A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Kiyim izlarining trasologik ekspertizasining metodikasi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
7. Kiyim izlarining trasologik ekspertizasining metodikasi 
 
Ushbu turdagi ekspertizalar trasologik ekspertizalarning umumiy 
metodikasi asosida o‘tkaziladi. Ammo, kiyimlarning izlari bilan ishlashda 
bir qator o‘ziga xos xususiyatlar mavjud.  
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olinayotgan obyektlar, ushbu 
obyektlardagi izlar buzilib yoki yo‘qolib ketmaydigan qilib o‘rab–
joylashtirilishi lozim. 
Olinayotgan obyektlarda aniqlangan mayda zarrachavlar va tolalarni 
probirkalarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kiyim izlari 
mavjud bo‘lgan obyektlarni o‘rab–joylashtirish uchun ixtiyoriy matodan 
foydalanish mumkin emas. 
Kiyimlar izlarining kriminalistik tadqiqotlarining obyektlari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: iz mavjud bo‘lgan buyumlar, izlarning yopishqoq 
tasmalarga ko‘chirilgan turli nusxalari, izlarning modellari — gips va 
polimer materiallardan tayyorlangan quyma nusxalari, shuningdek 
fotosuratlar. 
Ushbu turdagi ekspertizaga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin: 
1. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlar, kiyim izlarimi? 
2. Izlarda, kiyimlarning qanday materiali turi aks etgan? 
4. Izlarda aks etgan kiyimlarning o‘lchami va tuzilishiga oid 
xususiyatlari qanday? 
5. Izlar bir yoki bir nechta kiyimlardan hosil bo‘lganmi? 
6. Tekshirilayotgan izlar, tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlar yoki 
ularning muayyan sohalaridan qoldirilganmi va ularning hosil bo‘lish 
mexanizmi qanday? 
Ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollar va izlardagi mavjud ma’lumot-
larga bog‘liq ravishda, kiyimlar izlarining tadqiqotlari identifikatsion yoki 
noidentifikatsion hususiyatga ega bo‘ladi. 
Kiyimlarning identifikatsion tadqiqotlari, iz qoldirgan aniq bir kiyim 
predmetini aniqlash uchun o‘tkaziladi.  
Noidentifikatsion tadqiqotlar esa quyidagilarni aniqlash maqsadida 
o‘tkaziladi: 
— hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlarning asosiy xusu-
siyatlarini; 


 283 
— iz hosil bo‘lish mexanizmi hamda jinoyat hodisasi bilan iz hosil 
bo‘lish mexanizmi orasidagi sababiy bog‘liqlikni; 
— iz hosil qiluvchi obyektlarning guruhiy taallluqligini. 
Tekshirilayotgan obyektlarning guruhiy taalluqliligini aniqlashda, 
tekshirilayotgan obyektning o‘ziga o‘xshash obyektlar turkumiga tegishli 
ekanligi yoki bir guruh obyektlarning kelib chiqish manbalarining bir 
xilligi bo‘yicha savollarga javob berilishi zarur. Birinchi holatda hodisa 
joyidan olingan obyektning belgilari o‘rganiladi va keyin ekspertga 
oldindan ma’lum bo‘lgan obyektlarning belgilari bilan solishtiriladi. 
Ikkinchi holatda har bir obyektning belgilari alohida o‘rganiladi va keyin 
o‘zaro solishtiriladi. 
Tadqiqotlar natijalari tekshirilayotgan izlar kiyimlarning qanday qismi 
yoki detalidan qolganligini va izlarning hosil bo‘lish mexanizmini 
aniqlashga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, izlarning o‘zaro joylashishi va 
ularda aks etgan belgilar o‘rganiladi. Kiyimlarning izlarda aks etgan 
sohalari (detallari)ni aniqlash uchun, barcha tegishli ma’lumotlardan, ya’ni 
jinoyat ishining mohiyati, hodsa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga 
oid materiallar, jinoyatchi shaxsning jismoniy ma’lumotlaridan foyda-
lanish zarur. Ushbu ma’lumotlar hodisaning mexanizmini modellashtirish 
imkonini beradi. 
Kiyimlarning iz hosil qilgan sohalari va detallarini aniqlash uchun 
izlardagi aks etgan barcha belgilarni batafsil va diqqat bilan o‘rganish 
zarur. Izlardagi belgilar (naqshlar, to‘qilishning zichligi va shu kabilar) 
kiyim matosining turi va aynan shu material hayotimizning qay sohalarida 
ko‘proq qo‘llanilishini aniqlashga imkon beradi. 
Kiyi izlarining identifikatsion tadqiqotlari quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi: 
— dastlabki tadqiqotlar; 
— alohida tadqiqotlar; 
— tadqiqotlar natijalarini baholash
— ekspertiza materiallarini rasmiylashtirish. 
Dastlabki tadqiqotlar jarayonida ekspert jinoyat ishi materiallari bilan 
tanishadi, tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarning mavjudligi va ularning 
ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishini 
aniqlaydi va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni aniqlashtirib oladi. 
Jinoyat ishi bo‘yicha materiallardan izlarni olish va saqlash sharoitlarini, 
ularni hosil bo‘lish vaqti va ekspertizaga yuborish sharoitlarini o‘rganadi; 
so‘ng ko‘rinmaydigan izlarni aniqlashga kirishadi va keltirilgan 
materiallarni taqqoslash tadqiqotlari uchun yetarliligni aniqlash bo‘yicha 
savolga javob beradi. 


 284 
Ekspertizaga keltirilgan materiallarni ko‘zdan kechirish va dastlabki 
tanishish jarayonida, ekspert birinchi navbatda amalga oshiradigan vazifa 
— bu kiyim izlarining, shu izlarni hosil qilgan obyektlarni identifikatsiya 
qilish uchun yaroqliligi haqida masalalani hal qilishdir. Kiyimlarni 
identifikatsiya qilish uchun izlarning yaroqliligi haqidagi masala faqat 
taqqoslash tadqiqotlari natijasidagina hal etilishi mumkin. 
Alohida tadqiqotlar o‘z navbatida uch bosqichga bo‘linadi: detal 
tadqiqotlar, ekspert tajribasi (eksperimenti) va taqqoslash tadqiqotlari. 
Detal tadqiqotlar jarayonida tadqiqotga taqdim etilgan izlar va 
namunalarhar bir obyektga xos bo‘lgan belgilar – individuallashtiruvchi 
xususiyatlarni aniqlash maqsadida batafsil tekshiriladi. Avval iz hosil 
bo‘lish mexanizmi aniqlanadi, so‘ng kiyimning izlar hosil qilgan sohalari 
aniqlanadi. Masalan, tekshirilayotgan izlar qanday qo‘lqop va qaysi 
barmoq bilan qoldirilgan savolga javob berishda, izlarning o‘zaro 
joylashishi, egilish qatlamlar va choklarni tekshirish natijalariga asoslanish 
lozim. Qo‘lqoplardagi egilish qatlamlarning holati qo‘l barmoqlarining 
falangalar aro qatlamlarining holatiga mos keladi. Qo‘lqoplarning ikkinchi 
va to‘rtinchi barmoqlarida yuqori egilish qatlamlari uchinchi barmoqning 
o‘rta falangasining yarmigacha bo‘ladi. Qo‘lqopning beshinchi 
barmog‘ining eng yuqori qismi (chegarasi) to‘rtinchi barmoqning yuqori 
egilish qatlamining darajasida joylashadi. Qo‘lqopning birinchi barmog‘i, 
boshqalardan farqli ravishda, faqat ikkita egilish qatlamiga ega bo‘ladi. 
Qo‘lqoplar barmoqlarining uchlari izlarda oavlsimon yoki to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklda aks etadi.  
Taqqoslash tadqiqotlarini o‘tkazish uchun eksperimental namunalar 
olish kerak. Kiyim izlarining eksperimental nusxalari umumiy qoidalar 
asosida olinishi kerak — eksperimental namunalar tekshirilayotgan izlarga 
o‘xshash bo‘lishi shart. Shuning uchun, eksperiment tajribalarini 
o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyda izlar hosil bo‘lgan sharoitlarni 
maksimal darajada hisobga olish shart. Masalan, ekspert tajribalarini 
o‘tkazishda, tekshirilayotgan kiyimlarni kiyish va undan keyingina 
eksperimental namunalar olinishi kerak. Ammo, ta’kidlash joizki, 
eksperimentator (ekspert tajribasida ishtirok etayotgan va tekshirilayotgan 
kiyimlarni kiyib, tegishli harakatlarni amalga oshiradigan shaxs) bilan 
gumon qilinuvchining antropometrik xususiyatlari to‘liq mos kelishi shart 
emas. Masalan, eksperimentatorning qo‘llari tekshirilayotgan qo‘lqopdan 
kattaroq bo‘lsa, ushu qo‘lqopning izda aks etadigan belgilari o‘zgarishi 
mumkin. Dekin ko‘p hollarda, izlarda aks etadigan belgilar deyarli 
o‘zgarishsiz bo‘ladi va shuning uchun, tajriba jarayonidagi kichik 


 285 
chetlashish va og‘ishlarni inobatga olgan holda, ayniyat bo‘yicha masala 
ijobiy hal etilishi mumkin. 
Eksperimental namunalar rangli va rangsiz bo‘lishi mumkin. Kiyim 
detallarini bo‘yash uchun kukunsimon bo‘yovchilar va tipografiu 
bo‘yodan foydalanish mumkin. 
Eksperimental namunalarni olishda quyidagi qoidalarga rioya etish 
zarur: 
— eksperimental namunalarni turlicha kattalikda kuch bilan ta’sir 
qilib olish kerak, chunki, kiyim matolarining egiluvchanligi izlarda 
ularning belgilarini aks etishiga ta’sir ko‘ratishi mumkin; 
— iz qabul qiluvchi obyektning sirti tekis, ya’ni belgilarni sifatli 
o‘tkazishga yaroqli bo‘lishi kerak. Shisha, plastik, qog‘oz va shu kabilar 
tajriba uchun yaroqli bo‘ladi; 
— tajriba o‘tkazishda, kiyim materialining holati, tekshirilayotgan 
izlar hosil bo‘lgandagi holatiga mos kelishi kerak. 
Agar tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlar ifloslangan bo‘lsa, uning 
sirtini suv bilan yuvish va keyin to‘g‘rilangan hoda quritish lozim. 
Charmdan tayyorlangan buyumlar tozalanganidan so‘ng, ularning 
elastikligini tiklash maqsadida, sirtiga yog‘li moddalar (kosmetik krem va 
shu kabilar) bilan ishlov berish kerak 
Tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarni kimiyoviy usul bilan tozalash, 
mexanik yuvish va dazmollash mumkin emas, chunki bunda kiyim matosi 
deformatsiyalanishi va natijada izlarning belgilari o‘zgarishi yoki yo‘qolib 
ketishi mumkin. 
Taqqoslash tadqiqotlari tekshirilayotgan obyektlarning umumiy identi-
fikatsion belgilarni solishtirishdan boshlanadi. Ushbu jarayonda aniqlan-
gan farqlar, ayniyat bo‘yicha salbiy (rad etuvchi) xulosa chiqarishga sabab 
bo‘ladi. Ammo, tekshirilayotgan mato sirti tuzilishi yoki kiyim tashqi 
qoplamasining ifodalovchi belgilarning o‘xshashligi ayniyat haqida xulosa 
chiqarishga asos bo‘la olmaydi, chunki ushbu belgilar guruhiy ahamiyatga 
ega bo‘lib, individual yig‘indini hosil qila olmaydi. 
Tekshirilayotgan obyektlarning xususiy identifikatsion belgilari 
umumiy belgilarni solishtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan farqlar 
aniqlanmaganda boshlanadi. 
Xususiy belgilarni solishtirishdan oldin eng yaxshi ifodalangan belgi 
— oriyentirni aniqlab olish kerak. Oriyentirni aniqlagandan so‘ng, u bilan 
yonma–yon joylashgan boshqa belgilar, kiyimning detallari tekshiriladi. 
Taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan, o‘zaro o‘xshash bo‘lgan 
umumiy va xususiy belgilarni baholashda, ushbu jarayonda aniqlangan 


 286 
farqlarni ham albatta inobatga olish kerak. Ushbu farqlarning mavjudligi iz 
hosil  
bo‘lish mexanizmi, vaqtga doir o‘zgarishlar va jinoyat ishining shart–
sharoitlari bilan izohlanishi mumkin. 
Juda ko‘p hollarda, taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan farqlarni 
izohlash uchun, tajribalar jarayoniga, jinoyat ishi mohiyatini o‘rganish 
jarayoniga qayta murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatda ekspert–
trasolog aniqlangan farqlarning hosil bo‘lish sabablarini aniqlashi va ularni 
tushuntirib bera olishi kerak. Farqlarni aniqlash va ularning kelib chiqish 
sabablarini tushuntirish, ayniyat bo‘yicha masalalarni hal etishda xuddi 
o‘xshash belgilar yig‘indisini aniqlash kabi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ekspertning xulosasi tadqiqotlar jarayonida anqlangan o‘xshash va 
farq qiluvchi belgilarni baholash asosida shakllantiriladi. Bunda ekspert 
o‘zining butun tadqiqotlar davomida shakllanadigan ichki ishonchi va 
ilmiy qoidalarga tayanadi. Ayniyat haqida xulosa chiqarish uchun 
tekshirilayotgan obyekt va izlarni ifodalovchi belgilar yig‘indisi o‘zaro 
mos kelishi (o‘xshash bo‘lishi) hamda qarama–qarshiliklar bo‘lmasligi 
kerak. Undan tashqari, taqoslashda aniqlangan farqlarni hosil bo‘lishi 
ilmiy asoslangan holda tushuntira oladigan bo‘lishi lozim. 
Ekspertiza materiallari umumiy qoidalar asosida rasmiylashtiriladi. 
Tekshirilayotgan obyektlardagi o‘xshash belgilarni ko‘rsatish (belgilash) 
uchun quyidagilardan foydalaniladi: 
— aks etgan qatlamlar punktir (uzuq–uzuq chiziqlar) bilan belgila-
nadi; 
— poralarning aksi va charm mahsulotlardagi mereyalarning belgilari 
ko‘rsatkichlar (strelkalar) yoki nuqtalar bilan belgilanadi; 
— choklarning va turli nuqsonlarning aks etishlari aylanasiga chiziq 
bilan o‘rab qo‘yiladi yoki ko‘rsatkichlar (strelkalar) bilan belgilanadi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish