A k a d e m I ya trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
ochgich (otmichka)lar. 
 
27-rasm. Suvaldali qulflarni ochish uchun mo‘ljallangan maxsus 
ochgich (otmichka)lar. 
 
 
 
28-rasm.  Silindrli qulflarni ochish uchun mo‘ljallangan maxsus ochgich 
(otmichka)lar. 


 161 
Qulflarni maxsus ochgichlar bilan ochishda, bu ochgichlardan qulf 
korpusi (quti)sining ichki devorlarida va qulf mexanizmlari (masalan, 
zulfin va suvaldalar)da ishqalanish izlari qoladi. Qulf korpusi (quti)sining 
ichki devorlaridagi ishqalanish izlari yoysimon shaklda bo‘ladi. Bu izlar 
kalit tirqishining atrofida joylashadi va kalit tishlarining izlari bilan mos 
tushmaydi. Zulfin, lo‘kidon va suvaldalardagi ishqalanish izlari ingicha 
ariqchalar shaklida bo‘ladi.  
Silindrli qulflar maxsus ochgich bilan ochilganda, ishqalanish izlari 
kalit tirqishida va bevosita shtiftlarning boshchalarida vujudga keladi. 
Juda ko‘p hollarda jinoyatchilar qulflarni tanlangan kalitlar yordamida 
ochadilar. Bu holda qulfning ochilish ehtimolligi tanlangan kalitning asl 
kalitga qay darajada o‘xshashligiga bog‘liq bo‘ladi.  
Prujinali qulflar, suvaldali (agar suvaldalar miqdori kam bo‘lsa) 
qulflarni kalit tanlash usuli bilan ochish osonroq bo‘ladi.  
Qulflarni kalit tanlash usulida ochishda, ishlatilayotgan kalitga turlicha 
ta’sir ko‘rsatiladi, uni turlicha holatga o‘tkaziladi, ba’zida bunday ta’sir 
natijasida zulfin (lo‘kidon) surilishi yoki silindr aylanib ketishi mumkin. 
Ayniqsa, hozirgi kunda keng tarqalgan Xitoyda ishlab chiqarilgan 
qulflarda bu usul juda qo‘l keladi. Kalitlarni soxtalashtirish asl kalitdan 
birorta usulda nusxa olish, uning chizmasini chizish orqali amalga 
oshiriladi.  
Qulflarni tanlangan yoki asl nusxasiga qarab yasalgan begona kalitlar 
bilan ochishda quyidagi izlar va belgilar vujudga kelishi mumkin: 
– suvaldali va prujinali qulflarning korpusi (quti)larining ichki 
devorlarida, ishlatilgan kalitning tishlaridan aylana shaklidagi izlar qoladi, 
bu izlar asl kalitning izlariga va izlarning diametrlariga mos tushmaydi, 
metallning shilinishi kuzatiladi; 
– zulfin (lo‘kidon) va suvaldalarning asl kalit bilan ta’sirlashmaydigan 
joylarida, begona kalit tishlaridan qolgan izlar vujudga keladi; 
– qulf mexanizmlarining oraliq holatlarga o‘tib qolishi. 
Bundan tashqari, qulflarni tanlangan yoki begona kalitlar bilan 
ochishda qulfga katta jismoniy kuch bilan ta’sir ko‘rsatiladi. Bu esa ayrim 
hollarda qulf qismlarining deformatsiyalanishiga, kalitlarning sinishiga 
(ba’zan kalitlarning sinib qolgan qoldiqlari qulf tirqishida qolib ketadi) 
sabab bo‘ladi. Agar qulfda singan kalit qoldig‘i, gumon qilinuvchida ham 
bunday qoldiq aniqlansa, bo‘laklarga qarab butunni aniqlash bo‘yicha 
trasologik ekspertiza tayinlanishi lozim. 
Juda ko‘p hollarda qulflar maxsus moslama «uistiti» yordamida ham 
ochilishi mumkin. Bu asbob asosan eshik berkitilib, qulfda (eshikning 


 162 
ichkari tomonidan) kalit qoldirilganda ishlatiladi. Buning uchun uistiti 
tashqaridan eshikdagi qulfga o‘rnatiladi. Uning tishlari bilan ichkari 
tomondan qulfda turgan kalitning sterjenining uchlari qisib ushlanadi va 
uistitining tishlari asta aylantiriladi, natijada qulf ochilib ketadi. Bu holda 
kalit sterjenining uchida uistitiing tishlaridan ezilgan yoki ishqalanish 
izlari qolishi mumkin.  
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish