6. Qulflarning trasologik ekspertizasining metodikasi
Qulflar quyidagi hollarda tadqiq etilishi mumkin:
– turli omborxonalar, binolar, inshootlar yoki xonadonlar berkitilib
qo‘yilgan qulflar buzilganda yoxud turli usullar bilan ochilganda;
– muayyan moddiy javobgar shaxsdan ishlatilayotgan qulflaring nosoz
holatga kelib qolganligi to‘g‘risida ariza tushganda;
– tergov ishini yuritayotgan huquq-tartibot organlarining ixtiyoriga
ko‘ra, jinoyat sodir etilishiga oid turli holatlarni, sabab va sharoitlarni
aniqlayotganida va hokazo.
Qulflarning kriminalistik tadqiqotlari quyidagilarni aniqlashga yordam
berishi mumkin:
– qulflar haqiqatan ham o‘g‘irlik maqsadidami yoxud boshqa bir
noqonuniy qilmishni yashirish uchun o‘g‘irlik jinoyatini inssenirovka
qilish maqsadida buzilganmi yoki ochilganligini aniqlashga;
– jinoyatchini qidirish va fosh qilishga;
– jinoyatlarning sodir etilishiga yengillik yaratgan yoki imkon bergan
shart-sharoitlarni aniqlashga.
167
Qulflarning trasologik ekspertizasi, trasologik ekspertizaning
keltirilgan qulflar buzuq emasmi (texnik jihatdan sozmi), keltirilgan qulf
begona kalit, tanlangan kalit yoki maxsus ochgich (otmichka) yordamida
osilganmi kabi savollarga javob berish uchun tadqiqotlar o‘tkazish bilan
shug‘ullanadigan bo‘limi hisoblanadi.
Qulflar tadqiqotining tartibi quyidagicha bo‘ladi:
– keltirilgan qulf va uning kalitini tashqi ko‘zdan kechirish;
– qulfni ochish va qismlarga ajratish;
– qulf mexanizmi va uning alohida qismlarini tadqiqot qilish.
Tadqiqot jarayonida ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga javob
berishda ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni qayd etish zarur. Qayd etish
uchun ta’riflab yozish, fotosuratga olish va chizmalar chizish qo‘llaniladi.
Juda ko‘plab hollarda moddiy javobgar shaxslar yopuvchi
moslamalarni (qulflarni) buzib yoki turli usullar bilan ochish orqali o‘zlari
ilgari sodir etgan o‘zlashtirish, talon-taroj va shu kabi boshqa jinoyatlarini
yashirish maqsadida o‘g‘irlik jinoyatini inssenirovka qiladilar. Bunday
hollarda tekshirilayotgan qulflarning konstruktiv tuzilishiga bog‘liq
ravishda moddiy javobgar shaxslar qulflarni buzish yoki ochishning tur-
licha va xilma-xil usullaridan foydalanadilar. Tekshirilayotgan qulflarning
ochish yoki buzilish usullarini aniqlash, ushbu qulfni buzish yoki ochish
izlarini hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tadbirining o‘zida
tekshirish imkonini beradi yoki qulflarni laboratoriya sharoitlarida yanada
to‘laroq tekshirish imkonini beradi. Masalan, o‘g‘irlik jinoyatini
inssenirovka qilish maqsadida qulfni buzish izlari quyidagicha bo‘lishi
mumkin: izlarning – to‘siq va qulfning o‘zidagi buzish qurollari izlarining
mavjudligi, ko‘rinishi va o‘zaro joylashishi.
Ushbu sharoitlarni aniqlash tergov tusmollarini (versiyalarni) to‘g‘ri
tuzishga hamda tergovni to‘g‘ri olib borishga katta yordam beradi.
Kriminalistik ekspertizalarga oid ma’lumotlarni tahlil etish va
umumlashtirish natijasida qulflarni buzish yoki turli usullar orqali ochish
bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti bilan chuqur tanishib
hamda amaliyot xodimlarining ushbu muammo bo‘yicha fikrlarini
o‘rganib, ushbu fikrlarning barchasi jinoyatlarning sodir etilishiga
yengillik yaratgan va imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashda foyda-
laniladi.
Qulflar va ularni buzish natijasida qolgan izlar bo‘yicha ekspertiza
o‘tkazilayotganda ekspert oldiga xal qilish uchun quyidagi savollar
qo‘yiladi:
1. Ushbu qulf buzuqmi yoki buzuq emasmi?
168
2. Ushbu qulf maxsus ochgich, ilgak yoki unga tushadigan boshqa
qalbaki kalitlar yordamida ochilganmi?
3. Qulf taqdim etilgan kalit yordamida ochilganmi?
4. Buzilayotgan paytida qulf qanday (yopiq yoki ochiq) holatda
bo‘lgan?
5. Qulfda qolgan izlar taqdim etilgan buyumdan qolganmi?
6. Nazorat qilish uchun qulf ichiga joylashtirilgan qog‘ozni
shikastlantirmay qulfni ochish mumkinmi?
Buzilgan, sindirilgan to‘siqlar, omborxonalarni va turli yopish
moslamalari va boshqa qulflarni tadqiq qilishda quyidagi savollar
qo‘yilishi mumkin:
1. Izlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday (arralash, kesish,
parmalash, o‘yish, chopish, harorat ta’sirida va hokazo)
2. Ushbu izlar qanday turdagi uskunalar (arra, pichoq, bolta) yoki
asboblardan qolgan?
3. Ushbu izlar bir predmetdan hosil bo‘lganmi yoki aniq turdagi har
xil predmetlardan hosil bo‘lganmi?
4. Tadqiq uchun taqdim etilgan obyektda qolgan izlar ushbu
predmetdan hosil bo‘lganmi?
5. To‘siq (eshik, devor) qaysi tarafdan buzilgan, ichkaridanmi yoki
tashqaridan?
Ushbu savollarning ekspertiza tadqiqotlarida hal etilishi ekspertizaga
keltirilgan obyektlarning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Hodisa joyidan olingan
qulf tashqi ko‘zdan kechirilganidan so‘ng, qanday holatda olingan bo‘lsa,
shu holatda ekspertizaga yuborilishi lozim.
Agar, ekspertlarga keltirilgan qulfni birorta buyum yordamida ochish
mumkinligi yoki taqdim etilgan maxsus ochgich bilan ochilganligi kabi
savollar qo‘yilgan bo‘lsa, ekspertizaga qulf bilan birga buzish qurollari
ham taqdim etilishi lozim.
Qulflarning trasologik ekspertizalarining metodikasi boshqa turdagi
trasologik ekspertizalar metodikasidan unchalik farq qilmaydi (ya’ni,
umumiy metodika bir xil). Agar tadqiqotga tashqi va ichki qulflar
keltirilgan bo‘lsa, ularning zulfin (lo‘kidon)iga alohida e’tibor beriladi (u
oldinga chiqib turibdimi yoki korpusi (quti)ning ichiga kirib ketganmi),
zulfin (lo‘kidon)da va oldi plankada qanday izlar mavjud? Zulfin
(lo‘kidon) va oldi plankada izlarning mavjudligi, ularning o‘zaro
joylashishi qulf zulfin (lo‘kidon)ini ayirib ochish usulida ochilganidan
darak berishi mumkin. Agar zulfin (lo‘kidon)dagi izlar orasida ishqalanish
izlari bo‘lsa, ularga ko‘ra izlarning boshlanishi va oxirini aniqlash mumkin
169
bo‘ladi – izning oxirida metallning ko‘chishi kuzatiladi, izning
boshlanishida esa ular bo‘lmaydi. Undan keyin qulfdagi kalit tirqishi
ko‘zdan kechiriladi. Kalit tirqishi chetlarining shikastlanishlari, turli
shilinishlar ushbu qulf begona buyumlar yoki maxsus ochgichlar bilan
ochilganligidan dalolat berishi mumkin. Ushbu qulfni birorta aniq buyum
bilan ochish imkoniyati bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun, kalit
tirqishining shaklini va uning o‘lchamlarini aniqlash, kalit sterjeni uchun
mo‘ljallangan o‘yiqlarning diametrini o‘lchash, kalit tishlari uchun
o‘yiqlarning kengligi va tirqishning balandligini aniq o‘lchash kerak
bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar ekspertizaga keltirilgan ochuvchi begona
buyumning xuddi shu kabi ma’lumotlari bilan solishtirilishi mumkin.
Agar tadqiqotga osma qulf keltirilgan bo‘lsa, birinchi navbatda, uning
buzilish usullarini aniqlashga harakat qilish lozim. Osma qulf yoyi arralash
usulida ochilgan hollarida, arraning kesuvchi tekisligining korpusi
(quti)ning yuqori asosiga nisbatan holati aniqlanadi. Qulf korpusi
(qutisi)dagi va to‘siqdagi arralash chiziqlarining yo‘nalishi, yoyni arralab
kesish qulfning qanday holatida (ochiq yok yopiq tuganida) aniqlash
imkonini beradi. Osma qulf uning yoyini ombir yordamida kesish usulida
buzilgan bo‘lsa, u holda bu qulfning yoyidagi izlarning relyefi o‘rganiladi
hamda ushbu izlarning identifikatsiya uchun yaroqliligi aniqlanadi. So‘ng
qulfning zulfin (lo‘kidon)i, yoyning berkituvchi uchi, qulfning korpusi
(qutisi) va kalit tirqishi tekshiriladi.
Qulflarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirib bo‘lgandan so‘ng, ular
fotosuratga olinadi.
Fotosuratga olinganidan keyin, keltirilgan qulflarning ichki mexa-
nizmlari ko‘zdan kechiriladi. Undan maqsad – qulfning yopish
mexanizmining holatini, unda izlar mavjudligi hamda bu izlarning hosil
bo‘lish mexanizmini aniqlashdir. Agar qulfni qismlarga ajratish qiyin
bo‘lsa, uni rentgen nurlarida suratga olish va suratni tadqiq etish mumkin.
Ammo rentgen suratlarida ichki mexanizmlardagi ayrim mikroizlar
ko‘rinmasligi mumkin. Shuning uchun qulflarning ichki mexanizmini
batafsil tekshirish ularni qismlarga ajratigan holda bajarilgani maqsadga
muvofiqdir.
Qulflarni qismlarga ajratish uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar
qulfning korpusi (qutisi) vintlar bilan berkitilgan bo‘lsa, ularni burab
chiqarib qulfni qismlarga ajratish mumkin. Lekin ko‘p qulflar quyma
usulda tayyorlangan bo‘ladi. Bunday qulflarning qutisi kesiladi, silindrli
qulflarning asoslari, parmalash yordamida shtiftlari chiqarib olinadi va
asoslari teng ikkiga bo‘linadi (temir arra yordamida kesish usuli bilan).
170
Qulflar qismlarga ajrtilganidan so‘ng, ularning ichki mexanizmi, suvaldali
qulflarda suvaldalar (agar ular bir necha bo‘lsa, ularning har biri
tekshirilishi lozim), saqlagichlar, prujinalar, kalit uchun tirqishlar (qulf
korpusi (qutisi)ning ichki tomonidan) kalit tayanchlari va ularning atrofi
(qulf korpusi (qutisi)) diqqat bilan tekshirilishi lozim. Qulf korpusi
(qutisi)ning ichki sirti ham tekshiriladi.
Prujinali qulflarda zulfin (lo‘kidon), uning o‘qi, zulfin (lo‘kidon)dagi
o‘yiqchalar va ularning atrofi tekshiriladi.
Silindrli qulflarda shtiftlarning ishchi boshchalari, kalit tirqishining
ichki sirti diqqat bilan tekshiriladi.
Ushbu tekshirishlardan maqsad – qulflarning bu qismlarida begona
buyumlardan qolgan izlarning bor-yo‘qligini aniqlashdir.
Agar ekspertga taqdim etilgan qulf tanlangan yoki begona kalit bilan
ochilganligi bo‘yicha savol qo‘yilgan bo‘lsa, u holda qulfning, uning asl
kalitining shakli, o‘lchamlari va boshqa xususiyatlarini aniqlashga imkon
beruvchi mexanizmining tuzilishi tekshiriladi. Bu tekshirishda qulf va kalit
tarkibiy qimlarining o‘lchamlaridagi chetlashishlarni aniqlashga harakat
qilish kerak. Bu chetlashishlar kalitlarning ushbu qulflarni ochishni
ta’minlaydigan minimal va maksimal o‘lchamlarini aniqlash imkonini
beradi. O‘lchamlarda chetlashishlarni (suvaldali qulflarda) aniqlashda kalit
sterjeni uchun o‘yiqlar yoki shtiftlarning markazidan suvaldaning quyi
chetigacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Bu masofalar suvaldalarning
barchasi uchun va ularni har birini qulf ichida qanday holatda turishi
mumkin bzlsa, shu holatga qo‘yib aniqlanadi. So‘ng ularning o‘zaro farqi
aniqlanadi. Ana shu farq asl kalit uchun har suvaldaga tegishi bo‘lgan
o‘lchamlardagi chetlashishlarni bildiradi.
Qulflarning ichki mexanizmlarini tekshirishda, ularda begona
buyumlar, tanlangan va begona kalitlar, maxsus ochgichlarning izlari bor-
yo‘qligi aniqlanadi. Ta’kidlash joizki, bunday izlarni aniqlash qiyin emas.
Chunki, begona buyumlarning izlari qulfning asl kaliti izlari bilan mos
tushmaydi. Odatda bunday (begona buyumlarning) izlari asl kalit iziga
qaraganda yangi bo‘ladi, shuning uchun ular metall yaltiroqligini
yo‘qotmagan bo‘ladi. Undan tashqari, begona buyumlarning izlari asl
kalitning izlaridan kichikroq yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Begona
buyumlarning izlari qulfni ochish usulini aniqlash uchungina emas, balki
ularning identifikatsiya uchun yaroqliligini aniqlash uchun ham kerak
bo‘ladi.
Qulflarni tekshirib bo‘linganidan so‘ng, kalitlar yoki keltirilgan
begona buyumlar (begona yoki tanlangan kalitlar, maxsus ochgichlar)
171
tekshiriladi. Ularni tekshirishda shakli, o‘lchamlari, materiali, ularda
mavjud bo‘lgan begona moddalar, izlar va turli nuqsonlari aniqlanadi. Bu
tekshirishda alohida e’tibor kalitlarning tishlariga, begona buyumlarning
qulfdagi kalit tirqishiga kiruvchi qismiga qaratilishi lozim.
Tadqiqotlar jarayonida ekspertlar kerakli tajribalarni ham o‘tkazadilar.
Tajriba o‘tkazish taqdim etilgan qulfning sozligi, berilgan kalit bilan shu
qulfni ochish imkoniyati borligi kabi noidentifikatsion savollarga jaob
berishda zarur bo‘ladi. Bunday hollarda qulfni tadqiqotga taqdim etilgan
kalit yoki begona buyum bilan ochishga harakat qilinadi. Tajribalarning
natijalaridan kelib chiqqan holda qo‘yilgan savollarga javob beriladi.
Keltirilgan qulflarning tashqi va ichki holatini tekshirib bo‘lganidan
so‘ng ekspert, olingan ma’lumotlarni o‘ziga ma’lum bo‘lgan adabiyot-
lardagi ma’lumotlar bilan solishtiradi. Masalan, taxmin qilinayotgan
begona buyum bilan keltirilgan qulfni ochish mumkinmi, degan savolga
javob berishda, ekspert, har ikki obyektning ma’lumotlarini o‘zaro
quyidagicha solishtiradi: buyumning o‘lchamlari va shaklini qulfdagi kalit
tirqishining o‘lchamlari va shakli bilan, kalit tishlari kengligi va
balandligini suvaldalardagi kalit uchun o‘yiqlar cheti bilan suvaldalar o‘qi
markazigacha bo‘lgan masofa bilan.
Tadqiqot jarayonida aniqlangan izlar va belgilar, o‘tkazilgan ekspert
tajribalari natijalariga asoslanib, ekspert yakuniy xulosalarni shakllantiradi.
Ta’kidlash joizki, yakuniy xulosalarni chiqarishda tadqiqot jarayonida
aniqlangan barcha belgilarning yig‘indisidan foydalanish lozim bo‘ladi.
Qulflar ekspertizasi jarayonida tajribalar (eksperimentlar)ni o‘tkazish
tartibiga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Chunki, ekspertga quyidagi
ikki turdagi savollar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin:
1. Tadqiqotga taqdim etilgan qulf qalbaki yoki tanlangan kalit, maxsus
ochgich va begona buyumlar bilan ochilganmi?
2. Ushbu qulfni gumonlanuvchidan olingan kalit, maxsus ochgich va
begona buyum bilan ochishi mumkinmi?
Yuqoridagi savolarga javob berishda ekspert albatta tajribalar
o‘tkazishga majbur. Masalan, birinchi savolga javob berishda ekspert
ushbu qulfning ichini ochishi (qismlarga ajratishi) yoki silindrli qulflarning
silindrsimon asosini ochib, shtiftlarning ishchi sirtini tekshirishi lozim
(begona buyumlardan qolgan izlarning mavjudligi va xususiyatini aniqlash
maqsadida). Ammo bu holda tekshirilayotgan qulf yaroqsiz holga kelishi
hamda tadqiqotga keltirilgan qulf taqdim etilgan kalit yordamida ochilgan
yoki ochilmaganligini aniqlash uchun kerakli tajribalar o‘tkazish
imkoniyati yo‘qqa chiqadi.
172
Ikkinchi savolga javob berishda ham ekspert tajribalar o‘tkazishga
majbur, chunki ushbu qulfni keltirilgan buyumlar bilan ochish
imkoniyatini amalda tekshirib ko‘rishi kerak. Lekin tajriba jarayonida agar
qulfda begona kalit yoki ochuvchi moslamadan qolgan izlar bo‘lsa,
yo‘qolishi yoxud o‘zgarib ketishi mumkin.
Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagicha harakat qilish
tavsiya etiladi:
– keltirilgan qulfning tashqi va ichki qism va mexanizmlarini batafsil
ko‘zdan kechirib va o‘rganib, ekspert olingan ma’lumotlarni, maxsus
adabiyotlarda keltirilgan qulflarni turli buyumlar bilan ochish usullaridan
qoladigan belgilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtirishi zarur.
Qulfning ichki mexanizmlaridagi izlarni o‘rganish uchun esa, uni
qismlarga ajratish zarur;
– tajriba o‘tkazish uchun esa, taqdim etilgan qulfga aynan o‘xshash,
rusumi, tuzilishi, o‘lchamlari, mo‘ljallangan maqsadi va turi bir xil boshqa
qulfni olish mumkin (iloji boricha, begona buyumlar bilan ochilish
ta’siriga uchramagan qulf bo‘lishi lozim).
Quflarning texnik jihatdan soz yoki nosozligini aniqlash. Ushbu
turdagi tadqiqotlar jarayonida qulflarning qay holatda texnik jihatdan soz
va qay holatda nosoz deb hisoblash kerak, degan masalaga ham e’tibor
berish lozim. Ayrim kriminalist olimlarning fikricha, qulflar amaliy
mo‘ljallangan holatda qanday ishlasa, aynan shu holatda soz hisoblanadi,
boshqa kriminalistlar esa qulflar har qanday holatda ham ishlab tursa,
ya’ni u bilan birorta joyni yopishning imkoniyati bo‘lsa, uni soz deb
hisoblash kerak, deb aytadilar. Soha mutaxassislarining fikrlarini
umumlashtirib, ushbu masalaga quyidagicha oydinlik kiritilgan:
– agar qulfning barcha tarkibiy qismlari va mexanizmlari mavjud
bo‘lsa, ular qulfning me’yorida ishlashiga to‘sqinlik qilmasa va qulf o‘zi
mo‘ljallangan maqsadda foydalanish imkoni bersa – uni soz holatda, deb
aytish mumkin;
– agar qulfning tarkibiy qismlari yoki mexanizmlarining yo‘qligi yoki
buzilishi (masalan, qulf yoyining arralanganligi, zulfin (lo‘kidon)ning
singanligi va shu kabilar), ushbu qism va mexanizmlar bor bo‘lsa ham,
ularning o‘zi qulfning me’yorida ishlashiga xalal berishi natijasida qulf
o‘zi mo‘ljalangan maqsadda foydalanish imkonini bermasa – uni nosoz
deb hisoblash kerak;
– agar qulfning barcha qismlari mavjud, lekin birorta qismi kam
shikastlanishi natijasida uning ochilishi osonlashib, yopilishi qiyinlashib
qolgan bo‘lsa (masalan, qulf kalitni bir marta burashda ochiladi, ikki marta
burashda yopiladi) – uni nosoz, deb hisoblash lozim;
173
– agar qulfning barcha qismlari mavjud va qandaydir qismi
shikastlangan, ammo uning me’yorida ishlashi kuzatilayotgan bo‘lsa –
bunday qulfni nosoz, lekin o‘zining mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra
ishlatish mumkin, deb hisoblash kerak.
Qulflarning trasologik ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari juda
yuqori. Bunga ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarida hal etiladigan
savollarning miqdori va hajmini baholab, ishonch hosil qilish mumkin.
Qulfning begona buyum bilan ochilganligini aniqlash. Qulfni tadqiq
qilib, ekspert-trasolog quyidagi ikki o‘zaro qarama-qarshi fikrlarga kelishi
mumkin:
1. Qulfning mexanizmidagi detallar va ichki sirtlarida begona
buyumlarning ta’sir qilish belgilari aniqlanmadi.
Odatda, bunday hollarda chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha
shakllantirilishi mumkin: «Qulfni tanlangan (soxta, begona) kalit yoki
maxsus ochgich (otmichka) bilan, shtatli kalitning izlaridan farq qiluvchi
iz va belgilar qoldirmasdan ochishning imkoni bo‘lmaganligi bois, taqdim
etilgan qulfning begona buyumlar bilan ochilganligini aniqlash bo‘yicha
savolga javob berishning imkoni yo‘q». Bunday xulosa chiqarish uchun
kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan qulflarning sodda tuzilishi ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Suvaldasiz nazorat qulflarni tadqiq etishda esa, agar qulfdagi nazorat
qog‘ozi buzilmagan va qulfning hamda uning korpusi (qutisi) zulfinga
qandaydir ta’sir ko‘rsatishning imkonini bermagan hollarda salbiy (rad
etuvchi) xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi: «Keltirilgan nazorat qulf
begona buyumlar bilan ochilmagan».
2. Qulf korpusi (qutisi)ning ichki sirti va yopish mexanizmining
detallarida begona buyumlar ta’sirining iz va belgilari aniqlandi.
Odatda, ushbu iz va belgilar shilinish, ishqalanish, metall ko‘chishi
ko‘rinishida bo‘lib, ularning rangi metall yaltiroqlikka ega bo‘ladi. Undan
tashqari, ushbu iz va belgilar, qulfning shtatli kaliti izlaridan boshqa
joylarda joylashgan bo‘ladi va shtatli kalit izlaridan keskin farq qiladi.
Begona buyumlarning qulfga ta’siri izlari va belgilarini aniqlash
uchun, bunday izlar qolishi mumkin bo‘lgan sohalar (qulfning ichki sirti
va mexanizmining detallari) tekshirilishi kerak.
Suvaldasiz qulflarda bu kabi sohalar quyidagilar hisoblanadi: qulf
korpusi (qutisi)ning yo‘naltiruvchi ustunchasiga tutash sohasidagi tubi va
ushbu ustunchaning sirti, zulfindagi kalit uchun bo‘rtiqlar, shuningdek
zulfin boshchasi va yoyning berkituvchi uchidagi teshik sohalari.
174
Suvaldali qulflarda esa begona buyumlarning qulfga ta’siri izlari
qolishi mumkin bo‘lgan sohalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: qulf
korpusining suvalda va zulfinning quyi chetlari atrofidagi sohalari, suvalda
va zulfinning quyi sohalari.
Silindrli qulflarda esa bunday sohalar – kalit uchun teshikning ichki
sirtlari va silindr shtiftlarning yonbosh sirtlari hisoblanadi.
Qulflarni begona buyumlar ta’sirida ochilganligi to‘g‘risidagi ajobiy
(tasdiqlovchi) xulosa – ekspert aniqlangan iz va belgilarning tadqiqotlariga
tayanib, qulf zulfini «ochiq» holatga aynan begona buyum yordamida
surilganligini isbotlay olganidagina berilishi mumkin.
Suvaldasiz qulflarda, uning zulfini yopiq holatda faqat prujina
yordamida ushlanib turiladi, shuning uchun ushbu zulfinni ochiq holatga
o‘tkazish maqsadida, unga prujina kuchidan kattaroq kuch ilan ta’sir qilish
yetarli bo‘ladi. Natijada, suvaldasiz qulflarning begona buyum yordamida
ochilganligi to‘g‘risidagi ijobiy (tasdiqlovchi) xulosa quyidagi ikki holatda
mumkin bo‘ladi:
1. Tekshirilayotan qulf zulfinida begona buyumlarning izlari aniqlan-
ganda, ularning hosil bo‘lish mexanizmini to‘liq aniqlab olish lozim:
qulfni ochishda ishlatilgan buyumga ta’sir qilgan kuchning yo‘nalishi va
kattaligi, buyumning ishchi sirtining xususiyatlari (o‘lchamlari, shakli,
xususiy belgilarining mavjudligi).
Undan so‘ng, tajriba orqali tekshirilayotgan qulf zulfinining ochiq
holatga o‘tish imkoniyatlari va bu jarayonda hosil bo‘ladigan izlarning
yo‘nalishi hamda ifodalanganlik darajasi bo‘yicha tekshirilayotgan izlarga
mos kelishi aniqlanadi. Agar, tajribalardan tekshirilayotgan izlarning hosil
bo‘lishida qulf prujinasi egiluvchanlik darajasiga ta’sir etilganligi
aniqlansa, u holda suvaldasiz qulfni begona buyum bilan ochilganligi
to‘g‘risidagi xulosa berish mumkin. Ushbu xulosada, qulfni ochishda
ishlatilgan buyumning shakli, o‘lchamlari va tuzilishidagi xususiyatlari
haqida ham ma’lumot berish lozim.
2. Qulf korpusi (qutisi)ning tubida begona buyumning ta’siri izlari
aniqlansa, ularning zulfin yopiq va ochiq holatida qay darajada
ko‘rinishiga alohida e’tibor berish kerak. Begona buyumning qulf korpusi
(qutisi) tubidagi izlari – zulfin yopiq holatda bo‘lganida uning asosi bilan
to‘silishi, zulfin ochiq holatda bo‘lganida esa aniq ko‘rinib qolishi
mumkin. Undan tashqari, aniqlangan izlardan begona buyumning ta’siri
zulfinni ochish yo‘nalishi bo‘ylab qilinganligini aniqlash kerak.
Suvaldali qulflarda, uning zulfinini siljitish qulfning har bir suval-
dasini muayyan holatidagina mumkin bo‘ladi. Shuning uchun begona
175
buyumlarning zulfinning o‘ziga ta’siri qulfning ochilishiga sabab
bo‘lmaydi. Ammo, qulf suvaldalarining har biriga bir vaqtning o‘zida
begona buyum bilan ta’sir qilinganligini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu
boisdan, suvaldali qulflarning begona buyum bilan ochilganligi to‘g‘ri-
sidagi xulosalar qulf zulfinining begona buyum ta’sirida siljitilganligi
izlariga qarab chiqariladi.
Silindrli qulflarda zulfinni siljitish silindrning aylanishi hisobiga
amalga oshiriladi. Shuning uchun, silindrli qulfning begona buyum bilan
ochilganligi to‘g‘risidagi xulosa qulf silindrining begona buyum bilan
aylantirilganligiga ishonch hosil qilinganida chiqarilishi mumkin.
Silindrli qulfni begona buyumlar bilan ochilganligi to‘g‘risidagi
obyektiv va ishonchli xulosa quyidagi holatda mumkin: silindrning oraliq
holati, ya’ni silindrning shtiftlari qulf korpusi (qutisi) shtiftlaridan ajralgan
holatda bo‘ladi, bunda silindr erkin holatda va qulfning shtatli kaliti
silindrda joylashgan bo‘ladi. Bunda, silindrning ushbu (oraliq) holatida
kalitni qulfdan chiqarib olishning imkoni yo‘qligiga tajriba orqali ishonch
hosil qilish lozim.
«Abloy» rusumli qulflarni jinoiy maqsadda ochish uning yopish
mexanizmidagi har bir asosiy disk (shayba)larning muayyan holatda
turganidagina mumkin. Ushbu faktni aniqlashning esa umuman imkoni
yo‘q. Bunday hollarda, ya’ni qulfda begona buyumlarning iz va belgilari
aniqlangan, ammo ularning qulf zulfinini ochiq holatga siljishi bilan
bevosita va sababiy bog‘liqligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda,
ekspert-trasolog tekshirilayotgan qulfning yopish mexanizmiga begona
buyum bilan ta’sir ko‘rsatilganligini ta’kidlashi, ushbu begona buyumning
aniqlangan xususiyatlarini ta’riflashi hamda u yoki bu turdagi xulosa
chiqarishning imkoni yo‘qligini izohlab berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |