A. K. Igamberdiev S. Aliqulov traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis


partiyalarda ishlab chiqariladigan mashina va mexanizmlar Davlat sinov



Download 12,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/165
Sana22.04.2022
Hajmi12,32 Mb.
#572845
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
kitob


partiyalarda ishlab chiqariladigan mashina va mexanizmlar Davlat sinov 
stansiyalaridan o‗tganidan so‗ng ishlab chiqarishga qo‗yiladi. 
 
24.2-§. Mashinalarining tuzukligi va buzilish turlari 
 
Mashinalarning ish jarayonida ularning asosiy foydalanish xossalari: ish sifati, 
tejamkorligi va puxtaligining o‗zgarishi yuqorida ta‘kidlab o‘tildi. Shunga ko‘ra 
mashinalar boshlang‗ich ekspluatatsion xossalarining o‗zgarishi ish sifatini, 
tejamkorligini va mashinaning puxtaligini ta‘minlay oladigan chegaralarda ruxsat 
etiladi. 
Mashinaning ish sifati va tejamkorligi ruxsat etilgan chegaralarda to‗xtab 
qolmasdan ishlaydigan holati – uning me‘yoriy, ya‘ni tuzukligi deb ataladi. Mashina 
me‘yoriy holatining o‗zgarishi esa buzuqlik deyiladi.
Mashinalar quyidagi sabablarga ko‗ra buziladi: 
- mashinaning ishlash jarayonida detallari eyiladi. Eyilish deganda, detallar shakli 
va og‗irligining, shuningdek ular tayyorlangan material fizik va kimyoviy 
xossalarining sekin-asta o‗zgarishi tushuniladi. Bunday o‗zgarishlar o‗z navbatida 
qator sabablarga ko‗ra: edirilish, plastik deformatsiyalar, molekulyar va kimyoviy 
o‗zgarishlar oqibatida sodir bo‗ladi. Har qanday zamonaviy texnika ham bunday 
o‗zgarishlarning oldini ololmaydi, lekin mashinaga to‗g‗ri xizmat ko‗rsatib, uning 
me‘yoriy ishlash vaqtini cho‗zish mumkin; 
- mashina mexanizmlarining to‗g‗ri rostlanganlik holati buziladi. Rostlash 
deganda mashinaning me‘yoriy ishlashini ta‘minlaydigan texnologik tirqishlar, 
burchaklar, bosimlar, temperaturalarni rostlash - zarur holatga keltirish tushuniladi. 
Mashinalarning dastlabki rostlanishlarini o‗zgarishi buzilishlarga olib keladi; 
- mashinaning ish sharoiti keskin o‗zgarishi natijasida o‗z ishini davom ettira 
olmaydigan holatga tushib qoladi. Masalan, g‗alla yig‗ish kombaynida yanchish 
barabaniga somon-poxollar yoki seyalkalarda urug‗larni o‗tkazgichlarga tiqilib 
qolishi. Mashinalarning ishidagi bunday buzuqlik ochiq buzuqlik deyiladi. 


163 
Mashinalarning texnik jihatdan to‗g‗ri foydalanish nuqsonlarning oldini oladi va 
mashinalarning me‘yoriy holatda bo‗lishini ta‘minlaydi. 
Buzilish mashina ish qobiliyatining to‗liq yoki qisman yo‗qolishiga olib keladi. 
Buzilish - bu mashinaning me‘yoriy ishini tavsiflovchi asosiy parametrlarning 
o‘zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan hodisadir. Mashina ishlay olmaydigan holatga 
kelganda ochiq buzilishi sodir bo‗ladi, mashina ishlaydi, lekin o‗zinig asosiy 
vazifasini bajara olmaydigan holati - noaniq buzilish deyiladi. 
Asosiy (kapital) ta‘mirlashni talab etgan buzuqlik (xizmat muddati 
tugallangandagi) resurs buzilish deyiladi, qolgan barcha buzilishlar noresurs buzilish 
deb ataladi. Buzilishlar sodir bo‗lish sabablariga ko‗ra o‗ziga xos uch turga ajraladi: 
ishqalanib moslanish, birdaniga va eyilish sababli sodir bo‗ladigan buzilishlar. 
Bunday buzilishlar o‗zining fizik mohiyatiga va ularni bartaraf etish hamda oldini 
olish usullari bo‗yicha farqlanadi. 
Ishqalanib moslanishdagi buzilish mashinalarning chiniqtirish davrida sodir 
bo‗ladi. Bunday buzilishga mashinada nuqsonli elementning mavjudligi, mashinani 
yig‗ish texnologiyasining buzilganligi, o‗rnatish xatolari, shuningdek detallar sirtida 
toza ishlov berilganligiga qaramay, g‗adir-budirliklarning borligi sabab bo‗ladi. 
Birdaniga buzilish yuklamaning ruxsat etilgandan birdaniga kutilmaganda 
oshib ketishi sababli sodir bo‗ladi, bunda mashina qismlari sinishi mumkin. 
Ishqalanib moslanishdagi va birdaniga buzilishlar tasodifiy xarakterda bo‗ladi. 
Eyilishdagi buzilishlar asosan mashinaning uzoq muddat ishlaganiga va 
mashinadan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganligi sabali sodir bo‗ladi. Detal 
parametrining asta-sekin miqdoriy o‗zgarishi sababli bu parametr texnik shartlarda 
ko‗rsatilgan chegaralardan chiqadi. Mashina shinalarining eyilishi, lemex tig‗ining 
o‗tmaslanib qolishi va boshqalar eyilib buzilishga misol bo‗ladi. Bunday buzilishlar 
detallar va materialning eyilish va eskirishi oqibatidir. 
Demak, eyilish deganda detal parametrlarining ish jarayonida mexanikaviy, 
issiqlik va boshqa yuklamalar ta‘sirida asta-sekin o‗zgarish jarayoni tushuniladi. 
Eskirgan deganda - buyum parametrlarining ish tartibotiga bog‗liq bo‗lmagan 
jarayonlar sababli sekin-asta va uzluksiz o‗zgarishi tushuniladi. 

Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish