A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Kam uchraydigan izlarning trasologik tadqiqoti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126
3. Kam uchraydigan izlarning trasologik tadqiqoti 
 
Kam uchraydigan izlarga lab izlari, peshona izlari, burun izlari, egak 
izlari, shuningdek tananing boshqa alohida tadqiq etilmaydigan joylarining 
izlari bo‘lishi mumkin. 
Lab izini tadqiqotiga, har doim ham e’tibor qaratilavermaydi, bunday 
izlarda ham har xil e’tiborga molik xususiy belgilar bo‘lib ular diagnostik 
va identifikatsion ahamiyatga ega. 
Lab izlari, lab tegishi mumkin bo‘lgan iste’mol vositasida ishlatiladigan 
buyumlarda, piyola, kosa, stakan, qoshiq va shu kabilarda, qolishi mumkin. 


 309 
Lab izlari hodisa sodir bo‘lgan joyida kuzatilganda, albatta izni 
tadqiqot uchun ehtiyotkorlik bilan olinishi va tadqiqot joyiga yetkazilishi 
choralanini ko‘rish lozim. Lab izlari bilan tadqiqot o‘tkazish laboratoriya 
sharoitida ijobiy natijalarni beradi. 
Tadqiqotda lab izini taqqoslash uchun gumonlanuvi yoki jabrlanu-
vilardan namuna sifatida lab izlarini  olish lozim. Bunday holatda lab 
izlarini olish, xuddi hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan, lab izi qolgan 
buyumga o‘xshash buyumda olinishi lozim yoki labga pamada surtib toza  
10 sm kvadrat oynaga izini olish ham mumkin. Bunday oynaga izni olish 
bir necha marotaba takrorlab olinishi mumkin chunki lab izini xususiy 
alomatlarini yanada aniqlash uchun namunalar doirasi kengayadi. Olingan 
namunalar, hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan lab izi bilan taqoslashda 
kattalashtirib fototasvirga olinadi va taqqoslash natiasidagi umumiy va 
xususiy alomatlarini asoslantiruvi jadvali tuziladi. Jadvalda fototasvir 
yonma-yon qo‘yilib alomatlar asoslatirilib raqamlar bilan birma-bir 
ko‘rsatib o‘tiladi. 
Lab izlari tadqiqoti kompleks bo‘lishi ham mumkin chunki, lab izi 
bilan bir vaqtda so‘lak, pamada kimyoviy tarkibi, iste’mol moddalari 
qoldiqlari yoki shu kabi boshqa tadqiqotlar o‘tkazilishi mumkin. 
Shuningdek, lab izlarini tadqiqotida, lablar kasalliklari va ulardan 
qolgan izlarga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday 
holatlarda lab izi olingan muddat va shu muddatda lab kasalikklari 
tuzalishi mumkinligi ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. 
– dastlabki tadqiqot; 
– alohida tadqiqot; 
– taqqoslash tadqiqoti; 
– xulosalarni shakillantirish; 
– xulosani rasmiylashtirish. 
Dastlabki tadqiqot bosqichida, ekspert, ekspertiza o‘tkazish to‘g‘ri-
sidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar 
butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga 
kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan 
kechirish bayonnomasini,  hodisa sodir bo‘lgan joyidagi fototasvir jadva-
lini yoki videoyozuvni) talab qilishi mumkin 
Shuningdek, ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni, hodisa sodir 
bo‘lgan joydan topilganidagi, asl holati o‘zgarmaganmi, zarar yetka-
zilmaganini, muhrlangan konvertlar buzilmaganligini, lab izlari olingan 
ashyolarni tadqiqotga qadar saqlanish talab darajasida bo‘lganini 
sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirad. 


 310 
Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi, 
bunda lab izi qolgan bum, uning ko‘rinishi, turi, rangi, zichligi, hajmi, 
undagi lab izining joylashuvi, rangi, o‘lchamlari batafsil yoritiladi, 
shundan so‘ng, lab izining o‘ziga xos alohida belgilarini ya’ni umumiy va 
xususiy alomatlari alohida ko‘zdan kechiriladi. 
Lab izining umumiy alomatlarini aniqlashda, uning ko‘rinishi (keng, 
ingichka, qalin kabilar.), vertikal va gorizontal joylashuv tafsilotlari, 
yuqori lab ko‘rinishini alohida yoritish, pastki lab ko‘rinishini alohida 
yoritish, yuqori labni pastki labga nisbatini ko‘rsatib o‘tish va pastki labni  
qori labdan farqini ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Lab izini xususiy alomatlarini ifodalashda, yorug‘lik moslamalaridan 
foydalanb, lab izini bir necha o‘n barobar kattalashtirib ko‘zdan kechirish 
va fototasvirga tushirish lozim, shundan so‘ng fototasvir jadvalini tuzib 
xususiy alomatlar ko‘rinishini va joylashuvini soat yo‘nalishiga ko‘ra 
raqamlar bilan belgilab olish zarur. 
Ushbu bosqichda, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan 
lab izlarini ham umumiy va xususiy alomatlari to‘liq o‘rganilib, fotojadval 
tuzish orqali ifodalanadi hamda xususiy alomatlar ko‘rinishi va joylashuvi 
soat yo‘nalishiga ko‘ra raqamlar bilan belgilab olinadi. 
Taqqoslash tadqiqoti bosqichida, hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan 
lab izini umumiy va xususiy alomatlari aniqlab olingandan so‘ng, 
ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan lab izlari bilan 
umumiy va xususiy alomatlariga ko‘ra solishtirib qo‘rish jarayoni 
o‘tkaziladi va ularni o‘zaro muvofiq kelishi yoki nomuvofiq kelishi 
masalasi hal etiladi. 
Xulosalarni shakillantirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion 
savollarga javob berish maqsadida, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash 
uchun yuborilgan lab izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning 
umumiy va xususiy alomatlariga qadar aniqlangan xulosalar yoritiladi va 
asoslantirib ko‘rsatib o‘tiladi. 
Xulosani rasmiylashtirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion 
savollarga javob beriladi va ekspertiza tadqiqotiga yuborilgan lab 
izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning umumiy va xususiy 
alomatlariga to‘liq javob beriladi, bunday javob berish shakli ekspert 
xulosasida o‘z ifodasini topadi. 
Ekspert xulosasida, hodisa joyidan olingan lab izi taqqoslashga taqdim 
etilgan lab izi bilan muvofiq kelgani yoki nomuvofiq kelgani haqida yoki 
umuman boshqa shaxsga tegishliligi haqida rasmiy javob beriladi. 


 311 
Ekspert xulosasiga asos qilib umumiy va xususiy alomatlar aniqlangan 
fotojadval ilova qilinadi. 
Peshona, quloq, burun va engak izlari, ekspertiza tadqiqotlari kamdan-
kam holatlarda uchraydi, bunday holatlarda izlar o‘zida umumiy va 
xususiy belgilarni qoldiradi va tadqiqot o‘tkazish uchun imkoniyatlar 
yaratadi. Shuningdek, peshona, quloq, burun va engak izlarida mikro 
izchalar qoladi va ular mikro ariqchalar hamda teri poralarida namoyon 
bo‘ladi. 
Peshona izlarida umumiy alomatlar, peshona ajinlarining joylashuvi, 
peshona shakli (to‘rtburchak, uchbukrchak), kengligi va qoshning 
joylashuvi aks etishi mumkin, xususiy alomatlar bo‘lib, ajinlarning tarmoq 
otishi va ariqchalar, ariqchalarning uzunligi va kengligi, teri pora 
teshiklari, chandiqlar, jarohatlar. 
Quloq izlarida umumiy alomatlar, quloq yumshog‘i, undagi teshik, 
quloq qabartma burama shakli, qalinligi yoki ingichkaligi, quloq shakli va 
tuzilishi, xususiy alomatlar bo‘lib, quloq yumshog‘i ajinlari va ariqchalari, 
ariqchalarning uzunligi va kengligi, teri pora teshiklari, chandiqlar, 
jarohatlar, teshilgan teshigining kattalik doirasi va shakli, joylashuvi. 
Burun izlarini tadqiq etishda, umumiy alomatlar: burun teshiklari, 
bururning tuzilishi, katta kichikligi, to‘g‘ri egriligi, singan belgilari, 
xususiy alomatlar: teri katakchalarining izlari, tuzilishi, teshiklarning 
diametri va o‘zaro joylashuvi, jarohat, chandiq, hol yoki boshqa individual 
belgilar. 
Engak izlari tadqiqotida umumiy alomatlar: engakning shakli, to‘mtoq 
yoki qirraligi, o‘lchami, burmalari, soqolli yoki soqolsizligi, xususiy 
alomatlari: terining teshik izlari, chandiqlar va jaroxat izlari, ularning 
joylashuvi, soqollarning chiqish teshiklaridagi chiqish tartibi va boshqa 
taqqoslashga imkoniyat beradigan belgilari. 
Peshona, quloq, burun va engak izlarini tadqiqoti bosqichlari: 
dastlabki tadqiqot; 
alohida tadqiqot; 
taqqoslash tadqiqoti; 
xulosalarni shakllantirish; 
xulosani rasmiylashtirish bosqichlariga bo‘linadi. 
Dastlabki tadqiqot bosqichida, ekspert, ekspertiza o‘tkazish to‘g‘ri-
sidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar 
butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga 
kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan 
kechirish bayonnomasini, hodisa sodir bo‘lgan joyidagi fototasvir jadvalini 
yoki videoyozuvni) talab qilishi mumkin. 


 312 
Shuningdek, ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni, hodisa sodir 
bo‘lgan joydan topilganidagi, asl holati o‘zgarmaganmi, zarar yetkazil-
maganini, muhrlangan konvertlar buzilmaganligini, peshona, quloq, burun 
va engak izlari olingan ashyolarni tadqiqotga qadar saqlanish talab 
darajasida bo‘lganini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiradi. 
Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi, 
bunda peshona, quloq, burun va engak izi qolgan bum, uning ko‘rinishi, 
turi, rangi, zichligi, hajmi, undagi peshona, quloq, burun va engak 
izlarining joylashuvi, rangi, o‘lchamlari batafsil yoritiladi, shundan so‘ng, 
peshona, quloq, burun va engak izlarining o‘ziga xos alohida belgilarini 
ya’ni umumiy va xususiy alomatlari alohida ko‘zdan kechiriladi. 
Peshona, quloq, burun va engak izlarining umumiy alomatlarini 
aniqlashda, vertikal va gorizontal joylashuvi, ularning ko‘rinishi, shakli, 
o‘lchamlarini ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Peshona, quloq, burun va engak izlarining xususiy alomatlarini 
ifodalashda, yorug‘lik moslamalaridan foydalanb, peshona, quloq, burun 
va engak izlarining bir necha o‘n barobar kattalashtirib ko‘zdan kechirish 
va fototasvirga tushirish lozim, shundan so‘ng fototasvir jadvalini tuzib 
xususiy alomatlar ko‘rinishini va joylashuvini soat yo‘nalishiga ko‘ra 
raqamlar bilan belgilab olish zarur. 
Ushbu bosqichda, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuborilgan 
peshona, quloq, burun va engak izlarining qoliplari, fototasvirlari hamda 
ilgarigi hodisa sodir bo‘lgan joylardan topilgan boshqa peshona, quloq, 
burun va engak izlarining umumiy va xususiy alomatlari to‘liq o‘rganilib, 
fotojadval tuzish orqali ifodalanadi hamda xususiy alomatlar ko‘rinishi va 
joylashuvi soat yo‘nalishiga ko‘ra raqamlar bilan belgilab olinadi. 
Taqqoslash tadqiqoti bosqichida, hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan 
peshona, quloq, burun va engak izlarining umumiy va xususiy alomatlari 
aniqlab olingandan so‘ng, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash uchun yuboril-
gan peshona, quloq, burun va engak izlarining qoliplari, fototasvirlari 
hamda ilgarigi hodisa sodir bo‘lgan joylardan topilgan boshqa peshona, 
quloq, burun va engak izlari bilan umumiy va xususiy alomatlariga ko‘ra 
solishtirib qo‘rish jarayoni o‘tkaziladi va ularni o‘zaro muvofiq kelishi 
yoki nomuvofiq kelishi masalasi hal etiladi. 
Xulosalarni shakllantirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion 
savollarga javob berish maqsadida, ekspertiza tadqiqotiga taqqoslash 
uchun yuborilgan peshona, quloq, burun va engak izlarining vujudga 
kelish jarayonidan boshlab uning umumiy va xususiy alomatlariga qadar 
aniqlangan xulosalar yoritiladi va asoslantirib ko‘rsatib o‘tiladi. 


 313 
Xulosani rasmiylashtirish bosqichida, diagnostik va identifikatsion 
savollarga javob beriladi va ekspertiza tadqiqotiga yuborilgan peshona, 
quloq, burun va engak izlarining vujudga kelish jarayonidan boshlab uning 
umumiy va xususiy alomatlariga to‘liq javob beriladi, bunday javob berish 
shakli ekspert xulosasida o‘z ifodasini topadi. 
Ekspert xulosasida, hodisa joyidan olingan peshona, quloq, burun va 
engak izlarining taqqoslashga taqdim etilgan, peshona, quloq, burun va 
engak izlarining qoliplari, fototasvirlari hamda ilgari hodisa sodir bo‘lgan 
joylardan topilgan boshqa peshona, quloq, burun va engak izlari bilan mos 
kelgani yoki mos kelmagani haqida yoki umuman boshqa shaxsga 
tegishliligi haqida rasmiy javob beriladi. 
Ekspert xulosasiga asos qilib umumiy va xususiy alomatlar aniqlangan 
fotojadval ilova qilinadi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish