265
Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda
muhim buzib ko’rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa;
Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar
mavjud emas degan xulosaga kelish imkonini beradigan
etarlicha tegishli
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa.
Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish
Auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim:
Etarlicha tegishli
auditorlik dalillarini olgach, auditor
buzib
ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun
muhim hisoblanadi, lekin ular keng qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa;
Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, biroq u topilmagan buzib
ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin
bo’lgan ta’siri muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin
emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa.
Salbiy fikr bildirish
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib
ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham
muhim, ham keng qamrovli hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr
bildirishi lozim.
Fikr bildirishdan bosh tortish
Auditor, agar u o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa va topilmagan buzib
ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin
bo’lgan ta’siri ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkin, degan xulosaga
kelgan bo’lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek, agar auditor (ko’p
sonli noaniqliklardan iborat bo’lgan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir
jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining
266
potentsial o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir
ko’rsatishi mumkinligi tufayli moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish
mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham, fikr
bildirishdan bosh tortishi
lozim.
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati
tomonidan cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini
olish mumkin emasligi oqibatlari
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti
rahbariyati audit ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular
auditor fikriga ko’ra, moliyaviy hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr
bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab qilishi mumkin bo’lsa, auditor
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni so’rashi lozim.
Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib
tashlashdan bosh tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv
yuklatilgan shaxslarning
barchasi tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni
istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 260 sonli AXSga
muvofiq
xabardor qilishi
5
va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun
muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi
lozim.
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega
bo’lmasa, u buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: