A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Transport vositalarini shina izlari orqali



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
7. Transport vositalarini shina izlari orqali 
identifikatsiya qilish usuli 
 
Trasologik aynanlashtirish ekspertizasining umumiy prinsiplariga 
binoan, mazkur tekshiruvda to‘rt bosqich ajratiladi: 
1. Dastlabki tadqiqot. 
2. Batafsil tadqiqot, u ham uch bosqichni o‘z ichiga oladi: 
– alohida tadqiqot; 
– eksperimental tajriba; 
– taqqoslash tadqiqoti. 
3. Tadqiqot natijalarini baholash va xulosalar chiqarish. 
4. Tadqiqot materiallarini rasmiylashtirish. 
Dastlabki tadqiqot. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror va 
tekshirilishi shart bo‘lgan obyektlarni olganidan so‘ng, ekspert, eng 
avvalo, berilgan savollarga aniqlik kiritadi, qarorda ko‘rsatilgan obyektlar 
bilan olib kelingan obyektlarning birxilligiga ishonch hosil qiladi. Shina 
izlarini ekspertiza qilishni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish, ekspert 
tomonidan hodisa tafsilotlarini qay tarzda bilishga bog‘liq. Birinchi 


 78 
navbatda, iz hosil bo‘lish shartlari va mexanizmlari, izlarni olib qo‘yish va 
izlarni qayd qilish shartlarini bilish zarur. 
Iz hosil bo‘lish sharoitini o‘rganishda ekspert iz hosil bo‘lgan 
yuzaning xususiyatlarini aniqlashi, transport vositasiga yuk ortilgan-
ortilmaganligini, shinalarga bo‘lgan bosim o‘zgarganligini bilishi zarur. 
Bunda iz hosil bo‘lgan vaqtdan boshlab, g‘ildirak yoki eksperimental 
nusxalarni olishgacha o‘tgan davr hamda mazkur vaqt ichida shina 
surunkali ravishda ishlatilganmi, ta’mirlanganmi aniqlanishi zarur. 
Shinaning dastlabki tadqiqoti uning asosiy konstruktiv elementlarini 
o‘rganishga yo‘naltirilgan (naqshining turi, qadami yoki yugurish 
yo‘lagining kengligi, umumiy o‘lchami va hokazo) bo‘lishi, shuningdek 
uning turi va rusumi aniqlanishi shart. 
Shuningdek, ekspert tadqiqot uchun taqdim etilgan izlarning nusxalari 
bilan tanishadi, birkalardagi yozuvlarni o‘qiydi, nusxalarning sifati va 
sonini aniqlaydi. Izlarning fotosuratlari taqdim etilganida, ularning 
aniqligi, masshtabli suratga tushirish qoidalariga rioya etilganini 
tekshirishi zarur. 
Ekspertizaning birinchi bosqichi masshtabli fotosuratga tushirish va 
reja tuzish bilan tugatiladi. 
Batafsil tadqiqot. Mazkur bosqichda alohida tekshirish bosqichi eng 
ko‘p mehnat talab qiladigan bosqich hisoblanadi. Mazkur bosqichning 
asosiy vazifasi identifikatsion belgilarni aniqlash va o‘rganish hamda 
ularni kelgusida tahlil qilish hisoblanadi. 
Har qanday identifikatsion tekshiruvdagi kabi avval iz qoldirgan 
shinaning guruhiy tegishliligi aniqlanadi. Bu maqsadda shina modelini 
aniqlashga imkon beradigan izda aks etgan asosiy belgilar o‘rganiladi 
(umumiy o‘lchami, yugurish yo‘lagining kengligi va qadami, protektor 
naqshi va undagi alohida elementlarning o‘lchamlari va hokazo). 
Identifikatsiya qilinayotgan obyektda aniqlangan umumiy belgilarning 
tekshirilayotgan umumiy belgilar bilan mos kelmasligi ekspertga 
o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Basharti 
umumiy belgilarni taqqoslash natijalari tekshirilayotgan shinani hisobdan 
chiqarishga imkon bermasa, xususiy belgilarni tekshirishga o‘tiladi. Bu 
maqsadda izda aks etgan shinaning individual xususiyatlari ajratiladi (iz 
sirtidagi bo‘yalmay qolgan joylar, qolipdagi botiq va bo‘rtiq joylar), ular-
ning shakllari, o‘lchamlari, yugurish yo‘lagi qirralariga nisbatan va o‘zaro 
joylashishi. Shundan so‘ng, aniqlangan belgilar alohidaligi va yetarliligi 
nuqtai nazaridan baholanadi, bu o‘z navbatida izning kelgusida tahlil qilish 
uchun tegishliligi masalasini hal qiladi. 


 79 
Shunday qilib, taqqoslash obyekti sifatida yuborilgan shina yoki 
eksperimental izlar tekshiriladi. Mazkur bosqichda aniq ifodalangan 
umumiy va eng yaqqol xususiy belgilar taqqoslanadi. Ular orasidagi 
o‘xshashlikning yo‘qligi tadqiqotning tugatish uchun asos bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan belgilar mos kelganda, iz qoldirilgan yugurish yo‘lagi 
maydonining lokalizatsiyasiga kirishiladi. Izlashning eng oddiy usullaridan 
biri — shina yuzasini bir nechta qismlarga bo‘lish va ularni ketma-ket 
o‘rganishdan iborat. 
Kelgusida lokalizatsiya maydonini batafsil tekshirish relyef 
xususiyatlari aniqlash bilan birga, ularning kelib chiqishini aniqlashning 
imkonini beradi (ishlab chiqarish, ekspluatatsiya va ta’mirlash natijasida). 
Mazkur xususiyatlar ularning konfigurasiyasi, o‘lchami, joylashish joyi va 
o‘zaro joylashishi nuqtai nazaridan o‘rganish hamda baholash imkonini 
beradi. Xulosada tekshirilayotgan shinaning identifikatsion tahlili amalga 
oshiriladi va uning kelgusida tekshirish uchun tegishlilik masalasi hal 
qilinadi. 
Ekspert tajribalari. Mazkur bosqichning asosiy vazifasi iz hosil bo‘lish 
mexanizmi, belgilarning aks etish turg‘unligini tekshirish va taqqoslash 
uchun namunalar olishdan iborat bo‘ladi. Eksperiment o‘tkazish iz hosil 
bo‘lish vaqtiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlar yaratish va shinadagi 
individual xususiyatlarning aks etishini to‘la va aniq o‘rganishga imkon 
beruvchi jihatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bu maqsadda u loy va kirdan 
yaxshilab tozalanishi zarur. Eksperimental yuzaki izlar qalin qog‘oz 
to‘shalgan tekis maydonda olinadi. Shinaning yugurish yo‘lagiga avvaldan 
tipografiya bo‘yog‘i surtiladi, keyin shinaning butun izining (agar iz hosil 
qilgan shina yuzasi aniqlanmagan bo‘lsa), aksincha aniqlangan bo‘lsa, 
muayyan yuzasining ikkitagacha ottiskasi (izi) olinadi. Gipsli qolip olish 
ehtiyoji yuzaga kelsa, yumshoq namlangan grunt ishlatiladi. 
Shu bilan birga, ekspert tomonidan laboratoriya sharoitida olingan 
eksperimental izlar hamma vaqt ham nusxalarni taqqoslash uchun 
qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi, chunki, iz hosil bo‘lish vaqtida 
shinadagi havo bosimini hisobga olish imkoniyati bo‘lmaydi. Shu bois, 
zarur hollarda ekspert tajriba-sinovi tergov qilinayotgan hodisa yuz bergan 
sharoitga o‘xshash sharoitda amalga oshiriladi. 
Taqqoslash tadqiqotlari ko‘rib chiqilayotgan bosqichning eng muhim 
bosqichlaridan biri hisoblanadi.  
Obyekt belgilarini taqqoslash usuli pokrishka protektorining nusxasini 
bevosita eksperimental iz bilan solishtirishdan iborat bo‘ladi. Avval bir xil 
umumiy izlar, so‘ngra alohida xususiy izlar solishtiriladi. Ular shakli, 


 80 
o‘lchami, joylashishi va o‘zaro joylashishi nuqtai nazaridan tekshiriladi. 
Bunda sanab o‘tilgan belgilarning shinaning elastikligi va turli xil iz hosil 
bo‘lish sharoitida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklar hisobga olinishi 
kerak. Taqqoslashda geometrik shakllar qurish tamoyilidan ham 
foydalanish mumkin bo‘lib, u quyidagilardan iborat: o‘xshash alomatlar 
to‘g‘ri chiziq bilan birlashtiriladi, shundan so‘ng olingan geometrik 
shakllar solishtiriladi (ularning shakllari, tomonlarining o‘lchamlari, to-
monlari orasidagi burchaklar). 
Shuningdek, fotosuratga bevosita chop etiladigan yoki taqqoslash 
tahlili vaqtida tasvirning ustiga qoplash uchun koordinata jadvali ham 
ishlatiladi. 
Tasvirlardagi belgilarni ustma-ust tushirish usuli asosan dinamik 
izlarni solishtirish uchun ishlatiladi. 
Tasvirlarni ustma-ust tushirish izlar (ularning belgilari) bir xil 
kattalikka ega yoki ularni hosil qilgan obyektlarga o‘xshash bo‘lgandagina 
samarali bo‘lishi mumkin. Amaliyotda transport dinamik izlarining 
mukammal tarzda akslanishini kamdan-kam uchragani bois, ustma-ust 
tushirish usullari odatda qo‘llanilmaydi. 
Tadqiqot natijalarini baholash va xulosalar chiqarish. Trasologik 
ekspertizaning umumiy qoidalardan kelib chiqqan holda izlarni alohida, 
eng asosiysi – taqqoslash tadqiqotlari nafaqat obyektlar belgilari, balki iz 
hosil bo‘lish mexanizmining xususiyatlarini hisobga olgan holda ham 
amalga oshiriladi. 
Identifikatsiyalash (aynanlashtirish) tadqiqoti jarayonida ekspert 
odatda belgilarning to‘laligicha mos kelishini aniqlashni o‘z oldiga maqsad 
qilib qo‘ymaydi. Aksincha, izlar orasidagi o‘xshashlik bilan birga, bir 
qator farqlar ham uchrab turadiki, bunda iz belgilarini baholash ketma-
ketligi to‘g‘risidagi masala yuzaga keladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, 
tadqiqotni o‘zaro farq qiluvchi belgilarning identifikatsion ahamiyatini 
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ekspertda ular iz 
shaklining o‘zgarishi yoki aynan bir xil belgining turlicha akslanish 
sharoiti natijasida yuzaga kelganmi yoki bu umuman turli belgilarning 
akslanishimi, degan savol tug‘iladi. Agar farqlar odatiy bo‘lsa va umumiy 
belgilar o‘zaro mos kelmasa, aksincha, umumiy belgilar o‘zaro mos kelsa-
da, xususiy belgilar o‘zaro mos kelmasa, o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida 
xulosa chiqarishga to‘g‘ri keladi. Bunda obyektning deformatsiyalanishi 
natijasida yuzaga keladigan va obyekt belgilarining buzilishiga sabab 
bo‘ladigan yanglish (soxta) farqlardan o‘zaro ajralib turuvchi belgilarni 
farqlash kerak. Buni hisobga olgan holda, ekspert buzilishlarga muayyan 


 81 
barqarorlik bilan tavsiflanuvchi belgilar, masalan, belgi xususiyatlarining 
o‘zaro joylashishiga asoslanib, farqlarga baho berishi kerak bo‘ladi. 
Belgilar orasidagi farqlarni o‘rgangandan so‘ng, ekspert o‘zaro mos 
keladigan belgilarga baho berishga o‘tadi. Ular o‘zaro bir-biriga mos 
keladigan belgilar majmuining yetarliligi, barqarorligi, individualligi 
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. 
Belgilar majmuining yetarliligi ularning identifikatsion ahamiyatliligi 
(belgilarning uchrashish chastotasi) va miqdori bilan belgilanadi. Bunda 
belgilarning alohida va bir-biriga nisbatan joylashishi eng muhim 
ahamiyatga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, shinadagi qismlar shakllari va 
o‘lchamlari jiddiy o‘zgarishga uchrashi mumkin.  
Aks etgan belgilarning barqarorlik darajasini baholash xulosalar 
ishonchliligi ortishiga imkon beruvchi muhim omil hisoblanadi. Masalan, 
kelib chiqishi bo‘yicha ishlab chiqarishga tegishli belgilar (oxirigacha 
zichlamaslik, ulagichlarning yo‘qligi va boshq.) shinalardan foydalanish 
jarayonida odatda o‘zining chuqurligini va kamdan-kam hollarda yuzadagi 
shakllari va o‘lchamlarini o‘zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, ularning 
tashqi tuzilishi shinalarni ekspluatatsiya qilish davomida yuzaga kelgan 
shunga o‘xshash belgilar (yoriq, kesik va boshqalar)ga qaraganda barqaror 
bo‘lib, oxirgilarining o‘zgarishi birmuncha tezroq yuzaga keladi. 
Ekspert xulosasi ekspertiza davri davomida tayyorlanib, izlarni 
batafsil tadqiq etish hamda o‘zaro mos keluvchi va farq qiluvchi belgilarni 
miqdoriy-sifat nuqtai nazaridan tavsiflashga asoslanadi. Agar o‘xshashlik 
borligi haqida xulosa chiqarilsa, ekspert u yoki bu farqlarning yuzaga 
kelishi sabablarini tushuntirishi lozim. Farq borligi to‘g‘risida salbiy 
xulosa chiqarilganda, qidirilayotgan obyekt to‘g‘risida barcha mavjud 
axborot berilishi zarur. 
Xulosa qat’iy ijobiy mazmunda quyidagicha ifodalanishi zarur: 
«Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan va gipsli quyma nusxada qayd 
etilgan iz ... avtomobilning oldingi chap g‘ildiragida o‘rnatilgan .... turdagi 
shina protektori tomonidan qoldirilgan”. 
Qat’iy salbiy xulosada ekspert quyidagilarni qayd etadi: «Hodisa sodir 
bo‘lgan joydan olingan va gipsli quyma nusxada qayd etilgan iz .... 
avtomobilga o‘rnatilgan shina tomonidan hosil bo‘lmagan. Bu iz ... turdagi 
shina tomonidan qoldirilgan bo‘lib, bunday shinalar .... rusumli 
avtomobillarga o‘rnatiladi». 
Tadqiqot materiallarini rasmiylashtirish. Tarkibiy tuzilishi bo‘yicha 
ekspert xulosasi uch qismdan iborat bo‘ladi: kirish, tadqiqot va xulosalar. 
Ular o‘z navbatida tadqiqotning borishi va natijalarini aks ettiradi. 


 82 
Ish holatlari bayon etiladigan kirish qismi izlar hamda tekshirilayotgan 
shina to‘g‘risida barcha mavjud ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi (bosib 
o‘tilgan yo‘l uzunligi, jinoyat sodir etish va olib qo‘yish orasidagi davrda 
shinani ekspluatatsiya qilishning yo‘l-iqlim sharoiti, ta’mirlash 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar va h.k.) lozim. 
Xulosaning tadqiqot qismida tekshirilayotgan shina yoki uning 
eksperimental nusxalari izlarining dastlabki tekshiruvi va tadqiqot 
davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. 
Ekspert xulosasiga ilova qilinadigan fotojadval mazmuni tadqiqot 
natijalari va xulosa shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar izlarning 
o‘xshashligi to‘g‘risida salbiy xulosa chiqarilsa va iz qoldirgan shina 
modeli aniqlansa, fotojadvalda aniqlangan shina modeli aks ettirilishi 
lozim. Basharti identifikatsiya ekspertizasi davomida ijobiy javob olinsa, 
fotojadvalga obyektlarning umumiy ko‘rinishi bilan birgalikda, bir-biriga 
mos kelgan eng muhim detallarning kattalashtirilgan tasviri joylashtirilishi, 
shina suratida mazkur izga mos keladigan yugurish yo‘lagining qismi 
belgilanishi kerak. 
Qattiq shinali g‘ildiraklar izlarini ekspertiza qilish pnevmatik shinalar 
izlarini o‘rganish metodikasidan tubdan farq qilmaydigan uslub bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan 
joylarda shina izlaridan tashqari boshqa izlar qoladi. Transport 
vositasining o‘zida ham muayyan izlar yuzaga keladi. 
To‘qnashish izlari buzish qurollaridan qolgan izlarni tadqiq etish 
usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Biroq, bunda ekspertiza oldida turgan 
masala avtomobilning u yoki bu qismi tomonidan qoldirilgan yagona iz 
emas, to‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan iz majmuiga ko‘ra hal qilinadi. 
Shu bois, transport vositasining u yoki bu detallarini ekspertiza o‘tkazish 
uchun ajratish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda (balandlik, alohida 
va o‘zaro joylashish) ular bilan bog‘liq ko‘pgina belgilar yo‘qolishi 
mumkin. 
Avtomobildan ajratilgan qismlar qismlarga qarab butunni aniqlash 
uslubiga ko‘ra tekshiriladi. Shunga ko‘ra, jabrlanuvchi kiyimining 
avtomobilda qolgan parchalari tadqiq etiladi. 
Bo‘yoq va boshqa moddalarning zarralari kimyoviy va boshqa turdagi 
tadqiqot qilish uchun yuboriladi. 
Transport vositalarining barcha izlarini topish, qayd etish va batafsil 
tekshirish qisqa muddat ichida hodisa tafsilotlarini aniqlash va jinoyat 
sodir etgan shaxslarni izlab topish imkonini beradi. 


 83 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish