7-modda
Istisnolar
Ushbu Bitimning qoidalari, har qaysi Ahdlashuvchi Tomoni yoki har qanday uchinchi davlat fuqarolari va shirkatlariga berilgan eng qulay sharoitli tartibotga nisbatan kam bo‘lmagan tartibot berilganda, birorta ham Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari va shirkatlarini boshqa Tomonga har qanday afzallik yoki yengillik tartibotini tatbiq etishga majbur etmaydi, chunonchi:
a) Ahdlashuvchi Tomondan istagan biri har qanday mavjud yoki kelajakda yaratiladigan bojxona ittifoqi yoxud shunga o‘xshash xalqaro kelishuv a’zosi bo‘la olishi yoxud,
b) Soliq solish shartlariga to‘liq yoki asosan tegishli har qanday xalqaro kelishuv yoki shartnoma yoxud ichki qonunchilik bilan bog‘liq soliq solish shartlarining to‘liq yoki asosan tegishlisi bo‘lganda.
8-modda
Sarmoya qiluvchi va qabul qiluvchi davlat o‘rtasidagi nizolarni hal qilish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki shirkati va boshqa Ahdlashuvchi Tomon o‘rtasida oxirgisining ushbu Bitimdagi avvalgi sarmoyalarga nisbatan o‘zaro kelishuv orqali hal etilmagan nizolariga tegishli majburiyatlari fuqaroning yoki shirkatning xohishiga binoan, da’vo ochish haqidagi yozma bildirishdan uch oy o‘tgandan keyin xalqaro hakamlar sudiga oshiriladi.
2. Da’vo xalqaro hakamlik sudiga oshirilayotgan paytda fuqaro yoki shirkat va javobgar Ahdlashuvchi Tomon da’vo bo‘yicha o‘z da’volarini yoxud:
a) Sarmoya nizolarini hal qilish bo‘yicha Xalqaro Markazga (1965-yil 18-martda Vashington shahrida imzolash uchun ochiq bo‘lgan Davlatlar va boshqa Davlatning fuqarolari o‘rtasidagi sarmoya nizolarini hal etish to‘g‘risidagi Konvyensiya qoidalarini qo‘llash mumkin bo‘lgan joyda, va Ma’muriy Yarashtirish to‘g‘risidagi Qo‘shimcha Nizom, Hakamlik sudi va Nazorat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tan olib); yoxud,
b) Xalqaro Savdo Palatasining Hakamlar sudiga; yoxud
c) Tomonlarning kelishuviga muvofiq saylangan sud, xalqaro hakamga yoki ad hoc hakamlik tribunaliga, maxsus bitim bilan tayinlangan yoki tashkil bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi komissiyasining Hakamlik reglamentiga muvofiq murojaat qila oladi.
Agar da’vo haqida yozma bildirilgan kundan uch oy o‘tgandan so‘ng, ishni hal etishda yuqorida qayd etilgan taomillardan birortasi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, da’vo u yoki bu tomon fuqarosi yoki shirkatning yozma iltimosiga binoan, bahslashuvchi tomon sifatida da’vo berilgan paytda amaldagi xalqaro savdo huquqining Hakamlik reglamentiga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti komissiyasining Hakamlik sudiga topshiriladi. Tomonlar bu qoidalarni o‘zgartirish istagini yozma ravishda bildirib murojaat qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |