4. Yopish usuliga ko‘ra, qulflar quyidagi turlarga bo‘linadi:
4.1. Avtomat.
4.2. Kalit yordamida yopiladigan.
Avtomatik usulda yopiladigan mexanizmlarda zulfinning alohida
mexanizmi bo‘ladi, ushbu mexanizm eshikni yopishda yuza planka bilan
ta’sirlashish natijasida zulfinni harakatga keltiradi va qulf yopilib qoladi.
Avtomatik usulda yopiladigan osma qulflarning yoyini qulf korpusidagi
teshikka to‘g‘rilab bosish bilan yopish mumkin bo‘ladi. Kalit yordamida
yopiladigan qulflar kalitning bir yoki ikki marta aylanishi bilan yopiladi.
Undan tashqari, reyka mexanizmli qulflarning xona ichidan avtomatik
tarzda, tashqarisidan esa kalit bilan yopiladigan turlari ham mavjud
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |