A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet56/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Tortib olish (deprivation). Mazkur ishda qo‘llanilayotgan BITning 5-moddasida investitsion mulk tortib olinganda, unga kompensatsiya to‘lash lozimligi belgilab qo‘yilgan. Biroq ushbu modda xalqaro odat huquqidagi “ommaviy tartibni saqlash maqsadida investitsion mulk tortib olinganda, bunday tortib olish noqonuniy deb topilmaydi” degan qoidaga bo‘ysundirilgan edi. Shuningdek, arbitraj sudi “davlat tartibotni umumiy amalga oshiruvchi tashkilot sifatida, ommaning farovonligini yanada yaxshilash maqsadida, hech qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymagan holda tartib o‘rnatsa, xorijiy kompaniyaga kompensatsiya to‘lash majburiyatini olmaydi” degan xalqaro huquq qoidasiga alohida e’tibor qaratdi. Sud mazkur ishda yuqorida keltirilgan qoidalarga asoslangan holda vaziyatni talqin qilish lozim deb topadi. Albatta, bunday vaziyatlarda qanday chora-tadbirlar kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuzaga keltirmaydigan chora-tadbirlar ekanligi aniq yoritib berilmaganligi sababli investitsion nizolarni hal etishda, ularning tabiati va vaziyatiga baho bergan holda sud tomonidan kompensatsiya to‘lash yoki to‘lamaslik chorasi deb topilishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz zarur. Ushbu nizoda Arbitraj sudi Chexiya tomonidan IPB bankining davlat boshqaruviga olinishi chorasi “davlat tomonidan ommaviy faravonlikni ko‘zlagan holda amalga oshirilgan chora” sifatida baholadi va xalqaro odat huquqi bo‘yicha kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklanmasligini ta’kidladi. Bu esa Chexiya tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar BITning 5-moddasidagi tortib olishga to‘g‘ri kelmasligini anglatar edi.
Adolatli va xolis munosabatda bo‘lish. Mazkur ishda qo‘llanilayotgan BITning 3-moddasi 1-qismida mezbon mamlakatning investor mulkiga nisbatan adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyati mavjud bo‘lib, u xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezoni bilan bir xil yoki farqlanishini aniqlash talab etildi. Sud, mazkur modda xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezoni bilan bir xil emasligini ta’kidladi. Mazkur BITning 3-moddasida belgilangan adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezoni haqida sud shunday deydi: ushbu belgilangan mezon xorijiy investitsiyaning kelajagi bilan birgalikda shartnoma taraflari bo‘lgan ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni ham maqsad qilganligi bois, chet el investorini haddan ortiq himoya bilan ta’minlashni ham biroz tanqid ostiga oldi. Ya’ni sud, chet el investorini keragidan ortiq darajada himoya qilish, shartnoma taraflari bo‘lgan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka putur yetkazishi mumkinligini ham yoddan chiqarmaslik lozimligini ta’kidlab, bunday vaziyatning yuzaga kelmasligi uchun muhokama etilayotgan moddani, tarozining ikki pallasini ham barobar qo‘yib, sharhlash lozim deydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyati, mezbon mamlakat tomonidan ommaviy manfaatni himoya qilish uchun qabul qilinadigan chora-tadbirlarni unga tegishli bo‘lgan huquq ekanligini rad etmagan holda, chet el investorining o‘zi kiritgan investitsiyadan kutgan foydasiga putur yetkazmay, unga adolatli munosabatda bo‘lish orqali xorijiy investorning kapitalini himoya bilan ta’minlashni ham talab etadi. Mazkur ishda esa Chexiya hech qanday asosli sabablarsiz IPB bankiga nisbatan qolgan uchta yirik bankdan farq qiluvchi choralarni qo‘lladi va bu bilan u da’vogarning investitsiyasidan kutganlariga putur yetkazdi. Demak, bu harakati bilan u adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyatini bajarmadi deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, Chexiya IPB, Saluka, Nomura tomonidan yuborilgan takliflarni ham adolat va oshkoralik kabi umum tan olingan yo‘llar bilan ko‘rib chiqmadi, shuningdek IPB, Saluka, Nomura bilan tegishli va mos keladigan usullarni qo‘llagan holda muzokaralar olib borishdan bosh tortdi. U bu harakatlari bilan ham da’vogarning umidlariga putur yetkazdi hamda adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyatini buzdi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish