A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Plombalarning ekspertiza tadqiqotlari



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126
4.  Plombalarning ekspertiza tadqiqotlari 
 
Plombalarning trasologik tadqiqotlari, odatda ularning jinoiy maq-
sadda ochilgan yoki ochilmaganligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Ammo, amaliy faoliyatda ekspert-trasologning oldiga qo‘yiladigan 
savollarning mazmun-mohiyati juda turlicha hamda ularning hajmi ham 
yetarlicha katta bo‘ladi. 
Ekspert-trasologning oldiga, hal etish uchun identifikatsion savollar, 
shuningdek plombalardagi nazorat belgilarining, yuklarni tashish qoidalari 
buzilishlarning mexanizmi va sabablarini aniqlash bo‘yicha savollar ham 
qo‘yilishi mumkin. 
Ushbu savollarning mazmuni quydagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Dastlabki osilganidan so‘ng plombaning yaxlitligi (butunligi) 
buzilganmi?. Agar, buzilgan bo‘lsa, qaysi usulda buzilgan? 
2. Tadqiqotga taqdim etilgan plombani osishda belgilangan qoidalarga 
amal qilinganmi? 
3. Mavjud bo‘lgan buzilishlarning qaysi biri plombani dastlabki 
osishda hosil bo‘lgan? 
4. Plombaning ishchi sirlarida (ta’sirlashuvchi sirtlarida)gi nazorat 
belgilari va yozuvlarning mazmuni qanday? 
5. Plombani buzmasdan turib, uning osgichini plombadan chiqarib 
olish mumkinmi? 
6. Plombaning kirish tuynugidan chiqib turgan osgichning bo‘laklari, 
ilgari bir butunni tashkil qilganmi? 
7. Plombani osishning qaysi qoidalarini buzish, tadqiqotga taqdim 
etilgan plombaning yaxlitligini buzishni va plombani qayta osishni 
osonlashtirgan? 
8. Tadqiqotga taqdim etilgan plombaning yaxlitligini buzish va uni 
qayta osish usullari o‘zaro mos keladimi? 
Eksper-trasolog oldiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan identifikatsion 
savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 


 198 
1. № 48569230 raqamli vagondan yechib olingan plombaning ishchi 
sirtlarida tasvirlar (matn, raqam va boshqa nazorat belgilari), tadqiqotga 
taqdim etilgan moslama (tisk)larning ishchi sirtida mavjud bo‘lgan 
yozuvlar bilan bir xilmi (mos keladimi)? 
2. Tadqiqotga taqdim etilgan barcha (bir necha) plombalarda mavjud 
bo‘lgan nazorat belgilari bir xil moslama (tisk)lardan qoldirilganmi? 
3. Tadqiqotga taqdim etilgan plombadagi buzilish-izlar qanday asbob-
uskunadan qoldirilgan? Ushbu izlar taqdim etilgan uskunadan qoldirilganmi? 
4. Plobani dastlabki osishda ishlatilgan moslama (tisk)lar ushbu 
plomalarni qayta osishda ham ishlatilganmi? 
Plombalarning ekspertiza tadqiqotlari trasologik ekspertizaning 
umumiy metodikasiga asosan o‘tkaziladi. Plombalarni tadqiqot qilishga 
ixtisoslashgan ekspert-trasologlarning ushbu turdagi ekspertizalarni 
o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining ajralmas tarkibiy qismi 
plombalarni osish qoidalari va turli transport vositalari yordamida turli 
yuklarni tashish qoidalarini muvofiqlashtiruvchi barcha me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni bilishdan iborat bo‘lishi lozim. 
Plombalarning trasologik tadqiqotlari bosqichlarining ketma-ketligi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
– tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarni umumiy ko‘zdan kechirish, 
ekspertiza tayinlash haqidagi qarorni va boshqa qo‘shimcha materiallarni 
(protsessual hujjatlarning nusxalari, tijorat aktlari va shu kabilar) 
o‘rganish; 
– plomba va uning osgichining tashqi (ishchi, ta’sirlashuvchi) sirtlarini 
tadqiqot qilish; 
– obyektlarning umumiy ko‘rinishi, plombaning sirti va aniqlangan 
belgilar hamda o‘ziga xos xususiyatlarini fotosuratga olish; 
– plombani qismlarga ajratish (kesish); 
– plombaning kanali, kamerasi va mustahkamlovchi (armirovka) 
halqalarining ichki sirtini tadqiq qilish; 
– plomba korpusining ichki sirtini fotosuratga olish; 
– tadqiq etilayotgan plombani tekshirishda aniqlangan belgilar va 
xususiyatlarni eksperimental plombalardagi xuddi shunday xususiyatlar 
bilan taqqoslash; 
– aniqlangan belgilar va o‘ziga xos xususiyatlarning o‘zaro aloqadorligini 
izohlash orqali o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish; 
– ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga javoblar shaklidagi yakuniy 
xulosalarni shakllantirish; 


 199 
– ekspertiza xulosasini tuzish va unga fotojadvallarni rasmiylashtirish. 
Ekspertizaga taqdim etilgan materiallar bilan tanishishda, plombani 
aniqlash va olish bilan bog‘liq barcha holatlarni hamda birinchi navbatda 
ushbu plombani ruxsat etilgan tartibda ochish usullarini aniqlashtirib olish 
zarur. 
Undan tashqari, ekspert oldiga qo‘yilgan savollarning mazmuni hamda 
ushbu savollarga javob berish ekspertning vakolatiga tegishli ekanligini 
ham aniqlab olish lozim. So‘ng, ekspertizaga taqdim etilgan obyektlar – 
plombalar, plombalovchi moslama (tisk)lar, plombalarni jinoiy maqsadda 
ochish uchun ishlatilgan buyum (predmet)larni ko‘zdan kechirish va 
ularning batafsil alohida tadqiqotlari o‘tkaziladi. 
Plombalarni tadqiq qilishda (tekshirishda) birinchi navbatda uning 
turi, o‘lchamli xususiyatlari (xarakteristikalari)ning o‘zaro mosligi, plomba 
korpusi va osgichining materiali, tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni belgilan-
gan talablarga mos kelishi aniqlanadi. 
Tadqiqot jarayonida plombalarni belgilangan tartibda osish qoidalarini 
buzish (jinoiy maqsadda ochish) belgilari aniqlanadi, ya’ni: 
– plombani yetarli darajada emas, balki yengilroq qisish; 
– plomba korpusi va ishchi sirtlarning parallel emasligi; nazorat 
belgilaridagi turli yozuvlar, raqamlar va boshqalarning aniq o‘qilmasligi 
yoki to‘liq aks etmaganligi; 
– plombalovchi moslama (tisk)larning tasvirlarini plombaning ishchi 
sirtlari markaziga nisbatan siljib qolganligi; plombalar tuynuklari 
chetlarining yetarlicha zich emasligi; 
– osgich va uning tugunlarining plomba korpusida harakatlana olishi; 
– osgich materialining plombaning rusumiga mos kelmasligi; 
– osgich sirtmoqlari va uning erkin uchlari o‘lchamlarining belgilan-
ganidan chetlashishlari. 
Plombalarning tadqiqoti jarayonida belgilangan qoidalardan qandaydir 
chetlashishlar aniqlansa, ularning hosil bo‘lish mexanizmi hamda sabablari 
aniqlanishi lozim. Masalan, plombalarning ishchi (ta’sirlashuvchi) 
sirtlarida nazorat belgilari (matnlar, harflar yoki raqamlar)ning yaxshi yoki 
umuman o‘qilmasligining sababi plombani dastlabki osishda, uning 
yetarlicha mahkam qisilmaganligi, begona buyum yoki moslama bilan 
qayta qisish yoki qalbaki plombalovchi moslama (tisk)lardan foydalanish 
va shu kabilar bo‘lishi mumkin. 
Agar, plomba korpusining yonbosh sirtlarini tadqiqot qilishda, uning 
tuynuklari shakli va konturlarining buzilishi (materialining siljishi, 
ko‘ndalang kesimi shaklining o‘zgarishi, tuynuklarning konussimon 
shaklga kelib qolishi) aniqlansa, bunday holda ushbu o‘zgarishlarning 
sabablari va hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash zarur. 


 200 
Plomba osgichini tadqiqot qilishda, uning sirtining holati, rangi, 
diametri hamda butun uzunligi bo‘yicha zichligi o‘rganiladi. Ushbu 
o‘rganishda alohida e’tibor metall osgichdagi keskin bukilishlar, tozalash 
va kimyoviy ta’sir izlari va belgilariga qaratiladi. Kanopdan tayyorlangan 
osgichlarni tekshirishda esa osgich tolalari o‘rimining xususiyati va holati, 
ayrim joylaridagi diametrining o‘zgarganligi, alohida qismlaridagi 
zichligining o‘zgarishi kabilar aniqlanishi lozim. Ushbu belgilar, plombaga 
jinoiy (kriminal) maqsadida ta’sir ko‘rsatilganidan so‘ng, plombani qayta 
osishda osgich tolalarining ajratilishi va uning keyin qayta birlashtirilishi 
(o‘rilishi) natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Kanopdan tayyorlangan osgich 
tolalarini qayta birlashtirish (o‘rish) holatini aniqlash maqsadida ultra-
binafsha yoritishdan foydalanish ham yaxshi samara beradi. 
Undan tashqari, osgichni tekshirishda uning uchliklarining shakli va 
holatiga alohida e’tibor berish lozim: osgichning uchliklarida sinishlar, 
cho‘zlilib qolishlar, konussimon shaklga ega bo‘lib qolish, tolalarining 
o‘zaro ajralib qolishi kabilar mavjud bo‘lishi mumkin. Ushbu belgi va 
xususiyatlar plomba osgichi tolalarining o‘zaro ajralish mexanizmini 
aniqlashga imkon beradi. 
Plombalar va ularning osgichlarini tadqiqot qilishda, yoritish 
burchaklarini 10 dan 80°S gacha o‘zgartirgan holda, yoyilgan va nuqtali 
qo‘shimcha yoritgichlardan foydalanish, shuningdek kattalish darajasi 2–
16 marta bo‘lgan kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob-uskunalardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Polietilen plombaning osgichi va plomba korpusida joylashgan osgich 
tugunlarini tadqiqot qilish uchun uni rentgen nurlarida tekshirish yaxshi 
samara beradi. Bunday tadqiqot qilish, ekspert-trasolog tomonidan taqdim 
etilgan plombani kesish (qismlarga ajratish)dan oldin, uning ichki 
qismining holati haqida aniq tasvirlarini ko‘rish va o‘rganish imkoniyatini 
beradi (18-rasm). 
 
 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish