7–rasm. Bir damli tig‘ ta’sirida, o‘tkir burchak ostida yetkazilgan
sanchilish–kesilish jarohati.
256
Jarohatlovchi buyumni holatini matoning to‘qish iplariga nisbatan
o‘zgartirmasdan chiqarib olishda, uning tig‘i, asosiy kesilish jarohatining
uzunligi bo‘ylab qo‘shimcha kesuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar buyum o‘z
o‘qi atrofida buralsa va keyin chiqarib olinsa, buyumning tig‘i matoni
asosiy jarohat chizig‘i bo‘yicha kesishni davom ettiradi. Shu sababli, agar
matoning zichligi katta va cho‘zilish xususiyati kamroq bo‘lsa,
jarohatlovchi buyumning asosiy jarohatning chizig‘i bo‘ylab kesuvchi
ta’siri, zichligi kamroq va cho‘zlilish xususiyati ko‘proq bo‘lgan matoga
qaraganda kattaroq bo‘ladi.
Jarohatlovchi buyumni holatini matoning to‘qish iplariga nisbatan
kichik burchak ostida burab olishda va chiqarishda, ushbu buyum tig‘ining
kesuvchi ta’siri katta burchak ostida burab olishda va chiqarishdagiga
qaraganda kattaroq bo‘ladi. Bunday jarohatlarning chetlari tekis, iplarning
erkin uchlari bir stahda joylashgan va mato minusi kuzatilmaydi.
Sanchilish–kesilish jarohatlarida, jarohatlovchi buyum tig‘ini kiyim
matosiga kirishidagi asosiy kesilish hamda ushbu tig‘ni matodan chiqarib
olishda qo‘shimcha (bir yoki bir nechta) kesilish hosil bo‘ladi. Jarohatning
tig‘ muhrasi tomoni o‘tmas, tig‘ dami tomoni o‘tkir bo‘ladi. Jarohatning
tig‘ muhrasi tomoni shu tig‘ muhrasining shakli bilan ifodalanadi. Odatda
jarohatning ushbu tomonining shakli aylana, P–simon shaklda bo‘ladi.
Agar jarohatlovchi tig‘ muhrasida qovurg‘alar mavjud bo‘lsa, jarohattning
shu tomondagi shakli G–simon, T–simon yoki M–simon shaklda bo‘lishi
mumkin. Jarohatlovchi tig‘ muhrasidan hosil bo‘ladigan jarohatlar ko‘p
hollarda qo‘shimcha kesilishga o‘xshagan bo‘ladi. Shu boisdan bu kabi
jarohatlarni tekshirishda jarohatlovchi tig‘ muhrasining shakli, muhra qiya
qismining shakli va uzunligi, iz hosil bo‘lish mexanizmi, kiyim matosining
xususiyatlari va mato iplarining to‘qilish usullariga alohida e’tibor berish
kerak.
Jarohatlarning tig‘ muhrasi tomonini mikroskop ostida tekshirishda,
jarohatning ushbu qismidagi iplar turli sathda kesilganini, iplarning uchlari
yoyilganligini, ozgina cho‘zilganligini ko‘rish mumkin. Jarohatlangan
iplarning uchlari notekis va jarohatning ichki tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi.
Ushbu jarohatning o‘rta qismi va tig‘ning dami tomonidagi qismi tekis
kesilgan, iplarning uchlari bir sathda kesilgan bo‘ladi. Ayrim hollarda (tig‘
o‘tmasroq bo‘lsa) jarohatning tig‘ dami tomonidagi qismi oxirigacha
kesilmagan bo‘lishi mumkin.
Sanchilish–kesilish jarohatlaridagi qo‘shimcha kesilishlar asosiy
kesilishdan muayyan burchak ostida siljigan, ammo asosiy kesilishning
davomi bo‘lishi mumkin. Asosiy kesilishning qo‘shimcha kesilishga
257
tutashgan joyida ko‘ndalang iplarning uzilishi, iplar uchlarining tolalarga
ajralishi kuzatiladi, iplarning uchlari notekis bo‘ladi. Qo‘shimcha
kesilishda iplar tolalarga ajralgan, turli sathda kesilgan va ularning uchlari
siljib qolgan bo‘ladi.
Kiyimdagi jarohatlarga tegishli bo‘lgan belgilar yig‘indisiga ko‘ra,
jarohatlovchi buyumni, shuningdek ushbu buyumning ta’sir ko‘rsatish
mexanizmini ham aniqlash mumkin
Agar tekshirilayotgan kiyimda bir necha sanchilish–kesilish jarohatlari
mavjud bo‘lsa, o‘xshashlik va farqlar mavjudligini aniqlash uchun, ularni
o‘zaro solishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir jarohatlovchi buyum
bilan ko‘p marta ta’sir qilish natijasida bir necha jarohat yetkazilganligini
aniqlash uchun, kiyim elementlarini siljib qolishi imkoniyatlarini inobatga
olish lozim.
Chopish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni yuqoridan pastga
(pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) siltaganda —
chopganda vujudga keladi. Ta’kidlash joizki, agar chopish uchun
ishlatilgan qurol yoki predmetning ishchi sirtida uning identifikatsion
xususiyatlarini aks ettiruvchi belgilari (masalan, aniq ifodalangan nuqson,
tig‘ining kemtik joyi va shu kabilar) bo‘lmasa, chopish natijasida kiyim
matosida iz hosil qilgan predmetni xususiy belgilarini ifodalovchi belgilar
aniqlanmaydi, chunki, chopish katta kuch va katta tezlikda amalga
oshiriladi.
Bunda kiyim matosi, agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, tekis
qirqiladi, matoning tolalari bir hilda kesiladi, agar predmetning
shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi mumkin,
izlarning shakli uzun chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. To‘siqdagi jarohat
sohasida obyektning muayyan bir qismining yetishmasligi – « matoning
minusi» kuzatilmaydi. «Kesilish izlari»dan o‘lchami bilan farq qilishi
mumkin, umuman olganda deyarli farqi yo‘q.
Chopuvchi ta’sir qiladigan buyumlar tig‘ining og‘irligi, u yoki bu
daraja o‘tkirlangan tig‘i va o‘ziga xos ta’sir qilish mexanizmi bilan
xarakterlanadi. Chunki bunday buyumlar bilan ta’sir qilishda, odatda
buyumning ta’sir kuchi jarohatlanuvchi obyekt sirtiga nisbatan yoki
perpendikular va qandaydir burchak ostida yo‘nalgan bo‘ladi.
Urib–majaqlash izlari — tig‘siz (urib–majaqlovchi) qurol yoki
predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan
chapga) siltaganda — urganda vujudga keladi.
Bunda kiyim matosi quyidagicha o‘zgarishga uchraydi: matoning
tolalari ezilib ketadi, tolalarning uchlari uziladi, tolalarning uchi titilishi
mumkin, yorilish, yirtilish, sinish kuzatiladi.
258
Urib–majaqlash — matoning teshilishi bilan kuzatiladi. Bu kabi izlar
ko‘pincha, yumaloq yoki ellips shaklida, bazan shikastlovchi obyekt
ishchi sirti shakli bilan bir hil shaklda bo‘ladi, jarohatlar joylashgan sohada
shikastlangan obyektning bir qismi yetishmaydi – «matoning minusi»
kuzatiladi.
Kiyimlardagi o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlar ta’sir
qiluvchi buyumlar shakli, o‘lchamlari va materialiga mos ravishda juda
turli bo‘ladi.
O‘tmas buyumlar shakliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
— yassi sirtlari katta o‘lchamli bo‘lgan buyumlar;
— yassi sirtlari kichik o‘lchamli bo‘lgan buyumlar;
— qovurg‘alarga ega bo‘lgan buyumlar;
— silindrsimon sirtli buyumlar;
— sferik sirtli buyumlar.
Kiyimlardagi o‘tmas buyumlar bilan yetkazilgan jarohatlar va izlarni
tadqiqot qilishda, ekspertiza oldiga qo‘yiladigan savollar ham turlicha
bo‘ladi.
Juda ko‘p hollarda ekspertiza oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi
mumkin:
1. Jarohatlar o‘tmas buyum bilan yetkazilganmi?
2. Kiyimdagi darohatlar va izlar transport vositasining ta’sirida hosil
bo‘lganmi?
3. Kiyimdagi jarohatlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday?
4. Jarohatlar hosil bo‘lgan paytda, jabrlanuvchi va transport
vositasining o‘zaro holati qanday bo‘lgan?
5. Tekshirilayotgan jarohatlar transport vositasining turtib chiquvchi
qismlaridanmi yoki g‘ildiragidan hosil bo‘lganmi?
Kiyim matosining ochiq buzilishlari quyidagi uchta turdagi jarohat-
lardan iborat bo‘ladi:
— o‘tmas buyumlarning bevosita ta’sirida hosil bo‘ladigan yirtilishlar;
— turli ta’sirlar natijasidagi yirtilish–cho‘zilishlar;
— ishqalanish natijasidagi jarohatlar.
O‘tmas buyumlarning bevosita ta’sirida hosil bo‘ladigan yirtilishlar
obyektga to‘g‘ri yoki urinma kuchlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Birinchi
holatda o‘tmas buyumlarning qovurg‘alaridan qoladigan chopilishga
o‘xshagan jarohatlar hosil bo‘ladi, ikkinchi holatda esa asosiyva utok
(bo‘ylama) iplarni cho‘zilishi hisobiga to‘g‘ri burchak shaklidagi
yirtilishlar hosil bo‘ladi.
259
Bunday jarohatlarni tadqiqot qilishda matolar elementlarning ezilishi,
iplarning bir-biridan ajralib ketishi kabi buzilishlar kuzatiladi. Jarohat-
larning chetlari o‘tmas buyumlar konturlariga mos keladi. Shikatlangan
iplarning tolalari turli sathlarda ajralgan bo‘ladi. Jarohatlarning chetlari
yomon ifodalanadi va noaniq shaklga ega bo‘ladi.
Ushbu jarohatlarni mikroskopik tadqiqotlarida, jarohatda ezilgan,
ajralib ketgan tolalar hamda jarohatlarning atrofida begona moddalar —
ta’sir qiluvchi buyumdan o‘tib qolgan metall zarrachalar, zanglash izlari,
yoqilg‘i–moylash moddalarining qoldiqlari kuzatiladi.
Yorilishlar kiyimga o‘tmas qovurg‘ali buyumlarni urinma bo‘ylab
ta’sirida va mato iplarini cho‘zilishi natijasida hosil bo‘lib, tirqishsimon
shaklga ega bo‘ladi. Kiyimdagi bir nuqtadan ikkita — bo‘ylama va
ko‘ndalang iplar bo‘ylab o‘zaro perpendikular yorilishlar ajralib ketishi
mumkin. Yorilish jarohatining chetlari notekis bo‘ladi. Iplarning uchi
cho‘zsilgan va turli sathda tolalarga ajralgan bo‘ladi. Jarohatning uzilgan
iplarining uzunligi jarohat uzunligiga teng bo‘ladi. Yorilish chetlaridagi
iplar unchalik shikastlanmaydi, ammo cho‘zilgan va tolalarga ajralgan
bo‘ladi. Yorilishlar — buyum ta’sir qilgan nuqtadan uzoqda hosil bo‘ladi.
Bu odatda, kiyimga ishchi sirti katta bo‘lgan o‘tmas buyum ta’sir qilganida
kuzatiladi, masalan, avtomashina g‘ildiragi.
Ishqalanish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar egri aylana shaklidagi
tuynuklardan iborat bo‘lib, ularning chetlari yoysimon bo‘ladi. Jarohat
chetlaridagi iplar ingichkalashgan, ba’zida ishqalanish natijasida tolalarga
ajralgan bo‘ladi. Qalin matolarda tolalarning asosigacha yeyilishi
kuzatiladi.
Kiyim matolarida o‘tmas buyumlardan qoladigan jarohatlarni hosil
bo‘lishi quyidagi shart–sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi:
— buyumning uruvchi qismini shakli va o‘lchamlari (yassi, sferik,
burchaksimon);
— materialning texnologik xususiyatlari (zichligi, matoning turi va
qalinligi);
— astarining xususiyati (qattiq, yumshoq);
— iz hosil qiluvchi buyum materialining xususiyatlari va uning
sirtidagi begona moddalarning mavjudligi (bo‘yoq, tuproq, qalin chang
qatlami, zang va shu kabilar);
— iz hosil bo‘lish mexanizmi (ta’sirlashuvchi obyektlarning o‘zaro
joylashishi, ta’sir kuchining xususiyatlari va zarbaning yo‘nalishi).
Kiyim materiali odatda elastik bo‘ladi, shuning uchun iz hosil qiluvchi
buyumning yassi qismi bilan berilgan zarba, kiyimda oddiy ko‘z bilan
260
ko‘rib bo‘ladigan jarohatlarni keltirib chiqarmaydi. Zarba natijasida
matoning zarba berilgan qismlarining zichligi ortib ketishi mumkin. Agar
ta’sir qiluvchi obyekt sifatida ishchi sirti sferik shaklda bo‘lgan buyum
matoga ta’sir qilgan bo‘lsa, kiyim sirtida yoysimon ezilishlar kuzatilishi
mumkin. Bunday jarohatda matoning iplari (bo‘ylama va ko‘ndalang)
ingichkalashgan, bu iplar orasidagi masofa kamaygan hamda tolalari
chigallashib ketadi. Ba’zida bunday ta’sir natijasida matoda yorilish izlari
kuzatiladi.
Turli izlarni hosil bo‘lishida kiyim matosining xususiyatlari (turi va
qalinligi) ham muhim ahamiyatga ega. O‘tmas buyumlardan jarohatlar
paxta va shohi materiallarda yaxshi ifodalanadi. Bunday matolarda o‘tmas
buyum ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar chiziqli shaklda bo‘ladi. Mato
(paxta, shohi)ning qalinligi kamayishi bilan jarohatlarning shaklini
kuzatilishi yumonlashadi. Tukli matolarda zarbalar amortizatsiga uchraydi
va jarohatlar nisbatan kam hosil bo‘ladi. Agar tukli material turli rangga
bo‘yalgan bo‘lsa, zarba ta’sirida material tukining ezilishi va rangini
o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Jun (Shert) materiallarda pilarning
chigallashishi va kam shikastlanishi seziladi. Velvet materiali iz hosil
qiluvchi buyumning shaklini kam aks ettiradi. Kapron materiallari ham
uruvchi–majaqovchi buyumlarning ta’siriga chidamli bo‘ladi.
Kiyim matosida va odam tanasida transport vositalarining va ularning
qismlarining shakli va naqshlarini aks ettiradigan aks–izlar jabrlanuv-
chining tanasini transport vositasi, uning alohida qismlari bilan
ta’sirlashuvida hosil bo‘ladi. Amaliy faoliyatda transport vositasining
bamperi, chiroq (fara)lari, ostki chiroq (podfarnik), eshiklari dastalari va
boshqa turtib chiqib turuvchi qismlaridan qoladigan izlar va jarohatlar
ko‘proq uchraydi. Ushbu aks izlar transport vositasining qismlarini to‘liq
yoki qisman aks ettirishi mumkin. Transport vositasining sirtida odatda
turli ifloslanishlar va chang, bo‘yoq va yoqilg‘i–moy materiallari mavjud
bo‘ladi. Shuning uchun transport vositasi kiyim bilan ta’sirlashganda
kiymga yuqoridagi moddalar o‘tib qolishi mumkin va ular qatlam–izlar
deb ataladi.
Transport vositasining g‘ildiragidan qoladigan izlar va jarohatlar
maxsus va nomaxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus zlar sifatida g‘ildirak
protektorining va ayrim turtib chiquvchi qismlarning izlari, nomaxsus izlar
sifatida esa kiyimdagi mexanik jarohatlar va kiyimga o‘tib qolgan begona
moddalar olinadi. Avtomashinaning turtib chiqib turuvchi qismlaridan
qolgan izlari oddiy ko‘z bilan tekshirilgana ham aniqlanishi mumkin.
Ammo, ba’zida bunday izlarni tadqiqotning maxsus metodlaridan
foydalanib tekshirish zarur bo‘ladi.
261
Kiyimlardagi relsli transport ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar uchun
kiyimda bosish hoshiyasini mavjud bo‘lishi xosdir. Ushbu bosish
hoshiyasi relsli transportning temir g‘ildiraklari ta’sirida hosil bo‘ladi va
unda matoning qatlam–qatlam bo‘lib yirtilishi, kuchli ifloslanishlar (temir
yo‘llariga hos bo‘lgan tarkibli) kuzatiladi. Bunday bosish hoshiyasi
kiyimning ikki tomonida ham mavjud bo‘ladi.
Bosish hoshiyalarining ifodalanganlk darajasi va o‘lchamlariga ko‘ra
kiyim va relsli transportning ta’sirlashish vaqtidagi holatini, masalan,
kiyimning qayti tomoni transportning g‘ildiragi tomonga, qaysi qismi esa
temir yo‘l tomonga qaraganligini aniqlash mumkin. Kiyimning g‘ildirak
ta’sir qilgan tomonida kengligi 13 — 14 sm bo‘lgan hoshiya, rels ta’sir
qilgan tomonida esa 7 — 8 sm kenglikdagi hoshiya kuzatiladi.
Kiyim matosidagi issiqlik ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar ularning ip
va tolalarini o‘rganish haroratning kattaligi, ta’sirning davomiyligi hamda
issiqlik ta’siri manbai haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Kiyimga issiыlik ta’sirining tщrtta asosiy turlari mavjud bщladi: olov
ta’siri, qizigan jismning ta’siri, atrof–muhitning yuqori harorati ta’siri va
elektr tokining ta’siri.
Birinchi uchta ta’sirning kiyim matosiga ta’siri turlicha va matoning
turiga, issiqlik manbaining haroratiga va ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq
bo‘ladi. Paxta, jun va shohi mato sirtiga 100 ? S harorat bilan uzoq vaqt
ta’sir natijasida sezilali ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin, ya’ni ularni oddiy
ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ammo, ultrabinafsha nur ostida tekshirishda
sariq–yashil lyuminessensiya kuzatilishi mumkin.
Agar kiyimga 200°S harorat ta’sir qilsa, matoning rangi os jigar
rangdan to‘q jigar rangga o‘zgarishi mumkin. Paxta va bo‘z materiallarda
issiqlik natijasida qora dog‘lar, mato tukining kuyishi va tolalar rangining
o‘zgarishi kuzatiladi. Jun matolarda matoning qalinlashishi, btolalarning
buralishi va erishi seziladi.
Kiyimga 300°S issiqlik ta’sir qilsa matoning yonib ketishi kuzatiladi.
Yongan sohalarning chetlari ultrabinafsha nur ostida tekshirilsa, sariq–
yashil rangli lyuminessensiya kuzatiladi.
Kiyimdagi issiqlik ta’siridagi jarohatlar texnik va atmosfera
(chaqmoq, yashin) elektr ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu holda
maxsus va nomaxsus ta’sirlar ajratiladi. Elektr tokining maxsus ta’siriga
elektr toki ta’sirida kiyimdagi o‘zgarishlar, nomaxsus ta’sirga esa elektr
tokining elektr manbasi bilan kiyimning metal qismlari orasida hosil
bo‘ladigan elektr yoyi ta’siridagi jarohatlarni kiritish mumkin. Atomsfera
elektri (chaqmoq, yashin) ta’siri natijasida kiyimda yirtilishlar va kuyishlar
kuzatiladi.
262
Kiyimdagi kimyoviy ta’sirlarnin jarohatlari mutaxassis–kimyogar
tomonidan maxsus tadqiqotlar orqali aniqlanadi. Ekspert–trasolog esa
qaysi turdagi matolar kimyoviy ta’sirlarga qay darajada chidamli yoki
chidamsiz emasligini bilishi zarur.
Jun matolar tarkibida kislota kamroq bo‘lgan eritmalarga nisbatan
chidamli bo‘ladi, 96 % li azot kislotasi ta’sirida esa jun matolar buzilish
(erish)ga uchraydi. Azot va sulfat kislota ta’sirida jun matolarda hosil
bo‘ladigan jarohatlar tekshirilganda, mato tolalarining mustaxkamligi
kamayishi va oson yirtiladigan bo‘lib qolishi aniqlanadi. Azo kislotasi
ta’sir qilgan sohalar rangsizlanadi va pushti rangga kirib qoladi.
Shohi matolar jun matolarga qaraganda kislotalar ta’siriga chidam-
sizroq. Sulfat kislotasi 10 minut ichida bunday matolarni eritib yuboradi.
Sirka va fosfor kislotalari o‘ohi matoga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Paxta matolar ham kislotalar ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Kislota
ta’sirida mato tolalari erib ketishi va rangini yo‘qotishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, sanchuvchi, sanchuv-
chi-kesuvchi, majaqlovchi va o‘tmas qurol va predmetlar bilan yetkazilgan
kiyimlardagi mexanik jarohatlar ham va ularni xarakterlovchi belgilar ham
juda xilma-xil va o‘ziga xosdir. Shuning uchun, bunday izlar va ularning
xususiy belgilarini tadqiq etishda, har bir xususiy holni alohida o‘rganish
va tajribadan namunaviy izlar olish hamda ularni batafsil o‘rganib tadqiqot
etish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |