2. Hayvon izlarining tasnifi va dastlabki tadqiqoti
Zoologiyada qabul qilingan tizimlashtirishdan kelib chiqib, hayvonot
olamining muhim taksonomik (taksonomicheskim) elementlariga guruh,
tip, sinf, otrad, oila, zot va tur kiradi. Bular, o‘z navbatida, yana mayda
290
tasnifiy birliklarga bo‘linadi (hayvonlarning tasniflanishi haqida to‘liq
ma’lumot zoologiyaga oid maxsus adabiyotlarda berilgan).
Hayvonlar izlarining kriminalistik tasnifi uchun asos (trasologiya
sohasida) iz hosil qiluvchi obyektning o‘ziga xosligi hisoblanadi. Ushbu
holatda hayvon izlari quyidagi uchta asosiy guruhga ajratiladi:
— hayvonlarning qo‘l-oyoq izlari (tuyoq, panjalar, tirnoq va h.k.);
— metall taqalar izi;
— jag‘ apparati izlari (tishlar, jag‘larning o‘zi, tumshuqlar va boshq.);
— hayvon tanasining boshqa qismlari izlari (teri qoplamasi, organik
qoldiqlar, shoxlarning qismlari va h.k.).
Bundan tashqari, hayvonlarning qo‘l-oyoq izlarini quyidagilarga
ajratish zarur:
— toq tuyoqlilar oyoq izlari (otlar, eshaklar va shunga o‘xshash);
— juft tuyoqlilar oyoq izlari (sigirlar, echkilar va boshq.);
—boshqa sut emizuvchilar oyoq va panja izlari (itlar, bo‘rilar,
chiyabo‘rilar, ayiqlar va h.k.);
qushlar va hayvonot olamining boshqa vakillari qo‘l-oyoq izlari.
Tadqiqotning ushbu turida, shuningdek, kriminalistik trasologiyada
qabul qilingan izlarning hosil bo‘lish mexanizmi bo‘yicha, ya’ni izlarni
hajmli va yuzaki, statik va dinamik, qatlam va qatlam-qatlam, lokal, ya’ni
mahalliy va sirtqiga ajratib tasniflash tatbiq qilinadi. Shunga o‘xshash
odam tishlari izlari bilan hayvonlarning jag‘ apparati va tishlari izlari hosil
bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, tishlab uzib olingan va tish tekkan joyga
ajratiladi. Hayvon tishlari izlarining obyektda hosil bo‘lish belgilariga
ko‘ra tish naqshi, aynan jag‘ apparati, tumshuq va boshqa izlarga
bo‘linadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda hayvon izlari topilganda, avvalo, ularning
jinoyat hodisasi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanadi. Hodisa joyini ko‘zdan
kechirishda dastlabki tekshiruvning vazifasi nafaqat qoldirilgan hayvon
izlarining jinoyat hodisasi bilan bog‘lovchi faktlarni aniqlash, balki ularni
keyinchalik trasologik ekspertiza doirasida tadqiq qilish imkoniyati ham
aniqlanadi. Bunda asosiy e’tibor hayvon izlari kelib chiqishi vaqtining
uzoqligi haqida guvohlik beruvchi belgilarga, ularning hodisa sodir
bo‘lgan joy atrof-muhitiga nisbatan o‘zaro joylashuvi, izlar hosil bo‘li-
shining sharoitlari va mexanizmiga qaratiladi. Masalan, izlarning qordagi
qoldirilgan vaqtini aniqlashdagi qiyinchiliklar qorning ustki qismi
xossalarining barqaror emasligi bilan bog‘liq. Bunday holatda hayvon-
larning izlari noaniqligi bilan xarakterlanadi. Hatto eng yirik hayvonlar
ham qorli joylarda chuqur, biroq qor bilan yarim yopilgan izlarni
qoldiradilar.
291
Hayvonlar izlarini ko‘zdan kechirishda ularning hosil bo‘lish
sharoitlari va mexanizmlari, balki ushbu izlarni yuza qismida hosil
qiluvchi makrorelf tashqi qurilishi va tuzilishining o‘ziga xos xarakterli
tomonlari ham atroflicha o‘rganiladi. Ko‘zdan kechirish natijasida qaysi
izlarni olish va o‘rash, shuningdek, hayvonlarning turlicha izlarini qayd
etishning eng samarali metodlarini qo‘llash haqidagi masala ham hal
etiladi.
Hayvonlarning tegishli izlari olib, o‘ralgan va qayd etilgandan keyin
kompleks yoki trasologik ekspertiza jarayoni uchun ekspert muassasasiga
transportirovka qilish va yetkazishda ularning saqlanishi va ularga shikast
yetkazilishi ehtimolining oldini olish borasidagi zarur choralar
ko‘riladi.Hayvonlarning topilgan oyoq-qo‘l izlari hodisa joyini ko‘zdan
kechirish protokolida texnik shaklda (suratga olish orqali, izlarni
tayyorlash, daktotasma yordamida nusxa ko‘chirish va h.k.) tasvir shaklida
qayd etiladi.
Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlari bayonida (opisaniye) quyidagilar
ko‘rsatiladi:
— iz topilgan joyning atrof-muhit sharoiti (ochiq joy, bino)xususida;
— izni qabul qilgan yuzaning ko‘rinishi (nam, qumli yer, qumoq
tuproqli yer va h.k.);
— hayvon oyoq-qo‘l izlarining soni, ularning o‘zaro joylashuvi;
— izlar guruhi aks ettirilgan taqdirda yo‘lning belgilari, harakat
yo‘nalishi haqida ma’lumot;
— Izlarning ko‘rinishi (hajmli, yuzaki, qavat-qavat, bir qavat),
ularning shakli, o‘lchami, farq qiluvchi belgilari, individual o‘ziga xos
jihatlari;
— izlarni topish, olish va qayd etishning texnik vositalari, izli
obyektlarni o‘rash usullari va qo‘llanilgan metodlar.
Izlar bayoni grafik ko‘rinishidagi qarab chizilgan rasmlar bilan
to‘ldirilishi mumkin (masalan, izlar yo‘li).
Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlari masshtabli, detalli qayd etish qoida-
siga binoan rasmga olinadi. Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlarini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ular joylashgan obyekt bilan birgalikda, tabiiy holda olish talab
etiladi. Biroq, ularning modellarini ko‘pincha izlardan nusxa ko‘chi-
riladigan plyonkalarga nusxa ko‘chirish yoki qoliplarini tayyorlash kabi
qayd etish usullarini qo‘llagan holda tayyorlashadi. Hayvonlarning yuzaki
oyoq-qo‘l izlarini daktiloplyonkaga nusxa ko‘chirish yoki foto qog‘oz
yordamida modellashtirish mumkin, bunda emulsiya oldindan qayd etiladi
va perxlorvinilning atsetondagi eritmasiga shimdiriladi.
292
Hajmli sayoz va uncha chuqur bo‘lmagan izlarning qoliplari plastilin,
mum, polimer pasta (xamirsimon modda)lar yordamida tayyorlanadi, katta
izlar uchun gipsdan foydalaniladi.
Hayvonlarning tish izlarini qayd etish, to‘plash ham chizish, suratga
olish va ularning modellarini tayyorlash orqali bilan amalga oshiriladi.
Hayvonlarning boshqa izlari bilan taqqoslash va ta’riflashda izlarning
ko‘rinishi (tishlangan va tishlab uzib olingan), iz tashuvchi obyektlarning
o‘ziga xos xususiyatlari kabi jihatlari qayd etiladi. Iz tashuvchi obyektlar
oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, yog‘, mevalar va h.k.), inson tanasi yoki
murda bo‘lishi mumkin.
Hayvon tishlari izlarini topish, qayd etish va olishning usullari, yo‘llari
va texnik vositalari, shuningdek, izli obyektlarni o‘rash usullari trasologik
obyektlar uchun xos bo‘lib, umuman olganda , yuqorida qayd etilganidek,
bir-biriga o‘xshash.
Qayd etish lozimki, hayvon tishlarining izlarini ular topilgan obyekt
bilan yoki uning bir qismi bilan olish maqsadga muvofiqdir. Murdadagi
tish ishlarini olish tergovchining topshirig‘i bo‘yicha o‘likxonada bevosita
ekspert tomonidan amalga oshiriladi.
Hayvon izlari bilan ishlashning o‘ziga xos tomonlaridan yana biri
shuki, izlar tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, sariyog‘ va
h.k.), saqlash va transportirovka qilishda o‘zgarishlar va deformatsiyaga
uchrashi mumkin bo‘lgan predmetlarga qoldirilgan bo‘lsa, albatta suratga
olingan bo‘lishi kerak. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq,
margarin, sariyog‘ va h.k.) yo sovuq suv, muzlatgichga joylashtiriladi yoki
formalin eritmasidan foydalaniladi. Murdaning yumshoq qismi (yumshoq
to‘qimalar) spirtli yoki 5% li formalin eritmali idish (yemkost)da
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |