A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Gusenitsa (zanjir g‘ildirak), g‘ildirakli ot-ulov transport



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
8. Gusenitsa (zanjir g‘ildirak), g‘ildirakli ot-ulov transport 
va chang‘i izlarining ekspert tadqiqoti 
 
Gusenitsa, ot-ulov transport va chana izlarini tekshirish trasologik 
ekspertizaning umum qabul qilingan usuliga binoan amalga oshiriladi. 
Biroq tadqiqotni to‘g‘ri amalga oshirish ekspertdan iz hosil qilish 
mexanizmini bilish, shuningdek iz hosil qiluvchi obyekt belgilarining 
ifodalanish xususiyatlarini tahlil qilishni talab qiladi. 
Gusenitsa izlari. Gusenitsa izlari traktorlarning iz hosil bo‘luvchi 
yuzaga statistik (normal bo‘yicha) va dinamik (urinma) ta’siri natijasida 
hosil bo‘ladi. Bunda dinamik ta’sir kam ahamiyatli bo‘lib, aloqaning boshi 
va oxirida ifodalanadi. Hajmli izlarda sirg‘alish hisobiga siljish izlari 
paydo bo‘ladi. 
Gusenitsali transport vositalari harakatlanish qismining umumiy 
belgilari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– iz o‘lchami; 
– gusenitsa (bitta bo‘g‘ini)ning kengligi va qadami; 
– bo‘g‘inlar miqdori; 
– tuproq ilgich (gruntozatsep)lar shakli va o‘lchami. 
Iz kengligini aniqlash uchun gusenitsa izlari orasidagi masofani yoki 
markazi yoxud ichki va tashqi qirralari bo‘ylab o‘lchash zarur. 
Yuzaki izlarda tuproq ilgich (gruntozatsep)larning qirrasi akslangani 
va ularning umumiy kengligi gusenitsa bo‘g‘inining to‘liq kengligidan 
birmuncha tor ekanligi bois, ularni faqat hajmli izlarda o‘lchash mumkin. 
Gusenitsa (bo‘g‘inlari)ning xususiy belgilariga tuproq ilgich 
(gruntozatsep)lar buzilgan joylarining mavjudligi, ularning shakli, 
o‘lchami, joylashishi kiradi. Ular odatda bo‘rtiq (hajmli) izlarda akslanadi. 
Ot-ulov transportining izlari. Ot-ulov transportiga aravalar kirib, 
ularning ko‘pchiligida metall shinali yog‘och g‘ildiraklar ishlatiladi. 
Ularning hodisa sodir bo‘lgan joydagi iz uzunligi odatda unchalik katta 
bo‘lmaydi. Bunda gips qoliplarda qayd etilgan hajmli izlar tadqiqot 
obyekti hisoblanadi. Ot-ulov aravada g‘ildiraklar qo‘lbola usulda 
tayyorlangani bois, ularda alohida xususiyatlar ko‘p uchraydi. 
G‘ildirakning asosiy qismiga markaziy gupchak, gupchaklar va 
yog‘och chambarak kiradi. Chambarakka dastlab doira shaklida eritilib, 
payvandlangan metall shina kiydiriladi. Shina sovugandan so‘ng, 
chambarakka jips yopishadi va ishonchlilik uchun mufta, bolt va mixlar 
yoramida mustahkamlanadi. 


 84 
Ko‘pincha chambarak kengligi va shina bir-biriga mos kelmaydi yoki 
bir xil kenglik bo‘lganida shina chambarakka nisbatan birmuncha siljigan 
bo‘ladi. Mazkur xususiyat izda o‘yiq (tokcha) sifatida ifodalanadi. 
Metall shinali g‘ildiraklarning identifikatsion belgilarini tadqiq etishda 
quyidagi belgilar olinishi mumkin: 
— metall shina doirasining uzunligi, kengligi va qalinligi; 
— chambarak kengligi; 
— payvandlangan chok shakli, o‘lchami; 
— shinani mahkamlash vositalari (qalpoqcha, bolt, mix va h.k)ning 
mavjudligi, shakli, o‘lchami, o‘zaro joylashishi; 
— shinani yasash va ekspluatatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan 
bo‘rtiq va chuqurchalar ko‘rinishidagi notekisliklarning mavjudligi, shakli, 
o‘lchami, o‘zaro joylashishi. 
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqotni o‘tkazishda identifikatsiya 
qilish obyekti ot-ulov emas, g‘ildirak hisoblanadi, zero u almashtirilishi 
mumkin. Metall shinani almashtirish ehtimoldan uzoq bo‘lsa-da, uni 
inobatga olmasdan bo‘lmaydi. 
Chana izlari. Chanalarning iz hosil qiluvchi qismlari metall shinalari 
biriktirilgan yog‘och oyoqlar (poloz) hisoblanadi. Polozlar qor qatlamida 
sirg‘aluvchi izlar qoldiradi. Ularni tadqiq etish trasologik ekspertizaning 
umumiy uslublari hamda iz hosil bo‘lish mexanizmini hisobga olgan holda 
amalga oshiriladi. 
Polozlar harakati ko‘pincha ikkita yo‘nalishda: uzunasiga va yonlama 
sirpanish hisobiga yuz beradi. 
Agar polozlar bir-biriga nisbatan yoki harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab 
burchak ostida joylashsa, hosil bo‘ladigan iz polozga qaraganda kengroq 
bo‘ladi. Bundan tashqari, alohida sharoitlarda izda poloz va shinaning bir-
biriga aloqa qiluvchi eng keng qismi akslanadi. Iz hosil bo‘lish 
mexanizmining berilgan xususiyatlari qator hollarda ba’zi belgilarni 
aniqlash imkoniyatini kamaytiradi yoki aksincha, yo‘q qiladi. 
Chananing xususiy belgilariga quyidagilar kiradi: o‘lcham, do‘nglar 
va chuqurchalarning o‘zaro joylashishi, poloz pastki yuzasining nuqsonlari 
(yoriq, sochiq), shuningdek shinani mustahkamlash vositalari (mix, bolt, 
shurup); poloz va shina kengligi orasidagi o‘zaro aloqadorlik, shuningdek 
oxirgisining poloz chetlariga nisbatan joylashishi (metall shinaning 
mavjudligiga izning zinapoyasimon bo‘lishi dalolat beradi). 
Shuni nazarda tutish lozimki, chananing ikkala oyog‘i (polozi)ning 
xususiy belgilari bitta obyektning belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi. 


 85 
Aniqlangan belgilar chananing harakatlanuvchi qismi xususiyatlari 
bilan birgalikda hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlardagi kabi 
eksperimental izlar bilan taqqoslanadi. 
Topilgan farqlarga baho berishda iz hosil bo‘lish mexanizmining 
xususiyatlari hisobga olinadi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish