A k a d e m I ya trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126
TADQIQOTI 
 
1. Sirtmoqlar tadqiqoti 
 
Kriminalistikada sirtmoqlar tadqiqoti kam uchraydi. Bu shundan 
dalolat beradiki turli usullarda sirtmoq bog‘lash hammaga ham ayon emas. 
Sirtmoqlarni bog‘lanish usullarinig o‘zi uni bog‘lagan shaxslarni 
maxoratidan darak beradi va ularni aniqlash doirasini chegaralaydi. 
Sirtmoq bog‘lash usulinig o‘zi ushbu usulni qo‘llovchilar doirasini 
belgilash bilan bir qatorda ularni davomli jinoyatlarini ham aniqlash 
imkonini beradi. 
Sirtmoq bog‘lash usullari tibbiyotda, to‘qimachilikda, chorvachilikda, 
dengizchilikda, alpinistlikda sohaga ko‘ra o‘rgatiladi va bu sohalar o‘z 
betakrorligiga ega. 
Kriminalistik jinoyat holatlariga oid sirtmoq bog‘lash usullarini 
o‘rgatibgina qolmasdan sirtmoqlar bog‘lash tadqiqotlarini ham o‘tkazadi 
bunda sirtmoq bog‘lashni o‘rganish jinoyatchilar tomonidan, jinoyat ishini 
yuritayotgan kriminalist xodimlarni chalg‘itishlaridan saqlaydi va bu 
eksperiment o‘tkazish orqali aniqlanadi 
Sirtmoqlar bog‘lash tadqiqotlarini samarali natija berishini taminlash 
maqsadida hodisa sodir bo‘lgan joyidan olingan dalillar (sirtmoqli 
bog‘lamlar) ga ta’sir qo‘rsatilmasligi lozim. Agarda sirtmoq murdani 
bo‘ynida bo‘lsa uni bog‘langan joyini yuqorirog‘idan kesiladi va bu 
harakatlar bayonnomada ko‘rsatilishi shart. Agarda bog‘langan sirtmoq 
biror joyga mahkamlangan bo‘lsa mahkamlangan ashyo bilan yoki uning 
ayni mahkamlangan qismi bilan ajratib olish kerak va bayonnomada 
qilingan ishlarni yozib borish shart. Har qanday holatlarda ham hodisa 
sodir bo‘lgan joyda sirtmoqli bog‘lash uchraganda arqon, uni qaysi turdagi 
tarkibdan bo‘lishidan qat’iy nazar, asl holida rasmiylashtirib olish va 
bezarar saqlashni taminlash lozim. 
Sirtmoqlarni murdani bo‘ynidan olishdan oldin bo‘g‘ilgan sirtmoq 
doirasini belgilab olish shart chunki bu o‘tkaziladigan tadqiqotlarda izlarni 
ta’sir doirasini aniqlashga imkon beradi. 
Kriminalistika fani, sirtmoq bog‘lash bilan aloqador ekspertiza 
tadqiqotlarini o‘tkazishda asosan, sirtmoq bog‘lash usuli  va sirtmoqning 
ta’sir etish mexanizmini, chilvir turi, tegishliligi, uning ta’siri natijasida 


 301 
yuzaga kelgan oqibatlarga qaratilgan tomonlarni o‘rganishga katta e’tibor 
qaratadi. Bunda avvalo ekspertiza tadqiqotlariga quyidagi savollar 
qo‘yiladi: 
O‘lim mexanik bo‘g‘ilishdan kelib chiqqanmi? 
O‘lim sirtmoqdan bo‘g‘ilishdan kelib chiqqanmi? 
Agar murdaga sirtmoq o‘limdan keyin solingan bo‘lsa o‘limning 
sababi nima? 
Murdada sirtmoqning xolati va joylashuvi qanday? 
Bunda osilish yoki bo‘g‘ilish alomati bormi? 
Sirtmoqda murda qancha vaqt bo‘lgan? 
Sirtmoq qanday birikmadan yasalgan ( metal, rezina paxta tolasi, ipak, 
va x.k.)? 
Sirtmoq maqsadiga ko‘ra nimaga qaratilgan? 
Sirtmoq qanday usulda bog‘langan? 
Sirtmoqni xuddi shunday bog‘lash uchun alohida bilim talab 
etiladimi? 
Tadqiqotga berilgan sirtmoq bilan taqqoslashga berilgan sirtmoq bir 
xil bog‘langanmi? 
Murda, o‘limiga qadar, ushbu sirtmoqni o‘zi bog‘lay olganmi? 
Ekspertiza tadqiqotlariga sirtmoqli ashyolar, gumonlanuvchilar, 
jabrlanuvchilar yoki mutaxassislar tomonidan o‘xshash qilib bog‘lash 
orqali sirtmoqli bog‘lamni tadqiqotga jo‘natish yoki ilgarigi jinoyat 
ishlariga aloqador  sirtmoqli bog‘lamlar, tadqiqotga taqdim etilishi ham 
mumkin. 
Bunday sirtmoqli bog‘lamlarni tayyorlish, aynan o‘xshash material va 
bir xil bog‘lam bo‘lishini talab qiladi. Shuningdek ilgari sodir etilgan 
jinoyatlarga aloqador sirtmoqli bog‘lamlar yoki o‘xshash bog‘lamlar 
tadqiqotga taqdim etilishi mumkin. 
Sirtmoqlarni bog‘lashga doir ekspertiza o‘tkazish trasologik eksper-
tizaga taalluqli bo‘lib o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 
– dastlabki tadqiqot; 
– alohida tadqiqot; 
– taqqoslash tadqiqoti; 
xulosalarni shakillantirish
– xulosani rasmiylashtirish. 
Dastlabki tadqiqot bosqichida, qismida ekspert ekspertiza o‘tkazish 
to‘g‘risidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar 
butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga 
kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan 


 302 
kechirish bayonnomasini, murdani hodisa sodir bo‘lgan joyidagi 
fotojadvalini yoki videoyozuvini) talab qilishi mumkin 
Shuningdek ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni hodisa sodir 
bo‘lgan joyidan topilganidagi asl holati o‘zgarmaganmi, sirtmoq bog‘lami 
bo‘shatilmaganmi, bog‘lam o‘zgartirilmaganmi, bog‘lamni tadqiqotga 
qadar saqlanish talab darajasida bo‘lganmi degan savollariga ekspertizaga 
qaror jo‘natgan xodimdan javob olishi va o‘z tadqiqotlariga oydinlik 
kiritib olishi kerak. 
Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi, 
bunda sirtmoq yasalgan birikma, uning ko‘rinishi, turi, rangi, zichligi, 
uzunligi, boshi va oxirining ko‘rninishlarini, uning alohida belgilarini va 
sirtmoq bog‘langan arqonning bog‘langan joyi, uning qaysi qismida 
joylashgani ko‘rsatiladi. Shuningdek arqonni umumiy chidamliligi va 
bog‘lamni qanday darajada bog‘langan zichligini uning naqshlari bo‘lsa 
naqshlari ko‘rinishini qo‘rsatib beriladi. 
Sirtmoqni tadqiq etishda tekis toza joyda yetarli yorug‘lik bor xonada 
ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq avvalo uni tasvirga olish lozim. 
Shundan so‘ng bog‘lanish usulini tekshirish va bog‘lash amalga oshirilgan 
uslubini aniqlash lozim bunda ung yoki chap tomondan boshlanganligini 
aniqlash katta ahamiyatga ega. Shuningdek arqonning bo‘g‘imlarini unga 
tegishli elementlarini, elementlarni katta kichikligi masofasi va sonini 
aniqlash lozim. 
Sirtmoq bog‘langan usulni aniqlash uchun tegishli manbalar (qo‘llan-
malar, darsliklar va x.k.lar ) dan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Sirtmoq bog‘langan uslubni aniqlash uchun eksperiment o‘tkazish va 
mutaxassis yordamidan foydalanish lozim. 
Sirtmoq bog‘lash usullarining keng tarqagani oddiy sirtmoqlar bo‘lib 
ular turlisa otma sirtmoq, tuzoq, osma sirtmoq kabilar bo‘lib dengizchi, 
baliqchi, chorvadorlar va ovchilar ko‘p foydalanadi. 
Murakkab sirtmoqlar turkumiga, tibbiyotda, alpinizmda, o‘t o‘chiruv-
chilikda, elektr quvvati xodimlari, ovchilar, chorvachilar tomonidan 
qo‘llanadigan sirtmoqlar kiradi: kurmak, siqma sirtmoq, dengizcha 
sirtmoq, osma sirtmoq, baliqchi sirtmoq, tugun sirtmoq (qarang. 1-6-
rasmlar.). 
 
 
1-rasm. Kurmak bog‘lash. 


 303 
 
 
2-rasm. Siqma sirtmoq. 
 
 
 
3-rasm. Dengizcha sirtmoq. 
 
 
 
4-rasm. Osma sirtmoq. 
 
 
 
5-rasm. Baliqchi sirtmoq. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish