A k a d e m I ya trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Plombani osish qoidalarini buzish belgilari quyidagilar bo‘lishi 
mumkin: 
— osgich tugunlarining armirovka halqasidan pastda joylashishi; 
— osgich tugunlari miqdorining kamligi (tugunlar ikkitadan kam). 
Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochish belgilari esa 
quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
— osgichning aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi); 
— osgich va uning aks-izlarining joylashishi (topografiyasi)ning 
o‘zaro mos kelmasligi; 
— osgich tuguni aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi); 
— osgich tuguni va uning aks-izlarining joylashishi (topogra-
fiyasi)ning o‘zaro mos kelmasligi; 
— plomba osgichining tugunlari mavjud sohalarida ushbu tugunlarga 
xos bo‘lmagan belgilarning borligi: osgichning keskin bukilishi yoki 
uzilishi (sinishi), osgich tolalarining o‘zaro zich emasligi va hokazo; 
— osgich yaxlitligining buzilganligi; 


 203 
— plomba korpusining osgich va uning tugunlari bilan 
ta’sirlashadigan sohalarida dinamik izlar va metall ko‘chishlari 
(siljishlari)ning mavjudligi; 
— plomba kanalarining kirish va chiqish tuynuklari sohasida begona 
buyumlar bilan ta’sir qilish izlarining mavjudligi, ushbu tuynuklarini 
kengaytirish izlari (belgilari). 
Polietilen plombalarni tadqiqot qilishda plombalarning armirovka 
halqalarining barcha sohalari, jinoiy maqsadda ochish belgilarini aniqlash 
uchun batafsil va diqqat bilan tekshiriladi. Ushbu plombalarni tekshirishda 
jinoiy maqsadda ochish yoki shunday ochishga bo‘lgan harakat izlari 
aniqlansa, plombalarning ushbu izlar aniqlangan sohalariga qarama-qarshi 
qismlari ichki sirtlari yanada batafsilroq tekshirilishi lozim. Bu tekshirish 
ekspert-trasologlarga ushbu izlar va belgilarning xarakteri va hosil bo‘lish 
mexanizmiga ko‘ra o‘zaro taqqoslashga, ushbu xususiyatlarning o‘zaro 
mosligini baholashga va pirovard natijada plombaga ko‘rsatilgan ta’sirning 
mexanizmi haqida fikr yuritishga imkon yaratadi. 
Plombalarning trasologik tadqiqotlarining oxirgi bosqichi o‘tkazilgan 
tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni shakllantirishdan iborat 
bo‘ladi. Bu jarayonda ekspert-trasolog tadqiqot jarayonida aniqlangan 
barcha belgi va xususiyatlarni ularning o‘zaro joylashishi va holati, hosil 
bo‘lish mexanizmi, ifodalanganlik darajasi va sababiy bog‘liqligi bo‘yicha 
mos kelishi nuqtai nazaridan solishtirishi va baholashi lozim. Tadqiqot 
natijalari bo‘yicha qat’iy yakuniy xulosa chiqarish uchun tadqiqot 
jarayonida aniqlangan barcha qarama-qarshiliklar (fikrlar) bartaraf etilishi, 
negativ holatlarga esa asosli izohlar berilishi shart. 
Tadqiqotga taqdim etilgan plombaga, uni ruxsat etilmagan tarzda 
(jinoiy maqsadda) ochish uchun ta’sir ko‘rsatilganligi bo‘yicha qat’iy 
xulosa chiqarish — ekspert-trasologda ushbu plombaga haqiqatan ham 
belgilanmagan tartibda ta’sir ko‘rsatilganligi, ushbu ta’sir natijasida 
plomba o‘zining nazorat funksiyalarini bajara olmay qolganligi hamda 
tegishli berkitilgan obyektni belgilanmagan tartibda ochish imkoniyati 
keltirib chiqarganligi bo‘yicha to‘liq, asoslangan va xolisona tadqiqot 
jarayonida vujudga kelgan ishonch hosil bo‘lganida mumkin. Bu kabi 
yakuniy xulosada plombani buzish usuli aniq ifodalanishi shart. 
Aks holda esa, plombaga ta’sir ko‘rsatilganligi belgilari (ushbu 
belgilar qanchalik ko‘p bo‘lmasin) yagona mumkin bo‘lgan xulosa – 
plombaning yaxlitligi buzilmagani haqida emas, balki plombaga jinoiy 
maqsadda ta’sir ko‘rsatilganligi haqida bo‘ladi. Bu holda ekspert-trasolog 
ta’sirning usuli va mexanizmini, plombaga ta’sir ko‘rsatishda ishlatilgan 


 204 
va izlari tadqiq etilayotgan plombaning korpusida aniqlangan begona 
buyumning tegishlilik guruhini (aynan qanday turdagi buyum) aniqlashi 
hamda ushbu iz va belgilarni identifikatsion tadqiqotlar uchun yaroqliligi 
haqidagi savolga javob berishi lozim. 
Ichki ishlar idoralari ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy 
faoliyatidan ma’lumki, ekspert-trasologlar o‘zlarining ekspertiza 
xulosalarida yuqoridagi kabi vaziyatlarni (plombaga ta’sir ko‘rsatilganligi 
belgilari plombaga jinoiy maqsadda ta’sir ko‘rsatilganligi haqida xulosa 
chiqarishga imkon berganda) plombaning yaxlitligini buzishga harakat 
qilish, deb baholaydilar. Ammo, bunday yakuniy xulosalar ekspert-
trasologning vakolatiga tegishli emas, chunki bu holda ekspert jinoyatchi 
shaxsning g‘arazli maqsadi (jinoyat tarkibining subyektiv tomoni) haqida 
fikr yuritmoqda, ya’ni bu masala ekspert hal etishga huquqi bo‘lmagan 
huquqiy masala hisoblanadi. 
Plombalarning identifikatsion tadqiqotlari identifikatsion trasologik 
tadqiqotlarning umumiy metodikasiga asosan o‘tkaziladi. Ammo, shu 
bilan birga plombalarning identifikatsion trasologik tadqiqotlari o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lib, ular tekshirilayotgan obyektlarning hamda 
plombalovchi tisklar belgilarining turli xossalari bilan bog‘liqdir. 
Plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)ning umumiy 
identifikatsion belgilari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: 
— matritsa (ishchi sirt)ning shakli va o‘lchamlari; 
— harfli va raqamli belgilarning mazmuni; 
— matritsa (ishchi sirt) maydonidagi yozuv va belgilarning o‘lchami 
va umumiy xususiyatlari; 
— matritsa (ishchi sirt)ning ishlov berilganlik darajasi; 
— matritsa maydonini o‘rab turuvchi relyefli halqa devorining 
qalinligi; 
— plombalovchi tisk dastalarini to‘liq qisilgan (biriktirilgan) holatida, 
matritsalar orasidagi minimal masofa. 
Plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)ning xususiy 
identifikatsion belgilari  matritsaning plomba ishchi (ta’sirlashuvchi) 
sirtlarida relyefli aks etadigan, chuqurlikka ega bo‘lgan nazorat 
belgilarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zaro joylashishi hisoblanadi. 
Ushbu nazorat belgilari plombalovchi tisk matritsasi (ishchi sirti)ga qo‘lda 
yoziladi (gravirovka), shu boisdan, individual xususiyatga ega bo‘ladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan identifikatsion belgilardan tashqari, xususiy 
identifikatsion belgilar va xususiyatlar sifatida plombalovchi tisklar 
matritsalari (ishchi sirtlari)da mavjud bo‘ladigan turli nuqsonlar (tiskni 


 205 
ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan) va matritsalarning ishlatish jarayonida 
hosil bo‘ladigan o‘ziga xosliklar maydonga chiqadi. 
Plombalarning identifikatsion tadqiqotlari jarayonida eksperimental 
namunalar (namuna-plombalar) sifatida identifikatsion tadqiqotlarga 
obyekt sifatida taqdim etilgan plombalovchi tisklar bilan belgilangan 
tartibda qisilgan plombalar olinadi. Bu jarayonda, tekshirilayotgan xususiy 
identifikatsion belgilarga xos xususiyatlarga bog‘liq ravishda namuna-
plombalarni tekshirilayotgan tisklar bilan qisish plombalarni ichiga osgich 
kiritib va kiritmasdan amalga oshiriladi. 
Ta’kidlash joizki, identifikatsion turdagi savollar tadqiqotga tisklar 
taqdim etilmagan holda ham hal etilishi mumkin. Bunday hollarda 
eksperimental-plombalar sifatida turli omborxonalar, vagonlar va 
konteynerlardan yechib olingan plombalarni olish mumkin hamda bunda 
ushbu namuna-plombalarni berkitishda ishlatilgan plombalovchi tisklarni 
identifikatsiya qilish haqida savollarga javoblar beriladi. 
Plombalarning trasologik ekspertizasidagi identifikatsion taqqoslash 
tadqiqotlari taqqoslovchi mikroskop («MSK-1»)lar yordamida, plomba-
lovchi tisklar matritsa (ishchi sirt)larining tadqiqotiga taqdim etilgan 
hamda eksperimental (namunaviy) aks-tasvirlarni optik yonma-yon 
tushirish usuli orqali amalga oshiriladi. 
Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochishda ishlatilgan begona 
buyum (predmet, buzish quroli)larning aynanligini aniqlash maqsadidagi 
identifikatsion tadqiqotlar buzish qurollarining mikroizlar bo‘yicha 
identifikatsiya qilish (aynanligini aniqlash) tadqiqotlari metodikasi asosida 
o‘tkaziladi. 
Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ekspert-trasolog yozma xulosa 
tayyorlaydi (tuzadi). Ekspertiza tadqiqotlari jarayonining to‘liqligi va 
sifati, yakuniy xulosalarning asoslanganligi va ishonchliligi ushbu yozma 
xulosaning daliliy ahamiyatini ifodalaydi. 
Plombalarning trasologik ekspertizasiga oid ekspertiza xulosasi uch 
qismdan iborat bo‘ladi. Ekspertiza xulosasining birinchi – kirish qismida 
ekspert oldiga hal qilish uchun qo‘yilgan savollar, tadqiqotlar obyektlari va 
taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar (tergov harakatlarining bayon-
nomalari, tijorat hujjatlari va boshqalar) bayon qilinadi. 
Ekspertiza xulosasining ikkinchi – tadqiqot qismi taqdim etilgan 
obyektlar o‘ramining ta’riflab yozishdan va obyektlarni ekspertiza 
muassasasiga qay tartibda olib kelinganligini qayd etishdan boshlanadi. Bu 
qismda obyekt o‘ramining, obyektlarning belgilangan tartibda saqlanishi 
va ularni almashtirib qo‘yish imkoniyatini bermaslik maqsadida qo‘yilgan 
talablarga mos kelishi baholanadi. 


 206 
Undan so‘ng, ekspert-trasolog o‘zining barcha harakatlarining ketma-
ketligini hamda obyektlar alohida tadqiqotlarining natijalarini bayon 
qiladi. Bu jarayonda taqdim etilgan plombaga turli ta’sirlarning belgilari 
va izlarini, plombalovchi tisklar va begona buyum (predmet, buzish 
quroli)larning identifikatsion belgilarini (idnetifikatsion savollarga javob 
berishda) hamda tadqiqotlarning usullari va texnik ta’minotini to‘liq va 
batafsil ta’riflashga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 
Ekspert-trasolog tomonidan tadqiqotlar jarayonida eksperimental 
tajribalar o‘tkazilgan bo‘lsa, ekspert ushbu harakatlarni o‘tkazish 
zarurligini, ushbu tajribalarning maqsadini, bu tajribalarni o‘tkazish 
metodikasini hamda tajribalardan olingan natijalarni asoslab berishi kerak. 
Plombalovchi tisklar va begona buyum (predmet, buzish quroli)lar-
ning aynanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan taqqoslash tadqiqotlari 
jarayonini bayon qilishda ekspert-trasolog tomonidan taqqoslash usullari 
va ishlatilgan texnik-kriminalistik vositalar batafsil yoritilishi lozim. Bu 
jarayonda tekshirilayotgan izlar va belgilarning aynanlik uchun yaroqliligi 
hamda o‘zaro mos kelgan (o‘xshash bo‘lgan) belgilar yig‘indisining 
takrorlanmasligi (zarurligi va yetarliligi)ni asoslashga alohida e’tibor 
qaratish lozim. 
Ekspertiza xulosasining uchinchi – xulosa qismida ekspert-trasolog 
oldiga qo‘yilgan savollarga tegishli javoblarni shakllantiradi. Ushbu 
javoblar belgilangan va to‘liq tahrirda bayon etilishi hamda tadqiq etilgan 
obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari aniq ifodalangan 
bo‘lishi lozim. 
Ekspertiza xulosasiga ilova qilinadigan fotojadvalda quyidagi foto-
suratlar bo‘lishi mumkin: 
— taqdim etilgan obyektlarning (plombalar, plombalovchi tisklar, 
taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar, jinoiy (kriminal) ta’sir etishda 
ishlatilgan buyum (predmet, buzish qurollari) va boshqalar) umumiy 
ko‘rinishining fotosurati; 
— tekshirilayotgan plombaning har ikki ta’sirlashuvchi sirtlari va 
kirish hamda chiqish tuynuklari sohasidagi yonbosh sirtlarining 4–4 marta 
kattalashtirilgan fotosuratlari; 
— plomba osgichi, uning o‘zgarishga uchragan xususiyatlarining 
belgilari mavjud bo‘lgan qismlarining fotosurati; 
— osgich tugunlarining plomba korpusidagi joylashishining foto-
surati; 
— armirovka halqalarining holati va joylashishi (polietilen plomba-
larda)ning fotosurati; 


 207 
— osgichning plombaning kanallari va armirovka halqalarida mavjud 
bo‘lgan aks-izlar joylashishi (topografiyasi)ning fotosurati; 
— plombaga ta’sir qilishda ishlatilgan begona buyum (predmet, 
buzish qurollari)ning belgilari va izlari (shilinishlar, ko‘chishlar, osgich va 
tugunlarning buzilishlari)ning fotosurati; 
— eksperimental namunalar (plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi 
sirtlari))ning aks-izlarining fotosuratlari. 
Fotojadvalga kiritilgan fotosuratlarning miqdori va turi tadqiqotga 
taqdim etilgan obyektlar hamda ekspert oldiga qo‘yilgan savollarning 
miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Ammo har qanday holatda ham, 
fotojadval to‘liq hajmda bo‘lishi va olingan natijalarni sifatli ifodalashi 
zarur. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish