152
Shtiftlar vazifasini silindr chiga joylashtirilgan
plastinkalar bajara-
digan silindrli qulf o‘ziga xos tuzilishga ega (20-rasm). Ushbu plastinkalar
silindrning ochiq teshiklarida joylashadi va spiralsimon prujinalarga
tayanadi. Plastinkalarning markazida to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi
oynalar ochilgan bo‘lib, har bir plastinkaning bunday oynalari bo‘ylama
o‘q bo‘yicha individual tartibda joylashadi. Qulfning yopish mexanizmi
korpusining ichki sirtida, plastinkalarning yuqori va quyi chetlari ostida,
o‘zaro qarama-qarshi joylashgan yoysimon chuqurchalar mavjud.
Qulf mexanizmi yopiq bo‘lganida, plastinkalar prujina ta’sirida
korpusdagi maxsus chuqurchaga kirib qoladi va bu bilan silindrning
harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan mahkam ushlab turadi. Qulfga kalit
solinganida, uning tishlari (bo‘rtiq yoki o‘yiqlari) plastinkadagi
oynalar
orqali o‘tadi va plastinkani korpusdagi maxsus chuqurchadan chiqaradi.
Plastinkalardan qutulgan silindr harakatchan bo‘lib qoladi (korpusda
aylanadi) va zulfinni qulf korpusi ichiga siljitadi, natijada qulf ochiladi.
20-rasm. Qarama-qarshi joylashgan plastinkali silindrli mexanizmning tuzilishi:
A, B – yopiq holatdagi silindrli mexanizm; V, G – ochiq holatdagi silindrli
mexanizm; 1 – korpus; 2 – korpusning quyi tirqishi; 3 – silindr; 4 – kalit uchun
teshik; 5 – zanjir yoki tizgin; 6 –
korpusning yuqori tirqishi; 7 – plastinka;
8 – plastinkadagi oyna; 9 – ulagich yoki kashak; 10 – kalit tayanchi; 11 – prujina.
«Abloy» rusumli silindrli qulflar ham keng tarqalgan. Mo‘ljallangan
maqsadi va obyektga mahkamlanish usulidan qat’i nazar, bunday qulflar
bir turdagi yopish mexanizmidan iborat bo‘lib, qulf mexanizmining siri bir
necha disk (shayba)lardan iborat silindrda bo‘ladi (21-rasm).
Silindrning disk (shayba)lari ikki turga bo‘linadi:
– asosiy –
harakatchan;
– qo‘shimcha – harakatsiz.
Qulfning turiga qarab, ushbu disklarning soni turlicha bo‘lishi
mumkin. Asosiy disklar aylana shakldagi metall plastinadan iborat bo‘lib,
153
girdida turli bo‘rtiq va o‘yiqlari hamda markazida kalit uchun teshiklari
bo‘ladi. Har bir pastinadagi bo‘rtiq va o‘yiqlarning o‘zaro joylashishi
hamda kalit uchun teshiklarining diametr bo‘yicha tekisliklari turlicha
(o‘ziga xos) bo‘ladi.
Qo‘shimcha disk (shayba)lar yupqa bronza tasmadan tayyorlanadi.
Ularning egiluvchanlik xususiyati ta’sirida asosiy disklar, qulfdan kalit
chiqarilganida qanday holatda bo‘lgan bo‘lsa, shu holatda mahkamlanib
qoladi. Qo‘shimcha disklar bir xil bo‘ladi va asosiy disklar bilan ketma-
ketlikda qulf korpusida mahkamlangan bo‘ladi. Qo‘shimcha disklarda,
asosiy disklarning bo‘rtiqlari qarshisida o‘yiqlar, markazida esa kalit
uchun teshik bo‘ladi.
Stakan shaklidagi korpusning yon sirtida, o‘zaro qarama-qarshi
joylashgan keng va tor o‘yiqlar bo‘ladi. Korpus tubining tashqi tomonida
zanjir yoki tizgin (povodok) mahkamlangan. Keng o‘yiqlar qo‘shimcha
disklarni mahkamlash va asosiy disklar kalit bilan buralganida, ularning
bo‘rtiqlarini o‘zida joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Tor o‘yiqda esa
stoporli shtift joylashadi, bu shtift to‘g‘ri sterjen yoki G simon shaklda
po‘lat yoki jez simdan tayyorlanadi.
Disklar va stoporli shtiftdan yig‘ilgan yopish mexanizmining korpusi
qulf korpusida joylashtiriladi hamda chegaralovchi vtulka bilan qotiriladi,
ushbu vtulkaning markazida kalit uchun teshik bor. Qulf
korpusida stoporli
shtift uchun mo‘ljallangan bo‘ylama chuqurcha mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: