A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 «Berkituvchi-plombalashtiruvchi vositalar»



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
2. «Berkituvchi-plombalashtiruvchi vositalar» 
 tushunchasi va tasniflanishi 
 
Oxirgi yillarda turli yuklarni temir yo‘l yoki boshqa turdagi 
tarnsportda tashishda, ularni saqlashni ta’minlash maqsadida turlicha 


 182 
berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)dan keng foydalanilmoqda. 
Bunday moslamalar amaldagi «yuklarni temir yo‘l transportida tashish, 
yuk tashishni nazorat qilish va vagonlar va konteynerlarning yopiladigan 
moslamalari (eshiklar, lyuklar va shu kabi)ni tashilayotgan yuklarni ruxsat 
etilmagan tarzda ochishga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash qoidalari» asosida 
plomba qilinadigan barcha turdagi temir yo‘l yuk vagonlari va 
konteynerlarni yopish va plombalash uchun ishlatiladi. 
Tuzilishidagi xususiyatlariga ko‘ra berkituvchi-plombalovchi 
moslamalar (BPM)ning ikkita asosiy guruhi mavjud: 
– egiluvchan berkituvchi (blok) element (tros)li moslamalar — 
«Sprut», «Sprut-universal», «Izilok» va boshqalar; 
– qattiq berkituvchi (blok) element (sterjen)li — «Kleщ», «Yersh», 
«LaVR» va h.q.. 
Berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning boshqa plomba-
lardan farqi, quyidagi afzalliklari bor: 
– keyinchalik berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ni ruxsat 
etilmagan tarzda ochish yoki qayta osish uchun sharoit yaratish maqsadida
ushbu moslamalarni osishdan oldin sezilmaydigan, bartaraf etish oson 
bo‘lgan yoki niqoblash mumkin bo‘lgan g‘arazli maqsaddagi o‘zga-
rishlardan ishonchli himoya qiladi; 
– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning tuzilishi va plom-
balashda bosib tushiriladigan nazorat belgilari mavjudligi natijasida, 
keyinchalik ushbu moslamalarni ruxsat etilmagan tarzda ochish yoki qayta 
osish uchun sharoit yaratish maqsadida, vagon yoki konteynerning o‘zida 
ushbu moslamalarning dublikati yoki istalgan qismini tayyorlash imkonini 
yo‘qqa chiqaradi; 
– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning tarkibiy 
elementlarini buzmasdan ochishga chidamligi va uni qayta osish 
imkoniyatlari uchun kamida 60 daqiqa talab etiladi; 
– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning va uning tarkibiy 
elementlarini buzish uchun 2000 kgs (vagonlar uchun mo‘ljallanganlari) 
va 1200 kgs (konteyner uchun mo‘ljallanganlari) kuch birligini talab 
qiladi; 
– yuqorida ta’kidlangan kuch birliklari bilan yopilgan holatdagi 
egiluvchan berkituvchi (blok) element (tros)li moslamalar («Sprut», 
«Sprut–universal», «Izilok» va boshqalar) ta’sir qilinganida yumshoq 
element halqasining uzayishi 20 mm dan ortmaydi (demak, mustahkamlik 
darajasi juda yuqori). Yumshoq element halqasining uzayishi deganda,  
berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning kerak darajada tortilgan 


 183 
berkituvchi halqasi o‘lchamlarini deformatsiya, siljitish va yumshoq 
elementining cho‘zilishi natijasida ta’sir qilayotgan kuch yo‘nalishi 
bo‘ylab kattalashishi tushuniladi. 
«Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM) – 
plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining diametri 10 mm dan kam 
bo‘lmagan ko‘chma (harakatlanuvchi) yoki ko‘chmas (harakatlan-
maydigan) obyektlarni bir vaqtda ham berkitish (yopish), ham plombalash 
uchun mo‘ljallangan texnik-qo‘riqlash moslamasi hisoblanadi. Ushbu 
turdagi berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)da yumshoq element 
(tros)ning mavjudligi turlicha (nostandart, o‘zaro joylashuvi o‘zgarib 
qolgan yoki nuqsonli) plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarga osish 
imkonini beradi. 
«Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM) 
diametri 6 mm va uzunligi 350 yoki 500 mm po‘lat tros hamda diametri 22 
mm bo‘lgan olti qirra korpus (vtulka)dan iborat metall tuzilishga ega 
bo‘lib, olti qirra korpus ichida ushlagich element (fiksator) joylashtirilgan 
bo‘ladi. Korpusning qirralarida nazorat markirovkalar (masalan, 7 ta 
raqamdan iborat nazorat belgilari va temir yo‘lining qisqartirilgan nomi), 
shuningdek ushbu moslamani ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisi 
va ishlab chiqarilgan yilining oxirgi raqami o‘yib tushiriladi (9-rasm). 
 
 
9-rasm. «Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslama. 
 
Ushbu moslamani berkitish (yopish) tros uchlarini korpus ichiga 
kiritish va ushlagich elementi (fiksator) bilan mahkamlash orqali amalga 
oshiriladi. 
«Sprut» berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning mahkam-
lash usuli moslama trosi uchligining halqasimon ariqchasiga o‘raladigan 
sim yordamida amalga oshiriladigan tuzilishga ega bo‘lgan turlari ham 
mavjud. 
«Sprut» berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning trosini 
tutashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: troslarning uchlari (poynagi) 
o‘zaro moslashtirilgan (tenglashtirilgan, bir xil sathda joylashtirilgan) 
plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalar (proushina – adabiyotlarda 
«zo‘g‘ota» ham deyiladi)dan o‘tkaziladi (agar plomba osish uchun 


 184 
mo‘ljallangan halqalar imkon bersa, tros bir necha marta o‘tkaziladi), 
trosning uchligi (poynagi)ga aylanma harakat yordamida olti qirrali korpus 
(vtulka)ga kiydiriladi. Berkituvchi-plombalovchi moslamaning troslarini 
tutashtirishni to‘g‘riligini tros uchligi (poynagi)ni olti qirrali korpus 
(vtulka) ichida aylanishi yoki ushbu olti qirrali korpus (vtulka)ni tros 
uchligi (poynagi)dan tortib ko‘rish yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. 
«Keyblsil» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalarning 
tuzilishi ham «Sprut» rusumli moslamadan farq qilmaydi, ammo uning 
mustahkamlik darajsi yuqoriroq. 
«Sprut-universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar yuk 
transporti vositalari (plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining 
diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan yopiq vagonlar, don tashishga 
mo‘ljallangan transport vositalari – xopperlar, avtomobil tashuvchi yuk 
mashinalari, sisternalar, konteynerlar, avtofurgonlar, omboxonalar va shu 
kabilar) eshiklarini yopish uchun mo‘ljallangan eng ishonchli bir martalik 
qo‘riqlash moslamasi hisoblanadi. Bu moslama shu kabi xorijiy 
moslamalardan qolishmaydi (10-rasm). 
 
 
 
10-rasm. «Sprut–universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi  

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish