163
identifikatsiya uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. Osma qulf yoyini sug‘urib
olishda qulflarni eshikka osish uchun mo‘ljallangan halqalarning
deformatsiyalanishiga olib keladi.
Jinoyatchilar osma qulflarni buzishda ko‘pincha qulflarni osish uchun
mo‘ljallangan halqalarni sug‘urib oladilar. Bunday usullarni jinoyatchilar,
ushbu halqalar qulfga qaraganda, kamroq mustahkam bo‘lganida
qo‘llaydilar. Bunda eshiklar va qulf osilgan joyning
boshqa qismlarida
qulflar buzilganida qolgan izlarga o‘xshash izlar vujudga kelishi mumkin.
Osma qulf yoylari temir kesuvchi ombirlar yoki qaychilar yordamida
kesilganda, yoyning kesilish joylarida tashqaridan markazga yo‘nalgan
ponasimon chuqurcha shaklidagi izlar vujudga keladi. Yoylarning kesilish
sirtlarida ishlatilgan asbobning kesuvchi sirtlaridan, o‘zaro parallel
ishqalanish chiziqlari shaklidagi izlar kuzatiladi. Bu izlar identifikatsiya
uchun yaroqli bo‘lishi mumkin.
Agar osma qulfning yoylari temir arra yordamida kesilgan bo‘lsa,
yoylarning kesilgan sirtlarida yelpig‘ichsimon zinapoyalar shaklidagi izlar
vujudga keladi. Yoyning sirtida, kesish boshlangan
tomonda tilinishlar,
metallning ko‘chishi, shilinishlar vujudga keladi, bu belgilar temir arra
tishlarining yoyning kesilish sirtida ishqalanishi natijasida vujudga keladi.
Osma qulf yoylarini egov yordamida kesishda yoylarning kesilgan
sirtlari deyarli tekis bo‘ladi, egovning ishqalanish izlari betartib joylashgan
shilinishlar ko‘rinishida kuzatiladi. Agar uchburchak yoki to‘rt burchak
shakllaridagi egov ishlatilgan bo‘lsa, u holda yoyning egovlab kesilgan
sirtlari konussimon shaklda bo‘ladi. Yuqorida aytilgan asboblar ishlatilgan
holatlarda, qulf yoyining kesilgan qismida oxirigacha egovlanmagan soha
kuzatiladi, chunki bu joy egovlash oxiriga yetkazilmasdan turib, sinib
ketadi. Aynan ana shu izlarni ko‘zdan kechirib va tadqiq etib,
qulfni
buzishda ishlatilgan asbobning turi, arraning tishlari kengligini aniqlash
mumkin.
Osma qulfni buzishda juda ko‘p hollarda eshiklarda, qulf korpusi
(qutisi)ning ichida, polda, yerda va shu kabi joylarda arralash yoki
egovlash yoxud sindirishdan vujudga keladigan temir zarralari – qirindilar
(opilkalar) kuzatiladi. Bunday temir qirindilar gumon qilinuvchining
qo‘llarida, kiyimlarida va tanasida ham qolishi mumkin. Bunday hollarda
hodisa joyidan va gumon qilinuvchidan olingan qirindilar spektral tahlil
metodi yordamida tekshirilib aniqlanishi lozim.
Ba’zi osma qulflar yoylarining berkituvchi uchlari korpusi (quti)ning
tirqishiga unchalik chuqur kirmaydi. Bunday tuzilishga nazorat
qulflari
ega. Bu kabi qulflar qulf korpusi (qutisi) yuqori chetini siqish usulida
164
ochilishi mumkin. Buning uchun, yassi metall buyumni qulf korpusi
(qutisi)ning yuqori cheti bilan qo‘shimcha qopqoqning orasiga kirgiziladi
va siqiladi. Natijada korpus (quti)ning tirqishidan yoyning berkitil-
maydigan uchi chiqarilib yuboriladi va qulf ochilib ketadi. Qulflarni
bunday buzishda qulf korpusi (qutisi)da, qo‘shimcha qopqoqning sirtlarida
turlicha ishqalanish va
ezilish izlari, sinishlar vujudga keladi.
Silindrli osma qulflarni buzishda jinoyatchilar parmalardan foydala-
nadilar. Buning uchun qulfning korpusi (qutisi)da, qulfning shtiftlari
olinadigan qilib teshik parmalanadi. Natijada shtiftlar bilan ushlanib
turilmaydigan bo‘lib qolgan silindr ixtiyoriy tomonga aylanadigan bo‘lib
qoladi va qulf ochilib ketadi. Qulflarni bunday buzish uchun parmalash
izlari va to‘kilib qolgan metall qirindilar hamda qulfdagi turli ezilish kabi
belgilar xosdir.
Tashqi va ichki qulflarni buzish osma qulflarni buzishga qaraganda
kamroq uchraydi. Buning
sababi shundaki, bunday qulflarni buzish uchun
ushbu qulflar o‘rnatilgan joyni (masalan, eshikning shu qismini) buzishga
to‘g‘ri keladi. Agar qulfni boshqa usullar bilan ochishning imkoni
bo‘lmagandagina bunday qulflar buzish usulida ochiladi. Qulflarni
buzishdan boshqa usullarda ochishning quyidagi turlari mavjud:
– zulfin (lo‘kidon)ni siqib ayirish (otjim);
– maxsus ochgich (otmichka), tanlangan yoki soxta kalitlar, «uistiti»
va boshqa moslamalar yordamida ochish.
Zulfin (lo‘kidon)ni siqib ayirish (otjim) usuli. Bu usul tashqi va ichki
qulflarni ochishda ishlatiladi. Ko‘pincha o‘zi yopiladigan silindrli
qulflarning zulfin (lo‘kidon)i siqib ayriladi. Chunki, bunday qulflarning
zulfin (lo‘kidon)i saqlagichda ushlab turilmagan bo‘lsa, u erkin holatda
joylashadi. Shuning uchun eshik bilan uning kesakisi orasidagi oraliqqa
yassi buyum (iskana, pichoq, buragich va shu kabilar)
kiritiladi hamda
uning yordamida zulfin (lo‘kidon)ga ta’sir etib, uni qulf korpusi
(qutisi)ning ichiga kirgizib yuboriladi. Bu usulda qulflar ochilganda,
eshikning chetlarida, kesakisida, kesakidagi zulfin (lo‘kidon) uchun
mo‘ljallangan kovakning atrofiga qo‘yiladigan plankaning sirtida bosish
(ezilish) va ishqalanish izlari qoladi. Zulfin (lo‘kidon)ning boshchasida
uning bo‘ylama o‘qiga parallel joylashgan ishqalanish izlari va metallning
o‘yilishlari vujudga keladi. Zulfin (lo‘kidon)ni ayirib ochishda qulf
mexanizmi qismlarida deformatsiyalanish paydo bo‘ladi.
Prujinali qulflar zulfin (lo‘kidon)ini ayirib ochishda zulfin (lo‘kidon)
asosi deformatsiyalanadi.
Silindri o‘zi yopiladigan qulflarda zulfinni ayirib ochish natijasida,
zulfin tayanchining buzilishi kelib chiqadi.