A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet52/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Sud qaroriga sharh
1. Odat huquqidagi kuch ishlatmaslik prinsipi va o‘zini mudofaaa qilish huquqi.
Kuch ishlatish masalasi aralashgan nizoni BMT Xalqaro Sudiga havola etish Nikaragua qarshi AQSH ishigacha kam kuzatilgan holat edi. Ushbu ish kuch ishlatish masalasi bo‘yicha xalqaro huquqdagi turli qoidalarning tarkibini aniqlashtirish bo‘yicha yetakchi ish (leading case) bo‘lib, bundan keyingi Xalqaro Sud qarorlari va konsultativ xulosalari ham ushbu ishda berilgan qarorlarni qollab quvvatlab kelmoqda. E’tiboringizdagi nizoda AQSH tomonidan tuzilgan ko‘ptomonlama bitimda istisno masalasi bo‘lganligi uchun BMT Nizomi kabi ko‘p tomonlama bitimga asoslanib, ushbu nizoni hal etishning iloji bo‘lmadi.
Shu sababli ham sud xalqaro odat huquqiga asoslangan holda masalani ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramasdan, sudning xalqaro odat huquqidagi qoidalari borligini tasdiqlab, ularning davlatlar tomonidan yurudik majburiyat olib keladigan qoida sifatida talqin etish uchun 1970-yilgi BMT Bosh Assambleyasi deklaratsiyasi kabi hujjatlarga havola keltirishga majbur bo‘lgani keyinchalik tanqidga uchragan. Boshqa tomondan esa davlatlar amaliyoti bo‘yicha, qoidalardan farqli harakatlarni oddiygina “noqonuniy” deya hukm chiqargan. Ushbu sud ishigachaga BMT Nizomidagi o‘zini mudofaa etish va xalqaro odat huquqidagi o‘zini mudofaa etishning o‘zaro aloqasi bo‘yicha ilmiy bahslar davom etib kelgan bo‘lsa-da, sud odat huquqidagi o‘zini mudofaa qilishning sharti sifatida “qurolli hujum”ning mavjudligini bayon qildi. Bundan tashqari, o‘ta yaqinlashib qolgan qurolli hujum uchun o‘zini mudofaa qilish huquqidan foydalana olish bo‘yicha ko‘rilgan ushbu ishning savoli doirasiga kirmaydi deya, javob berishdan qochib, uni kelajakda yechilishi kerak bo‘lgan masala sifatida qoldiradi.

  1. Qurolli hujum va uning darajasiga chiqmaydigan kuch ishlatish

Sud o‘z qarorida kuch ishlatishni o‘ta og‘ir shakldagi kuch ishlatish (qurolli hujum) bilan uncha og‘ir bo‘lmagan kuch ishlatish (qurolli hujum darajasiga chiqmaydigan kuch ishlatish) masalasini o‘zaro ajratib, o‘zini mudofaaa qilish huquqi faqatgina kuch ishlatishning o‘ta ogir shakli paytidagina ruxsat berilishini bayon qiladi. Boshqa tomondan, uncha ogir bo‘lmagan kuch ishlatish – qurolli hujum emasligi uchun o‘zini mudofaaa qilish huquqidan foydalanib bo‘lmasa-da, noqonuniy tarzda davlatning ichki ishiga aralashish bo‘lgani uchun zararga uchragan davlat mutanosib qarshi choralar (proportionate counter-measures) ko‘rishi mumkin deb qaror chiqardi. 1970-yilgi BMT dekleratsiyasining kuch ishlatish orqali qasos olmaslikka oid normasini e’tiborga oladigan bo‘lsak, avvalgi nazariyaning asosligiga shubha paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, kuch ishlatish (use of force) doktrinasi bo‘yicha Sud 1970-yilgi BMT dekleratsiyasiga asoslangan holda, davlatning o‘zi kuch ishlatmaslik yo‘llari bilan, ya’ni aksilhukumat isyonchi kuchlarni tayyorlash va ularni qurol bilan ta’minlash orqali qilgan harakatlari ham kuch ishlatishga to‘g‘ri kelishini bayon etadi. Bunday holatlarda isyonchi kuchlarga moliyaviy yordam kuch ishlatishga to‘g‘ri kelmasa-da, ichki ishlarga aralashish hisoblanishini aniqlash bilan birgalikda uning qanday asoslarda shunday qarorga kelganligi aniq bo‘lmay, ishontiruvchi dalillar taqdim etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


  1. Download 7,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish