270
(a)
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq
tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy
hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim
etilmaganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini);
yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra
tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda,
moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq
tayyorlanmaganligini.
Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi
tufayli fikr bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda
quyidagilarni ko’rsatishi lozim:
(a)
Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda
tavsiflangan jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli
auditor auditorlik fikrini
bildirish uchun asosni ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish
imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli ravishda,
(b)
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi.
Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning
javobgarligi tavsifi
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda,
auditorning
javobgarligi tavsifiga auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan
auditorlik fikrini bildirishga asosni ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir,
deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi
tufayli fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning
kirish paragrafiga moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini
ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.
Shuningdek, auditor
271
auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat
quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim:
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazgan
audit asosida bildirishdan
iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda
tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni
ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega
bo’lganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga
misollar
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar
mavjudligi
tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi
tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga
ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti
(xulosasi).
4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha
tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga
ega emasligi tufayli fikr
bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).
5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida
etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr
bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).
Masalan,
MUSTAQIL AUDITOR HISOBOTI (XULOSASI)
[Tegishli adresat]
Do'stlaringiz bilan baham: