Adresat va adresant faktorlari
Nutqda o’zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo’ladigan paralingvistik vositalar alohida o’rin egallaydi. Diskurs jarayonida adresant va adresatning nolisoniy vositalaridan foydalanishlarning quyidagi ko`rinishlari kuzatiladi. 1.Adresantning lisoniy ko`rinishidagi so`roq fikriga yoki iltimos, maslahat yoxud mulohazasiga adresat nolisoniy vosita orqali javob beradi. Suyun burgut bedazor o`rtasidagi yog`och karavatga borib o`tirdi. Marjonoy qo`rqa-pisa unga yaqinlashdi.
-Nima bo`ldi? Nega tog`dan barvaqt qaytdingiz. Suyun burgut qo`lini horg`in silkitdi.
- Yana boshlandi! – dedi uf tortib. (Adolat manzili 35 bet).
Bu muloqotda adresantning savoliga adresat lisoniy vositalar yordamida javob bergan va so`zlovchi yonidagi sherigining nima deyotganini anglab oladi. Aloqa – aralashuv jarayonidagi kommunikantlarning ishoraviy harakati (boshning vertikal harakati)ni yozuvchi ishora fellari bilan ifodalaydi. (bosh irg`amoq). Bu o`rinda bosh irg`amoq fe’li ikkilamchi ma’no kasb etib, umumiy tasdiq ma’nosini bildiradi.
- Hozir biz bu kishini emas, - Sharnovskiy Mansur meshga imo qildi, - sizni tergov qilyapmiz. O`zingdan gapir, Suvonqulov! Xo`sh, chiqarasanmi yashirgan pullaringni yo ...
Suyun burgut qaysargina bosh chayqadi. Yashirgan bir tiyinim ham yo`q!
(Adolat manzili 45 bet). Ishorafe’llariningishoraviyma’nosiramziyma’nobo`lib, jonli muloqot davomidagi ishoraviy harakatning lisoniy belgisi sanaladi: yelkasini uchurmoq – bexavotirlik, bosh tebratmoq – inkor, mushtini tugmoq – darg`azab bo`lmoq, achchiqlanmoq.
- Iloji bo`lsa, jurnalistika sohasida o`qimoqchiman.
- Nega iloji bo`lmas ekan? – dedi Klora.
- Xohlasangiz, Moskvaga o`qishga jo`nataman! Lochin yelkasini uchirdi: (Adolat manzili 56 bet). Keltirilgan bu muloqotda esa yelkasini qismoq bilmadim degan ma’no anglatib, ya’ni hali bir qarorga kelmaganligi sezilib turibdi.
2. Adresantning nutqiy shakldagi fikriga adresat tomonidan nolisoni javob beriladi va lisoniy shaklda ta’kidlanadi.
-Suyun burgut qo`lini horg`in silkitdi.
– Yana boshlandi! – dedi uf tortib. (Adolat manzili 35 bet).
3. Adresantning ishoraviy savoliga javob beradi. Adresat lisoniy vosita bilan javob beradi. Muloqotning bu shaklida kommunikantlarning mavqei va holati ahamiyatli sanaladi. Adresantning yoshi katta ijtimoiy mavqei, lavozimi adresatdan yuqori yoki teng bo`lishi, ayrim hollarda vaziyat lisoniy aloqani talab qilishi kerak bo`ladi.
Hibsxonaga birinchi bo`lib kirgan keksaroq militsioner, qovog`ini uyib Suyun burgutga qaradi. Sening ishingmi, bu, Burgut beganday
- Bir bo`hton yetmovdi, ikkinchisini boshlamoqchimisiz? Bug`ilib dedi u …
4. Diskurs jarayonida har ikkala suhbatdosh nutqiy bo`lmagan shaklda aloqaga kirishadilar va o`zaro fikr almashadilar.
Masalan, savol nazari bilan qarashi tinglovchi ham gapir deganday bosh irg`ashi. Aloqa – aralashuv jarayonidagi lisoniy muloqot bilan nolisoniy muloqotning matnida ishora anglatgan ma’no muallif tomonidan izohlab kelinadi. Bu izoh ishora fe’llari va uning anglatgan ma’nosidan iborat bo`ladi.U “to`g`rimi” degandek qaradi. Vazmin bosh qimirlatib qo`ydi.
Bundan tashqari kommunikatsiya jarayonida nigoh (ko`z) va bosh harakatlari muloqotni shakllantiruvchi vositalar bo`lib kelmoqda.
- Suyun burgut! – dedi direktor qovag`ini uyib. – Burgut-ye mening ulim! Ulim bo`lmasa ... ikki ming yilqini inonib topshirib qo`yarmidim, Burgutga? (Adolat manzili 46 bet).
Ta’kidlaganimizdek muloqot jarayonida lisoniy vositalardan tashqari nolisoniy ekstralingvistik va paralingvistik vositalarning o`rni katta bo`lib, so`zlovchi bu vositalardan o`rinli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
- Yolg`on so`z bul! Yolg`on! – Mansur mesh go`dakning boshiday yum-yumaloq, yumshoq mushti bilan xontaxtani gurs etib urdi. Dir-dir titragan qo`llarini dasturxondagi guldor ro`molchaga cho`zganicha Buning hammasi uyushtirilgan, tashkil qilingan! Esa, ... shu kolxozda o`ttiz yil boshliq bo`lib ... kimga yomonlik qildi kamina? (Adolat manzili 38 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |