda bir-biri bilan ilashadi.
Mashinaning dastlabki ish davrida detallarning sirtlari tez sur‘atlar bilan
eyiladi. Bu davr mashinani chiniqtirish yoki detallarni ishlatib, bir-biriga moslash
davri deb ataladi.
Mashinaning ishlashi davomida uning detallari eyilishda davom etadi, lekin
juda sekin eyiladi. Bu me‘yoriy foydalanish davri deb ataladi.
Ma‘lum muddat ishlagandan keyin eyilish yana tezlashadi, chunki
ishqalanuvchi yuzalar orasida tirqish kattalashib, zarbli yuklama paydo bo‗ladi. Bu
165
vaqt mexanizmda nuqson paydo bo‗lganligini ko‗rsatadi. Detallar sirti eyilishining
o‗zgarish xarakterini yuqoridagi 79-rasmdan ko‗rish mumkin.
Eyilish sur‘ati deganda vaqt yoki ishqalanuvchi yuzalarning bir-biriga nisbatan
o‗tgan yo‗li birligiga eyilishning kattalishishini tushunish kerak. Eyilish sur‘atiga
quyidagilar ta‘sir etadi:
ish sharoiti (solishtirma bosimlar, yuklama xarakteri, nisbiy tezliklar,
temperatura). Bosim va nisbiy tezlik qancha katta bo‗lsa, eyilish sur‘ati shuncha tez
bo‗ladi. Ortiqcha yuklama, titranish, o‗zgaruvchan va zarbiy yuklamalar ham eyilish
sur‘atini tezlashtiradi. Detallarning umumiy va ayrim joylarning ortiqcha qizishi
eyilish sur‘atini oshiradi va ularning shikastlanishiga olib keladi. Eyilish sur‘ati yo‗l
yoki vaqt birligiga nisbatan hisoblangan bajarilgan ishga mutanosib o‗zgaradi;
materiallarning xossalari, ularning o‗zaro nisbati va ishda o‗zgaruvchanligi.
Ma‘lum xossali metallar uchun ularni moylash, moy miqdori, sifati va tozaligi muhim
ahamiyatga ega. Etarli moylamaslik yoki past sifatli moy eyilish sur‘atini
tezlashtiradi. Ichki yonuv dvigatellari uchun, bundan tashqari, nasosga kelayotgan
yonilg‗ining va silindrlarga so‗rilayotgan havoning tozaligi ham katta ahamiyatga
ega. Moy, havo va yonilg‗i eyilishga sabab bo‗ladigan turli aralashmalar bilan
qanchalik ko‗p ifloslangan bo‗lsa, eyilish sur‘ati shuncha tez bo‗ladi. Korroziya
(zanglash) ga sabab bo‗ladigan moddalar qancha ko‗p bo‗lsa, detallar shuncha kuchli
eyiladi;
ishqalanuvchi yuzalarning juftlashtirilish, bir-biriga urinish va ishlov
berilishi sharoitlari
.
YUzalarning quruq ishqalanishi, uzellarning o‗qdoshligi, yuzalar
va o‗qlarning parallelligi, tikligining buzilishi eyilish sur‘atini doim kattalashtiradi.
Detallarni ishlab chiqarish nuqsonlari va tiklashdagi xatolar ham detallarning
eyilishini tezlashtiradi va shikastlanishga olib keladi. Detallarning sirtiga qo‗pol
ishlov berilganda sirtlari toza ishlov berilgan sirtlarga nisbatan tez eyiladi;
eyilish mahsulotlarining turi va xossalari
.
Odatda yirik va qattiq zarrachalar
eyilish sur‘atini oshiradi.
Eyilish xarakterining tahlili (79-rasm) shuni ko‗rsatadiki:
-
chiniqtirishda eyilish qancha kam va chiniqtirishdan keyin ishqalanuvchi juftning
eyilish sur‘ati qancha past bo‗lsa, mashinaning me‘riy foydalanish vaqti shuncha
ko‗p bo‗ladi;
-
detallar eyilishining o‗zgarish qonuniyati ishqalanuvchi juftning ishiga insonning
aralashuvi zarur bo‗lgan vaqtni aniqlashga imkon beradi.
-
detallarning mashinaning ish vaqtida eyilishidan tashqari, qishloq xo‗jaligi
texnikasini noto‗g‗ri saqlashda ham detallar eyiladi.
166
Detalning zanglashi, darz ketishi, rezina va plastmassaning parchalanishi va
boshqalar sababli mashinalar kuchli eyiladi va hatto shikastlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |