1. Obyektlarga mahkamlanish usuliga ko‘ra:
1.1. Doimiy (ochishda obyektdan ajralmaydigan qulflar);
1.2. Osma (olinadigan).
Doimiy qulflar obyektga mahkamlanish usuliga ko‘ra ichki (o‘yma) va
tashqi qulflarga bo‘linadi. Ichki (o‘yma) qulfning korpusi eshik kesakisida
hosil qilinadigan maxsus kovakka o‘rnatiladi, tashqi qulf esa obyektning
sirtiga mahkamlanadi.
2. Mo‘ljallanishiga ko‘ra qulflar quyidagilarga ajraladi:
2.1. Yashash binolarining eshiklari uchun.
2.2. Osma – turli binolar, garajlar va mebellar eshiklari uchun.
2.3. Seyf va avtomobillar eshiklari uchun.
2.4. Transport vositalari uchun.
2.5. Saqlash kameralari uchun.
2.6. Taksofonlar uchun.
2.7. Portfel va jomadonlar uchun va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |