A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik hisoboti (xulosasi)



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/189
Sana11.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#542278
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   189
Bog'liq
АУдит дарслик kurildi 2

Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik hisoboti (xulosasi) 
Biz AVS kompaniyasining 20X3 yil 31 dekabrga holatiga bo’lgan moliyaviy 
holat to’g’risidagi hisobotidan, ko’rsatilgan sanada tugagan yil mobaynida foyda 


272 
va zararlar to’g’risida hisobotdan, xususiy kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risida 
hisobotdan, pul oqimlari to’g’risida hisobotdan, shuningdek hisob siyosati 
ahamiyatli qoidalarining qisqacha tavsifi va boshqa izohlovchi ma’lumotlardan 
iborat bo’lgan ilova qilinayotgan moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazdik. 
Kompaniya rahbariyatining moliyaviy hisobotlar uchun javobgarligi
Kompaniya 
rahbariyati 
mazkur 
moliyaviy 
hisobotlarni 
Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va haqqoniy taqdim etish, 
shuningdek Kompaniya rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan 
muhim buzib ko’rsatishlardan xoli moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur 
deb hisoblaydigan ichki nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’ladi. 
Auditorning javobgarligi
Bizning javobgarligimiz mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha o’zimiz 
o’tkazgan audit asosida fikr bildirishdan iborat. Biz auditni Auditning Xalqaro 
Standartlariga muvofiq o’tkazdik. Mazkur standartlar bizga axloqiy talablarni 
bajarish, shuningdek auditni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar 
mavjud emasligiga oqilona ishonch bildirishni ta’minlaydigan tarzda rejalashtirish 
va o’tkazish majburiyatini yuklaydi. 
Audit moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan summalar va ochib beriladigan 
ma’lumotlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish uchun tartib-taomillarni bajarishni 
o’z ichiga oladi. Tanlangan tartib-taomillar auditorning mulohazasiga, shu 
jumladan firibgarlik yoki xato tufayli moliyaviy hisobotlarda yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan muhim buzib ko’rsatishlar risklariga berilgan bahoga bog’liqdir. 
Bunday risklarni baholashda, tadbirkorlik sub’ekti ichki nazorat tizimining 
samaradorligi to’g’risida fikr bildirish maqsadida emas, balki vaziyatga mos 
keladigan auditorlik tartib-taomillarini ishlab chiqish maqsadida, auditor 
tadbirkorlik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini tayyorlashi va haqqoniy taqdim 
etishi bilan bog’liq bo’lgan ichki nazorat tizimini ko’rib chiqadi. Audit o’tkazish 
qo’llanilayotgan hisob siyosatining maqbulligini va tadbirkorlik sub’ekti 
rahbariyati tomonidan hisoblab chiqilgan baholarning asosliligini baholashni, 


273 
shuningdek moliyaviy hisobotlarning umumiy ifodalanishini baholashni ham o’z 
ichiga oladi. 
Biz o’zimiz olgan auditorlik dalillari o’z auditorlik fikrimizni qo’shimcha 
izohlar bilan bildirishda asos sifatida tayanish uchun etarlicha tegishli dalillardir 
deb hisoblaymiz. 
 
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos 
Kompaniya tovar-moddiy zaxiralari moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida 
xxx miqdorida aks ettirilgan. Kompaniya rahbariyati tovar-moddiy zaxiralarni 
ularning tannarxi va sof sotish qiymati ikkalasidan eng kichigi bo’yicha aks 
ettirmagan, biroq ularni faqat tannarx bo’yicha aks ettirganki, bu Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlaridan chetga chiqish hisoblanadi. Kompaniya 
yozuvlariga ko’ra, agar rahbariyat tovar-moddiy zaxiralarni tannarx va sof sotish 
qiymati ikkalasidan eng kichigi bo’yicha aks ettirganda, tovar-moddiy 
zaxiralarning sof sotish qiymati bo’yicha aks ettirish uchun tovar-moddiy zaxiralar 
qiymatini xxx summaga pasaytirish talab etilgan bo’lar edi. Binobarin, sotuvlar 
tannarxi xxx ga ko’paygan, foyda solig’i, sof foyda va aktsiyadorlik kapitali 
tegishli ravishda xxx, xxx va xxx ga kamaygan bo’lar edi.
 
Qo’shimcha izohlar bilan fikr
Bizning fikrimizcha, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos 
ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihatning ta’sirini istisno etganda, 
moliyaviy hisobotlar AVS kompaniyasining 20X3 yil 31 dekabrgacha bo’lgan 
moliyaviy holatini, ko’rsatilgan sanada tugagan yil mobaynida uning moliyaviy 
natijalarini va pul oqimlarini barcha muhim jihatlarda Moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy aks ettiradi (yoki 
haqqoniy va to’g’ri 
tasavvur beradi
).
Auditorning imzosi 
Auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasi 
Auditorning manzili 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish