3. Hayvon oyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti
Garchi hodisa joyida (hududdan kelib chiqib) turli xil hayvonlarning
izlari topilsa-da, kriminalistik amaliyotda hammasidan ko‘proq, tez-tez
uchrab turadigan obyekt it panjalari (mushukniki kamroq), ot tuyoqlari
hisoblanadi. Ushbu izlarda oyoq yoki panja (barmoqlar, tirnoq, tuyoqning
tuzilishi) elementlarining o‘zaro joylashuvi, shakli, kattaligi aks etadi.
It (mushuk) panjalari izlarining ekspert tadqiqotida nafaqat guruhiy
tegishliligini (shakli, kattaligi va panjalarining umumiy tuzilishi) ko‘rsa-
tuvchi umumiy belgilari, balki alohida belgilari, teri relyefi ham o‘rga-
niladi. Alohida belgilariga panjalarining tuzilishidagi kabi, teri naqsh-
293
larining relyeflari (papillyarli)da, shuningdek, mikrorelyefda farqlar
bo‘lishi mumkin. Masalan, itning zotidan kelib chiqib, uning panjalari
turlicha aks etadi. Bunday aks etishning aniqligi tovon va panjalar
orasidagi junning qanchalik kuchli yoki qalin o‘sganligiga va boshqa bir
qator omillarga bog‘liq.
Qiyosiy tadqiqot uchun trasologiyada qabul qilingan metodika
bo‘yicha eksperimental iz tayyorlash zarur. Bunda ekspert izlarni hayvon
egasining ishtirokida tayyorlashi (yoki ekspert ishtirokida va uning
ko‘rsatmasini qat’iy bajarish asosida tayyorlash) maqsadga muvofiqdir.
Oyoq izlarining shakli, kattaligi, ularning o‘zaro joylashuvi,
shuningdek, tadqiq etilayotgan izlar (barmoqlar, tirnoqlar, changallar va
h.k.) elementlariga doir o‘xshash tavsiflar hayvonlarning nafaqat zot va
turini, ular harakatining yo‘nalishi va trayektoriyasini, tezligini aniq
belgilash, balki xususiy belgilari kompleksini o‘rganishda aniq hayvon
zotini aniqlash imkonini beradi.
Trasologiyada hayvon oyoqlari belgilarini anatomik va funksional,
umumiy va xususiyga ajratish qabul qilingan. Umumiyga tuyoqning shakli
(aylana, oval), oyoq kaftining shakli (kirgan, yassi), tuyoqning hajmi
(taqalangan yoki taqalanmagan tuyoq) kiradi. Ushbu belgilar izlarda
yarim aylana, yarim oval ko‘rinishida aks etadi. Ularda oyoq kafti (tuyoq
yoki taqaning oldingi qismi) va ikki shoxi farqlanadi. Tuyoqning shakli va
hajmidan kelib chiqib, izlar oldingi yoki orqa oyoqdan qoldirilganini
aniqlash mumkin.
Xususiy belgilariga ko‘rsatgichlarning shakli, hajmi va burchagi, yoriq
ko‘rinishidagi nuqsonlari, o‘simtalar, qatlam qismlari (uchastkalari),
taqalarning belgilari, tuyoqning tuzilishi detallari va boshqalar kiradi.
Funksional belgilar otlarning o‘ziga xos yurishi, oyoqlarini qo‘yishi
haqida guvohlik beradi. Bu belgilar izlar yo‘lkasida aks etadi. Oyoqlarning
qo‘yilishiga qarab, izlarning tegishli yo‘lakchalari hosil bo‘ladi.
Keltirilgan belgilarga oyoqlarni qo‘yish, qadamning uzunligi, qadam
burchagi kiradi. Ushbu tadqiqotlar va izlarni qayd etish inson oyoqlari
izlari yo‘lakchalaridagi kabi o‘tkaziladi. Qayd etish lozimki, tuyoq
izlaridan ko‘proq ma’lumot beruvchi belgilar nam va loy yerlarda yaxshi
aks etadi va saqlanadi. Bunday izlarni qayd etish umum qabul qilingan
metodlarga mos keladi, ya’ni o‘lchash, masshtabli suratga olish va
qolimlarni tayyorlash o‘tkaziladi
Tuyoq belgilari bilan chambarchas bog‘langan taqa belgilari katta
identifikatsiyaviy ahamiyatga ega hamda, qoidaga ko‘ra, birgalikda tadqiq
etiladi (izlarda yetarlicha yaxshi aks etganda). Biroq, tuyoqlar tadqiqotida
294
hayvonlar, taqa izlari bo‘yicha esa, ayrim holatlarda, faqat taqaning o‘zi
identifikatsiya qilinadi. Bu shu bilan izohlanadiki, ba’zan taqa bir
hayvondan boshqasiga taqalangan holatlar ham uchraydi.
Otlarning tuyoq va itlarning panja izlari boshqa hayvonlarning izlari
orasida ko‘proq kriminalistik tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Tuyoq
va taqa izlarini, shuningdek, ularning yo‘laklarini o‘rganish otlarning
harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash uchun informatsiyaviy
materiallarni beradi.
Har bir hayvonning, shu bilan birga otning iz yo‘llari uning o‘ziga xos
«yurishi»dan guvohlik beradi va u orqali otlarning bir xil yurishi (allyur),
ya’ni harakat tipi (qadamlab yurish, yo‘rtib chopish, sakrab chopish,
yo‘rg‘alab yurish va h.k.) aniqlanishi mumkin. Umumiy va xususiy
belgilar tuyoq va taqaning alohida izlari bo‘yicha aniqlanadi. Bir tipda
yurishni aniqlash harakat tezligi haqida taxminiy xulosa chiqarish
imkonini beradi. Ayrim tegishli manbalarda bu ma’lumotlar ajratiladi.
Sekin qadamlarda harakat 3,5–4,5 km/s, tez qadamlarda – 7 km/s, chopib,
yo‘rtib harakatlanganda – 12 km/s, tez, yelib harakatlanishda 15–20 km/s
tezlikka to‘g‘ri keladi. Bir tipda yurishning keltirilgan turli ko‘rinishlari
izlari yo‘lida aks etadi va ular orqali otlarning siljishi borasida tasavvurga
ega bo‘lish mumkin. Harakatlanish yoki siljish tezligiga otlarning yoshi va
qanchalik yuk ortilgani kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan izlar bo‘yicha yurish tiplar (allyura) tavsifi,
ular yurishining o‘ziga xosligi orqali otlarning zotini aniqlash muayyan
qiyinchiliklarni tug‘diradi va yilqichilik sohasidagi maxsus bilimlarni talab
qiladi. Ot tuyoqlari izlarini ko‘zdan kechirish va trasologik ekspertiza
o‘tkazishda ko‘rsatilgan sohadan tegishli mutaxassisni taklif etish tavsiya
etiladi.
Izlarni o‘rganish jarayonida hosil bo‘lgan iz oldingi yoki orqa
tuyoqdan hosil bo‘lganligi holatini aniqlash juda muhim hisoblanadi.
Qoidaga ko‘ra, oldingi oyoq tuyoqlari orqa oyoq tuyoqlariga qaraganda bir
qadar katta hajmga ega va bir muncha yassi tovoni bilan farq qiladi.
Tuyoqlar tadqiqoti metodikasi, muayyan o‘ziga xosliklarga ega bo‘lsa-
da, trasologiyada umum qabul qilingan bosqichlardan tashkil topadi.
O‘ziga xosligi shundan iboratki, qator holatlarda ekspertga hayvon
tuyog‘ini bevosita o‘rganish kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ko‘zdan
kechirishni mutaxassis (veterinar yoki zootexnik) ishtirokida amalga
oshirish kerak. Hayvon tuyoqlarini bevosita o‘rganish bir qator sabablar
bilan bog‘diq. Birinchidan, eksperimental namunalarni tayyorlash
jarayonida muayyan qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Ikkinchidan,
295
hayvon tuyog‘ining tag qismi tuzilishi shikastlanishlar va boshqa omillar
ta’sirida yetarlicha tez o‘zgarishga uchrashini hisobga olish lozim.
Ekspertga, shuningdek, hayvon (ot)ning oxirgi vaqtda (ya’ni, hodisa sodir
bo‘lgan va ekspertiza tayinlangan muddat oralig‘ida) qanday sharoitda
(o‘rmon, tuproqli, asfaltli yo‘l) ekspluatatsiya qilinganligi haqidagi
ma’lumotlar taqdim etilishi shart. Hayvon ishlatilganidan keyin
tuyoqlarining tozalangan-tozalanmaganligi fakti ham muhim ahamiyatga
ega, chunki tozalashda belgilari o‘zgarishi mumkin.
Barchaga ma’lumki, otlarning tuyog‘ini asrash maqsadida taqalarning
turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Otlardan foydalanish va vazifasidan
kelib chiqib, joy (shahar, qishloq)ni hisobga olgan holda taqalarning turli
ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda taqalarning 300 ga yaqin turi
mavjud. Shuningdek quyidagilarni ham hisobga olish kerak, masalan, turli
o‘ziga xos sharoitlar (oqsaqlanish, maymoqlik va boshq.)da ot oyoqlariga
maxsus taqalar (yengillashtirilgan va og‘irlashtirilgan va h.k.) tayyor-
lanishi mumkin. Shuning uchun, agar ekspert taqa izlari tadqiqotida umum
qabul qilingan umumiy tasnifga to‘g‘ri kelmaydigan biror-bir belgini
aniqlasa, maslahat olish uchun mutaxassis (taqachi-temirchi)ga murojaat
etishi tavsiya etiladi. Taqalar ( old yoki orqa) belgilangan o‘rniga qarab,
oval, yarim aylana ko‘rinishidagi izlarda aks etadi.
Taqalangan otlarning taqa izlari katta identifikatsiyaviy ahamiyatga
ega. Qattiq yerda bu izlarda taqalarning chiqib turgan qismi ancha aniq aks
etadi, yumshoq yerda hajmli izlarda taqalarning yuza qismi va tuyoqning
tag qismi yaxshi ko‘rinadi.
Otlarning taqalarida ikkita shox, buxtovaka, ilgakli qism, mix teshigi
va shoxlarning oxirida tegishli shiplar (sirg‘anmaslik uchun) qayd etiladi.
Taqaning tuyoqqa yopishadigan sirti yuqori, yer tomonga qaragani esa
pastki deb ataladi. Juft oyoqqa qaratilgan tuyoq shoxlari ichki shox
hisoblanadi va aksincha, ya’ni teskarisi tashqi shox hisoblanadi.
Buxtovka — bu taqaning ichki yuzasining qiyaligi. U tuyoqning
yumshoq tovonini taqa bilan aloqa (kontakt)dan saqlash uchun zarur.
Taqaning pastki yuza qismidagi mix qotiriladigan va boshchasi chiqib
turadigan ariqcha qovurg‘ali yo‘lakcha deb ataluvchi vazifani bajaradi.
Taqada 6 tadan 8 tagacha mix uchun teshiklarni sanash mumkin. Yo‘l
qoplamasi bilan yaxshi tishlashishi uchun taqaga shiplar mustahkamlanadi.
Zavodda tayyorlanadigan taqalar tegishli sdandartlarga asosan
tayyorlanadi va rezbali yechiladigan shiplar o‘rnatiladi.Oldingi va orqa
tuyoqlarning farq qilishi bois, ular uchun xuddi shungdek turli taqalar
tayyorlanadi. Kosiblik usulida tayyorlanadigan taqalar, qoidaga ko‘ra,
296
doimiy shiplarga ega bo‘ladi, zavodda tayyorlanadiganlarida esa
yochiladigan bo‘lishi mumkin. Tuyoqning qishki taqalari uchun
o‘tkirlashtirilgan shiplar, yozgilari uchun esa o‘tmas shiplar foydalaniladi.
Adohida holatlarda taqalar shipsiz qo‘llaniladi. Kasl tuyoqli hayvonlar
uchun maxsus taqalar mavjud.
Taqa izlarida quyidagi alomatlar aks etadi:
— taqaning tuzilishi to‘laligicha, maxsus taqalar tiplari ( «maxsus»,
«sharqiy» va boshq.);
— shiplarning mavjud yoki mavjud emasligi, soni, shakli va
kattaligi,ularning taqa yuzasida joylashuvi;
— mixli yo‘lakchalarning shakli va kattaligi hamda mixlar soni;
— mixlar boshining joylashuvi, ularning kattaligi va shakli.
Taqalarni identifikatsiya qilish faqat turli individual alomatlar majmui
aniqlanganda mumkin. Xususiy alomatlarga quyidagilar kiradi: alohida
shiplarning shakli va kattaligi; taqaning tishlashadigan va tovon qismida
yoriq ko‘rinishidagi deformatsiya alomatlarining o‘zaro joylashuvi va
mavjudligi; taqa teshigidan mix boshining chiqib turishi darajasi va
boshqalar.
It panjalarining umumiy alomatlari panjalarning o‘zi va ular
elementlarining shakli va kattaligi bilan tavsiflanadi. Masalan, yirik
itlarning izlari bo‘ri izlari bilan o‘xshashliklarga ega va shuning uchun
ularning farq qiluvchi jihatlarini qunt bilan o‘rganish zarur. Xonaki
itlarning izlarida faqat tovoning oldingi qismi izlari qoladi, 4 ta barmoq
joylashgan yostiqcha kuchli tirnoq izlari bilan ta’minlanadi.
It panjalarining xususiy alomatlari panjaning tug‘ma va orttirilgan
kamchiliklari o‘zaro joylashuvining kattaligi va shakli bilan tavsiflanadi.
Izlarning kattaligi itlarning zoti va uning gavdasiga bog‘liq.
Trasologiya ekspertizasi rivojining hozirgi bosqichida chiziqli
fragment va kamdan-kam uchraydigan nuqtalar ko‘rinishidagi panjaning
tovon qismida joylashuvchi papillyar tipli naqshlardan foydalanish juda
istiqbollidir. Hozirgi vaqtda tadqiqotning ushbu metodikasi yetarlicha
ishlanmaganligiga qaramay, it panjalarining biologik naqshlaridan
hayvonlarni identifikatsiya qilishning muqobil mezonlaridan biri sifatida
foydalanish imkoniyatini hisobga olish mumkin bo‘ladi.
Hayvon izlarini qidirishda, ularni o‘rganish va qayd etishda yil-
qichilik, it bilan shug‘ullanish, ovchilik sohasidagi tegishli mutaxassislar
va zoologlarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ular o‘ziga xos tavsifga
ega bo‘lgan hayvonlarning turlarini aniq belgilashda yordam berishi
mumkin.
297
Do'stlaringiz bilan baham: |