A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larning



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
3. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larning  
tushunchasi va tasniflanishi 
 
Umum kriminalitsik ma’noda kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar 
yanada kengroq tushuncha — kiyimlardagi izlar tushunchasining bir turi 
hisoblanadi. Ammo, ekspertiza amaliyotida kiyimlardagi shikastlanish 
(jarohat)lar va izlar alohida mustaqil guruhlar sifatida o‘rganiladi hamda 
har bir guruhning o‘ziga xos xususiyatlari ajratiladi.  
Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar — kiyimga mexanik, issiqlik 
va kimyoviy ta’sirlar natijasida, uning yaxlitligi (butunligi)ning buzilishi 
hisoblanadi. 
Kiyimlaragi izlar — kiyimga tas’ir qilgan obyektning ta’sirlashuvchi 
(iz hosil qiluvchi) sirtlari tashqi belgilarining moddiy aks etgan tasvirlari 
hisoblanadi. 
O‘z navbatida, izlarni kriminalistik tadqiqotlarning obyekti nuqtai 
nazaridan o‘rganishda, ularni quyidagicha tasniflash mumkin: 
Ta’sirlashuvchi qismlarning tashqi tuzilishining aks–izlari.  
Modda–izlar (metallanish, porox zaradining yonish mahsulotlari va 
hokazolar). 
Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larni ham ikki turga: o‘tkir va 
o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlarga ajratish mumkin. 
O‘tkir buyumlar o‘zlarining tuzilishidagi xususiyatlaridan kelib chiqib, 
iz qabul qiluvchi obyekt sirtining muayyan nuqtali yoki chiziqli sohasiga 
kesuvchi, sanchuvchi, chopuvchi, arralovchi yoki murakkablashgan 
(pichoq, bolta, qaychi, arra va hokazolar) ta’sir ko‘rsatishi mumkin hamda 
bu ta’sir natijasida iz qabul qiluvchi obyekt teshilishi yoki qismlarga 
ajralib ketishi mumkin.  
O‘tkir buyumlar tuzilishiga ko‘ra kesuvchi (masalan, pichoq), 
arralovchi (arra), sanchuvchi (stilet, xanjar), chlpuvchi (qilich) va 
murkkablashgan (kesuvchi–sanchuvchi, kesuvchi–chopuvchi, kesuvchi–
sanchuvchi–chopuvchi) bo‘lishi mumkin. 
Kiyimlarning kriminalistik ekspertizalariga quyidagi mazmundagi 
savollar qo‘yilishi mumkin: 
1. Kiyimlardagi jarohatlar o‘tkir buyumlar bilan yetkazilganmi, agar 
yetkazilgan bo‘lsa, aynan qanday: kesuvchi, sanchuvchi, sanchuvchi–
kesuvchi, chopuvchi quroolardan yetkazilgan? 
2. Jarohatlar bir yoki bir necha buyum tomonidan yetkazilgan? 
3. Jarohatlar yetkazilgan pichoq tig‘ining belgilari qanday (tig‘ 
qalinligi va kengligi, tig‘ muhrasining shakli, tig‘ damlarining miqdori, 
o‘tkirlik darajasi)? 


 251 
4. Sanchuvchi buyumning shakli, uning o‘lchamlari va ko‘ndalang 
kesimining o‘lchamlari qanday? 
5. Kiyimlardagi jarohatlarni inobatga olgan holda bolta damining 
xususiyatlari qanday? 
Tekshirilayotgan kiyimdagi jarohatlarning kelib chiqishi (ushbu 
jarohat kesish, qirqish, chopish, sanchish yoki sanchuvchi–kesuvchi ta’sir 
natijasida hosil bo‘lganligi) bo‘yicha savolga javob berilayotganida, 
ekspert yuqorida sanab o‘tilgan jarohatlarga xos bo‘lgan morfologik 
belgilarini, ayrim hollarda esa esa jarohatlarni hosil bo‘lish mexanizmini 
aniqlay bilishi lozim. Iz hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash 
tekshirilayotgan obyektga qilingan ta’sirning usuli haqida fikr yuritishga, 
ya’ni zarbaning mavudligi, uning yo‘nalishi kabi ko‘rilayotgan jinoyat ishi 
uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni olishga imkon beradi. 
Kesilish jarohatlari birorta buyumning tig‘ini kiyim matosi bo‘ylab 
harakati ta’sirida hosil bo‘ladi va natijada matoning ochiq (hajmiy) yoki 
yopiq (sirtiy) buzilishlari vujudga keladi (4–rasm). Kesilish izlari — tig‘li 
qurol yoki predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan 
o‘ngga (o‘ngdan chapga) tortganda — kesganda vujudga keladi. Bunda 
kiyim matosi, agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, matoning tolalari 
bir hilda uziladi, agar predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas 
bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi (oddiy uzilish) mumkin. Bu kabi izlar  
odatda, chiziq yoki ingichka ellips shaklida bo‘lib, jarohatlar joylashgan 
sohada mato tolalarining uchi bir-biriga yetishi mumkin.  
Kesish izlari kiyim matosi tolalarining uchlari tekis qirqilgan yorilish 
shaklida bo‘ladi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir 
qismining yetishmasligi – «matoning minusi» kuzatilmaydi. Undan 
tashqari, agar iz hosil qiluvchi obyektning iz qabul qiluvchi obyekt bilan 
ta’sirlashuvchi ishchi sirtida (masalan, pichoq tig‘ining yonbosh sirtlarida) 
turli nuqsonlar yoki identifikatsion xususiyatga ega bo‘lgan belgilar  
mavjud bo‘lsa, ushbu ishchi sirtning xususiy belgilari mato tolalarining 
uchlarida ifodanishi mumkin. Ammo, bu belgilar mikroskopik tadqiqotlar 
jarayonidagina aniqlanishi mumkin va o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi. 
Kesilishlar to‘g‘ri yoki egri shaklda bo‘lishi mumkin (tig‘ning harakat 
yo‘nalishiga bog‘liq ravishda). Kesilishlar kiyim matosining asosiy 
(bo‘ylama) va utok (ko‘ndalang) tolalarini ixtiyoriy burchak ostida kesishi 
mumkin, bu esa kesilishglarni yirtilishdan farqlovchi asosiy belgi 
hisoblanadi. Kesilish jarohatlarining chetlari tekis bo‘ladi, tolalarning 
erkin uchlari (uchliklari) bir sathda joylashgan bo‘ladi. 
 


 252 
 
 
4–rasm. Kesilish jarohatining ko‘rinishi. 
 
Kesilish jarohatida jarohatlovchi buyum tig‘iga ko‘rsatilayotgan 
ta’sirning kamayishi natijasida hosil bo‘ladigan kashaklar (matoning 
ikkiga ajralgan qismlarining bir-biriga tutashtiruvchi tolalar, ya’ni kesish 
natijasida uzilmay qolgan tolalar) kuzatiladi. Kesilishning o‘ziga xos 
xususiyati bo‘lib, ochiq jarohatning boshanish va tugash qismlaridagi sirtiy 
(yopiq) qo‘shimcha kesilishlar hisoblanadi. Ushbu qo‘shimcha kesilishlar 
jarohatlovchi buyum tii matoga kirayotganida hamda matodan chiqayot-
ganida hosil bo‘ladi. Kesilish natijasida mato «minusi» kuzatilmaydi. Mato 
tolalarining erkin uchlari ingichkalashmagan, tekis, iplarning tolalari bir 
xil sathda buzilishga uchragan bo‘ladi.  
Kesilish izlarini tadqiqot qilishda kesish yo‘nalishi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Agar kesilish matoning birgina qatlamidan o‘tgan bo‘lsa, uning 
yo‘nalishi to‘g‘risida iplarning erkin uchlari yo‘nalishi qarab xulosa qilish 
mumkin, odatda bu erkin uchlarning yo‘nalishi jarohatlovchi buyumning 
harakai bilan bir xil bo‘ladi. 
Agar kesilish matoning ikki yoki undan ko‘proq qatlamlaridan o‘tgan 
bo‘lsa, u hoda kechilishning yo‘nalishi haqida eng ustki va eng ostki 
qatlamlarda joylashgan ochiq jarohatlarning joylashiga ko‘ra fikr yuritish 
mumkin bo‘ladi. Kesilish jarohatining boshlanish tomonida har ikki (ostki 
va ustki) qatlamlaridagi kesilishlar bir xil sathda joylashgan bo‘ladi, 
kesilishning tugash qismida esa, matoning ostki qatlamidagi jarohatlar 
matoning ustki qismidagiga qaraganda ichkariroqda joylashgan bo‘ladi. 
Agar kesilish matodan keyin joylashgan paxtali qatlamdan ham o‘tgan 
bo‘lsa, u holda kesilishnng boshlanish qismida unchalik katta bo‘lmagan 
chuqurlik kuzatiladi. Undan tashqari, kesilish yo‘nalishi, paxtali qismdagi 
paxta qatlamini jarohatlovchi buyum tig‘i yo‘nalishi bo‘ylab siljib qolishi 
bilan aniqlanishi mumkin. 
Sanchilish jarohatlari matoga sanchuvchi ta’sirli buyum ta’sirida hosil 
bo‘lishi mumkin. Sanchilish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni oldinga, 
yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) 
urganda — sanchganda vujudga keladi.  


 253 
Bunda kiyim matosi quyidagicha o‘zgarishga uchraydi: agar qurol 
yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, matoning tolalari bir hilda uziladi, agar 
predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi 
titilishi mumkin.  
Sanchish — matoning teshilishi bilan kuzatiladi. Kiyimdagi o‘q 
tegishidan hosil bo‘lgan jarohatni ham sanchish izlari sifatida ko‘rish 
mumkin. Bu kabi izlar ko‘pincha, yumaloq yoki ellips shaklida bo‘lib, 
jarohatlar joylashgan sohada shikastlangan obyektning bir qismi 
yetishmaydi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir 
qismining yetishmasligi – «matoning minusi» deb ataladi va jarohat 
yetkazuvchi qurol yoki predmet tomonidan yulib ketiladi. 
Undan tashqari, agar iz hosil qiluvchi obyektning iz qabul qiluvchi 
obyekt bilan ta’sirlashuvchi ishchi sirtida turli nuqsonlar mavjud bo‘lsa, 
ushbu ishchi sirtning xususiy belgilari mato tolalarining uchlarida 
ifodanishi mumkin. Ammo, bu belgilar mikroskopik tadqiqotlar 
jarayonidagina aniqlanishi mumkin va o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi. 
Bu kabi jarohatlovchi buyumlar ishchi sirti konussimon yoki pirami-
dasimon shaklda bo‘lishi mumkin. Konussimon shakli buyumlarning 
ishchi sirti o‘tkir uchli hamda ko‘ndalang kesimi aylana yoki oval shakldi 
bo‘ladi. Piramidasimon ishchi sirtli buyumlar uchli qism bilan birga 
o‘tmas yoki o‘tkir qovurg‘alarga ham ega bo‘ladi. Ushbu jarohatlovchi 
buyumlarning matoga ta’sir qilish mexanizmi xam turlicha bo‘ladi. 
Silindr–konussimon shakldagi buyum matoga, uning iplarini chetga 
surish yo‘li bilan kirib boradi, natijada matoning surilgan iplari jarohat 
chetida zichlashib qoladi. Agar jarohatlovchi buyum o‘z yo‘lida to‘qilgan 
iplarga duch kulsa, ularni avval cho‘zilishiga hamda keyinyaalik uzilib 
ketishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, silindr–konussimon shakldagi 
buyum bilan sanchish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar aylana yoki oval 
shaklda bo‘ladi, jarohatning diametri buyum diametridan kichikroq 
bo‘ladi, chunki matoning uzilgan iplari, jarohatlovchi buyum chiqarib 
olinganidan so‘ng, o‘z joyiga qaytib qoladi. Jarohatlarning chetlari 
ichkariga ham tashqariga ham yo‘nalgan bo‘ladi. Shikastlangan iplarning 
uchlari yorilish yoki qirqilishning barcha belgilariga ega — tolalar 
ingichkalashgan, iplarning uchlari yoyilgan hamda tolalarning uchlari turli 
sathda joylashgan bo‘ladi. 
Piramidasimon shakldagi buyum, matodan o‘tib boradi, agar 
buyumning ishchi sirti (uchi) o‘tmas bo‘lsa iplarni qisman siljitadi, agar 
o‘tkir bo‘lsa tolalarni kesib yuboradi. 


 254 
Sanchilish jarohatlari turli qovurg‘alarga ega bo‘lgan buyumlar 
ta’sirida hosil bo‘lgan bo‘lsa, jarohatlarda ushbu qovurg‘alardan qoladigan 
iz (belgi)lar — «qirralar» mavjud bo‘ladi. Ushbu qirralarning miqdori 
buyum qovurg‘alarining miqdoriga teng bo‘lishi shart emas, ularning aniq 
hosil bo‘lishi qovurg‘alarning o‘tkirligi, ularning o‘lchamlari, buyumning 
kirish chuqurligi va burchagi, shuningdek matoning xossalariga bog‘liq 
bo‘ladi (5–rasm).  
 
 
 
5–rasm. Uch qovurg‘ali tig‘ning sanchilishi ta’sirida hosil bo‘lgan jarohat. 
 
Matoning bir qism iplarining erkin uchlari qirqish (yorilish), bir qismi 
esa kesilish belgilariga ega bo‘ladi. Sanchuvchi buyum ta’sirining 
yo‘nalishi haqida jarohatdagi iplarnig joylashishiga ko‘ra fikr yuritish 
mumkin. Agar buyumda qovurg‘alar bo‘lsa va jarohatning bir tomonida 
ta’sir izlari yoki qovurg‘alardan qolgan moddalar (ifloslanish, chang, 
tuprrq va shu kabilar)ning mavjudligi, matoga yuqorida ko‘rsatilgan 
tomondan, o‘tkir burchak ostida zarba berilganligidan darak beradi. Agar 
bir necha qatlam matolar shikastlangan bo‘lsa, u holda xar bir qatlamdagi 
jarohatlarning joylashiga qarab, buyumning ta’sir yo‘nalishini aniqlash 
mumkin. 
Tadqiqotlarga juda ko‘p hollarda sanchilish–kesilish izlari keltiriladi. 
Ular matoga nafaqat sanchuvchi, balki kesuvchi ta’sir ko‘rsatadigan 
buyumlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Shu sababli sanchilish–kesilish 
jarohatlarini o‘rganishda, sanchuvchi ta’sir belgilari ham, kesuvchi ta’sir 
belgilari ham aniqlanadi. Bunday buyumning o‘tkir uchi matoga kirib 
borib avval sanchuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar yetarlicha o‘tkirlanmagan 
bo‘lsa, bunday buyum mato iplarini cho‘zlishiga va keyinchalik qirqilishi 
yoki uzlishiga sabab bo‘ladi. Agarbuyum matoga ta’sirini to‘xtatmasa, 
unda endi buyum matoga kesuvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni matoning iplari 
kesiladi. 


 255 
Sanchilish–kesilish jarohatlarining shakli, agar mato yupqaroq bo‘lsa 
to‘g‘ri, yoysimon yoki egri (siniq) chizziq shakllarida bo‘lishi mumkin (6–
rasm).  
 
 
 
6–rasm. Bir damli tig‘ ta’sirida hosil bo‘lgan sanchilish–kesilish jarohati. 
 
Agar mato qalinroq yuo‘lsa, sanchilish–kesilish jarohatlari to‘g‘ri 
chiziq shaklda bo‘ladi. Mato zichligi kamayishi bilan, jarohatning shakli 
yoysimon shakldan siniq chiziq shakligacha o‘zgarib boradi. jarohat 
o‘lchamlari bilan ushbu jarohatni hosil qilgan buyum tig‘i (ishchi sirti)ning 
o‘lchamlari orasidagi nisbat matoning turi, jarohatlovchi buyumning 
tuzilishidagi xususiyatlar va ushbu buyumlarni matodan chiqarib olish 
mexanizmiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim matolarda jarohatlarning o‘lchamlari 
jarohatlovchi buyum tig‘i kengligidan biroz kattaroq bo‘ladi, masalan, 
trikotaj, neylon va atsetatli shohi matolada ushbu kattalik 2 mm gacha, 
satin matosida esa — 4 mm gacha bo‘ladi.  
Jarohatlarning kengligi ham jarohatlovchi buyumning tuzilishdagi 
xususiyatlari — jumladan buyum ishchi sirtida muhra qiya qismining 
mavjudligi, uning shakli va uzunligi, ishchi sirt uchining muhra qiya 
qismiga nisbatan joylashishi, shuningdek jarohatlarning to‘qiish iplariga 
nisbatan joylashishiga qarab o‘zgari qoladi. To‘qilish iplariga nisbatan 45° 
burchak ostida yetkazilgan jarohatlarning kengligi har doim jarohatlovchi 
buyum tig‘i kengligidan kichikroq bo‘ladi (7–rasm).  
 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish