2. Kiyimlar materiallarining tasniflanishi, ularning tuzilishidagi
xususiyatlari va tayyorlash texnologiyalari
Kiyim mahsulotlarning barchasi mayishiy va maxsus kiyimlarga
bo‘linadi. Mayishiy kiyimlarning mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra quyidagi
besh turdagi mahsulotlar mavjud:
a) ichki kiyimlar; b) ustki kiyimlar; v) paypoqlar; g) qo‘lqoplar; d)
bosh kiyimlar va ro‘mol–sharflar.
Har bir guruh mahsulotlari o‘z navbatida odamlarning yoshi va jinsiga
mo‘ljallanganligiga (erkaklar va ayollar kiyimi, bolalar, o‘smirlar va
kattalar kiyimi) hamda kiyimlarning mavsumiyligiga (qishki–kuzgi va
bahorgi–yozgi kiyimlar) ko‘ra kichik guruhlarga bo‘linadi
Maxsus kiyimlar odamlarni turli mehnat jarayonlarida (harorat, suv,
kislotalar va shu kabilar ta’siridan) himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Kiyimlarni tayyorlash uchun asosiy va qo‘shimcha materiallardan
foydalaniladi. Asosiy materiallar to‘qimachilik, charm va polietilen
mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Kiyimlar asosan to‘qimachilik
mahsulotlardan tayyorlanadi va ularning o‘zi quyidagi turlarga bo‘linadi:
ip gazlamalar, trikotaj gazlamalar va to‘qilmagan gazlamalar.
246
Trikotaj — bir yoki bir necha iplarni turli usullarda to‘qish yo‘li bilan
olingan mato yoki tayyor mahsulot. Trikotaj materiallarga silliq (glad —
gul solib tikilgan) matolar — paypoqlar, kapron paypoqlar, qo‘lqoplar va
shu kabilar, cho‘ziluvchan matolar (lastik — rezina ip qo‘shib to‘qilgan)
— ichki kiyimlar, sportchilar kiyimlari, ustki trikotaj hamda atlas —
yengil shohi liboslar va ichki kiyimlar kiradi.
Trikotaj mahsulotlari tuzilishiga ko‘ra ko‘ndalang to‘qilgan (kulirli) va
asosiy to‘qilgan yoki bittali (bir fonturli) hamda ikkitali (ikki fonturli)
turlarga bo‘linadi. Trikotaj mahsulotlarini to‘qishda hosil qilinadigan
sirtmoqlar trkotajning asosiy elementi hisoblanadi.
Bir gorizontal qatorda joylashgan sirtmoqlar sirtmoqlar qatorini, bir-
biri bilan ustma–ust joylashgan sirtmoqlar esa — sirtmoqlar ustunini
tashkil qiladi. Ikkita yonma–yon joylashgan sirtmoqlarning markazlari
orasida masofa sirtmoqlar qadami deb ataladi, ikkita sirtmoqlar
qatorlarining markazlari orasidagi masofa esa sirtmoq qatorining
balandligi deyiladi.
Trikotajning zichligi tomonlarining uzunligi 50 mm bo‘lgan kvadrat
ichidagi sirtmoqlar soni bilan ifodalanadi. Trikotaj zichligining quyidagi
turlari mavjud:
– gorizontal bo‘yicha zichlik (Rg) — sirtmoqlar qadam (ustun)larining
miqdori;
– vertikal bo‘yicha zichlik (Rv) — sirtmoq qatorlarining miqdori.
Trikotajning umumiy zichligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
R = Rg * Rv
1–rasm. Kulirli matoning tuzilishi:
A — sirtmoq qadami, V — sirtmoq qatorining balandligi.
247
Trikotajlarning to‘qilishi uchta turga bo‘linadi: asosiy, hosil qilingan
va suratli.
Asosiy to‘qilishlar kulirli (ko‘ndalang to‘qilgan) va asosiy to‘qilgan
bir yoki ikki fonturli bo‘ladi. Ular o‘zaro yig‘indisi oddiy tuzilishni tashkil
qiladigan bir xil sirtmoqlardan tashkil topadi. Ushbu to‘qilishlarning
turlarini ko‘rib chiqaylik:
Silliq to‘qilish (glad) — bittali to‘qilish. Amaliy faoliyatda juda ko‘p
uchraydi, matoning oldi tomonidagi surat sirtmoqli yoy shaklida bo‘ladi,
ich tomoni (astari) silliq bo‘ladi.
Lastik (lastik — rezina ip qo‘shib to‘qilgan mato) — ikkitali to‘qilish,
matoning har ikki tomoni yuza hamda ich (astar) sirtmoqlaridan tashkil
topadi. Ushbu sirtmoqlarning ketma–ketligiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda,
ushbu turdagi mahsulotlarning yuza va ich (astar) tomonlarining tashqi
ko‘rinishi bir xil bo‘ladi.
Zanjir — bir ipdan iborat va o‘zaro ustma–ust joylashgan
sirtmoqlardan iborat to‘qilish. Bunday to‘qilish odatda, matoda turli
suratlar hosil qilish maqsadida boshqa turdagi to‘qilishlar bilan birgalikda
qo‘llaniladi.
Triko — sirtmoqlar ustuning zigzaksimon tuzilishi bilan
xarakterlanadi. Bunday to‘qilish ham, matoda turli suratlar hosil qilish
maqsadida boshqa turdagi to‘qilishlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Atlas — bunday to‘qilishda, har bir ip (tola) barcha ustunlarda yangi
sirtmoq hosil qiladi va bunda hosil bo‘layotgan sirtmoqlar qatorida
joylashgan oldingi sirtmoqqa nisbatan yangi sirtmoq siljib boradi. Bu
turdagi to‘qilishdan ichki kiyimlar va yangil matolar (shohi) ishlab
chiqishda foydalaniladi.
Hosil qilingan to‘qilish u yoki bu turdagi asosiy to‘qilishlarning o‘zaro
qo‘shilmasidan iborat bo‘ladi. Ularning eng ko‘p tarqalgani interlokli
to‘qilish (ikkita lastik) bo‘lib, quyidagicha tuzilishga ega: lastik to‘qilishlar
o‘zaro shunday qo‘shiladiki, bir lastikning har ikki sirtmoq ustunlari
orasida boshqa lastikning sirtmoq ustuni joylashgan bo‘ladi.
Suratli to‘qilish asosiy va hosil qilingan to‘qilishlar asosida hosil
qilinadi. Bunday to‘qilishdan relyef naqshli yoki muayyan fizik–mexanik
xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar (matolar) olishda foydalaniladi.
Ushbu guruhga jakkardli usulda to‘qilish kiradi.
Mato — o‘zaro perpendikular bo‘ylama (asosiy) va ko‘ndalang (utok)
ip (tola)larni to‘qish usulida to‘qimachilik ishlab chiqarishida tayyorlangan
mahsulot. Ayrim hollarda turli naqshlar va tuk (vors) hosil qilish uchun
248
alohida ip (tola)lar tizimidan ham foydalaniladi. Matolarning trikotajdan
asosiy farqi sirtmoqli tuzilishning yo‘qligi hisoblanadi.
Matolarning aosiy xususiyatlari bo‘lib rapport (takrorlanadigan
naqshlar) va matoning zichligi (1 sm
2
maydondagi asosiy (bo‘ylama) va
utok (ko‘ndalang) ip (tola)larning miqdori) hisoblanadi.
Matodagi ip (tola)larning o‘zaro to‘qilishi quyidagi turlarga bo‘linadi:
asosiy yoki oddiy; mayda naqshli; murakkab; yirik naqshli; jakkardli
to‘qilishlar.
Asosiy to‘qilishlarga yana polotno (qalin gazlama), sarja (bir xil
astarbop gazlama), atlas, satin kabilar ham kiradi.
Polotnoli to‘qilish amaliyotda keng tarqalgan. Bunday usulda
to‘qilgan matoni asosiy (bo‘ylama) iplarni utok (ko‘ndalang) iplar bilan
navbati bilan qoplash bilan olinadi. Bu usulda to‘qish bilan barcha turdagi
matolarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sarjali to‘qilish polotnoning yon qismiga, 45°S ga yaqin burchak
ostida yo‘naltirilgan diagonal hoshiyalarning mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Ushbu to‘qilish paxta, kanop, jun va shohi matolarni ishlab
chiqishda foydalaniladi. Ushbu matolarning yuz tomonida yuqorida
ta’kidlangan diagonallar pastdan yuqoriga va chapdan o‘ngga yo‘nalgan,
ich (astar) tomonida esa pastdan yuqoriga va o‘ngdan chapga yo‘nalgan
bo‘ladi.
Satinli va atlasli to‘qilish tekis va yaltiroq yuz qismli matolar olish
imkonini beradi. Satinli to‘qilish satin matolar ishlab chiqishda, atlasli
to‘qilish esa atlas, kanop, jun, shohi matolar ishlab chiqishda ishlatiladi.
Mayda naqshli to‘qilish oddiy to‘qiishlarning o‘zaro aralashtirib hosil
qilinadigan to‘qilishlar hisoblanadi. Murakkab to‘qilishlar asosiy va utok
iplarning bir necha tizimlari mavjud bo‘lgan to‘qilishlar hisoblanadi. Yirik
naqshli to‘qilishlar (jakkardli) rapporti juda ko‘plab (24 tadan ortiq) aosiy
iplardan tashkil topgan to‘qilishdir.
Charm mahsulotlari. Kiyimlarni ishlab chiqarishda qo‘y, echki, ot,
qoramol, morj, sudralib yuruvchilar va boshqa jonvorlarning terilarini
oshalab ishlab chiqariladigan chrm mahsulotlardan keng foydalaniladi.
Jonvorlarning terilarini oshlashda, terilarni tashqi qatlami olib
tashlanganda, uning sirtida turli bo‘rtiqlar va qabariqlar ko‘rinishidagi
naqshlar kuzatiladi va ular «mereya» deb ataladi.
To‘qilmagan materiallarni to‘qimachilik iplari va tolalarini qandaydir
asosga tikish yoki yelimlash usuli bilan olinadi. Juda ko‘p hollarda bunday
materiallar (namat, kigiz, fetr)dan poyafzal (piyma) va bosh kiyimlari
(shlapa)lar tayyorlashda foydalaniladi.
249
Polietilen materiallar sintetik yuqori molekular moddalardan kimyoviy
yo‘l bilan olinadi va jarrohlik va anatomik qo‘lqoplarni tayyorlashda keng
qo‘llaniladi. Polietilen materiallarning bir turi sifatida sun’iy charmni ham
keltirish mumkin.
Kiyimlarni tayyorlashda ishlatiladigan qo‘shimcha materiallar
tikuvchilik iplari va kiyim furniturasi hisoblanadi.
Tikuvchilik iplari tolalari, o‘rimi va qalinligiga ko‘ra tasniflanadi.
Jumladan, kiyim mahsulotlarini ishlab chiqarishda uch o‘ramdan iborat
iplar ishlatiladi.
Kiyimlar materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyoning
quyidagi to‘rt guruhi mavjud:
a) tabiiy tolalar — paxta, kanop, zig‘ir yoki ipak tolali matolar, shohi,
charm va hokazolar;
b) sun’iy tolalar — viskoza, atsetat va boshqalar;
v) sintetik tolalar — kapron, nitron, lavsan va boshqalar;
g) aralash tolalar — o‘zaro aralashgan tabiiy va kimyoviy tolalar.
Kiyimlarning furniturasiga izlarda ko‘plab holatlarda aks etadigan
tugmalar, ilmoq va ilgaklar, to‘qalar va shu kabilar kiradi.
Kiyimlar mahsulotlarini tayyorlash usuliga ko‘ra shartli ravishda
bichilgan, regulyar va murakkab mahsulotlarga ajratish mumkin. Bichilgan
mahsulotlar oldindan bichib tayyorlangan qismlardan tayyorlanadi.
Regulyar mahsulotlar (paypoqlar, to‘qilgan qo‘lqoplar) bir mashinada
to‘liq tayyorlanadi yoki tayyorlash jarayonida kerakli shakl beriladigan
yaxlit to‘qilgan qismlardan tayyorlanadi. Murakkab mahsulotlar esa
yuqoridagi ikki usul yordamida olinadi.
Kiyimlarning alohida qismlarini tayyorlash va o‘zaro birlashtirish,
shuningdek ularning chetlariga ishlov berish uchta usul yordamida amalga
oshiriladi: ipli, yelimli va payvandli usullar (ushbu nomlash shartli
hisoblanadi)
Kiyimning alohida qismlarining o‘zaro birlashgan (birlashtirish) joyi
chok deb, o‘zaro birlashtirilayotgan matolarning igna bilan teshilgan
teshiklari orasidagi joy — stejka deb ataladi. Stejkalarning ketma–ket
joylashishi qatorni tashkil qiladi.
Kiyimlarni tayyorlashda foydalaniladigan ipli choklar birlashtiruvchi,
chetki va naqshli choklarga ajratiladi.
Yelimli usuldan kiyimlarni alohida qismlari (etaklari, yoqasi, yelka
qismi, cho‘ntaklari va hokazolar)ga muayyan shakl, qattiqlik berish
maqsadida ishlov berishda foydalaniladi.
Payvandlash usulida polieilent yoki sintetik to‘qimachilik materiallar-
dan tayyorlangan kiyimlarning qismlarini o‘zaro birlashtirishda foyda-
laniladi.
250
Do'stlaringiz bilan baham: |