A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet54/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Harold G. Maier (ed), ‘Appraisals of the ICJ’s Decision: Nicaragua v. United States (Merits)’, AJIL, Vol.81 (1987), pp.77-183.



XI. Xalqaro iqtisodiy huquqi. Investitsiya qabul qiluvchi mezbon davlatning majburiyatlari – Saluka ishi, Ad hoc arbitraj sudi 2006-yil 17-mart. (Saluka investments vs Czech Republic 17. 03. 2006).


(A.Xakimov)
1) Nizoning yuzaga kelishi. Chexiya mamlakati 1989-yilda o‘zining eski tuzumi bo‘lmish kommunizmdan voz kechib, bozor iqtisodiyoti tuzumiga qadam qo‘ydi. Biroq bu orada u o‘zi bilan bir davlatga birlashgan Slovakiya davlatidan ajralib chiqdi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan xususiylashtirish ishlari ham boshlab yuborildi. Xususiylashtirish obyektlari orasida mamlakatning to‘rtta yirik bankining ham aksiyalari mavjud edi. Mazkur to‘rtta bankning orasida aksiyalari tezda sotilib ketgan Investment and Postal Bank (IPB) banki bo‘ldi. 1998-yilda Nomura Yevropa (Nomura xolding aksiyadorlik kompaniyasining Angliyadagi filiali, bundan keyin matnda Nomura deyiladi.) Chexiya hukumati bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng IPB bankining 46% aksiyalarini qo‘lga kiritdi. Nomura IPB bankidan sotib olingan aksiyalar va qimmatli qog‘ozlarni o‘z egaligida saqlab turish uchun Gollandiyada o‘zi tashkil etgan va mazkur ishdagi da’vogar hisoblanmish Saluka firmasining hisobiga o‘tkazib qo‘ydi.
Bu vaqtda Chexiya mamlakati-ning bank olamida bankdan kredit olgan shaxslarning uni qaytara olmay qolishi muammosi vujudga keldi va ahvol og‘irlashdi. Bu yuqoridagi yirik to‘rtta bankka ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shu sababli hukumat IPB bankidan tashqari qolgan uchta bankka ko‘mak bera boshladi. Nomura tomonidan ko‘mak berilishi talab qilinishiga qaramasdan, IPB banki allaqachon xususiylashtirilgani sababi keltirilib, hukumat tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmadi. Buning natijasida, IPB bankiga bo‘lgan ishonch pasaya boshladi va omonatchilar o‘z omonatlarini bankdan qaytarib ola boshladilar. Shundan so‘ng, 2006-yilda Chexiya Markaziy banki omonatchilarning o‘z omonatlarini ommaviy tarzda qaytarib olishlari hamda bank tizimidagi xavfsizlikni sabab qilib, IPBning boshqaruvini hukumat tasarrufiga oldi va mazkur bankning aksiyalari savdosini to‘xtatib qo‘ydi.
Bundan tashqari, boshqaruv hukumat tasarrufida bo‘lgan paytda Saluka firmasiga ham IPB aksiyalari oldi-sotdisini amalga oshirishni taqiqlovchi qaror chiqarildi. Shuningdek, Nomuraning Chexiya poytaxti Pragadagi ofisida tintuv amalga oshirildi. Shundan so‘ng, IPB Chexiyadagi yana bir katta bank bo‘lmish CSOBga qo‘shib berildi. Boshqaruv hukumat tasarrufidan chiqqanidan so‘ng Nomura va Saluka IPBga tegishli barcha aksiyalarni CSOB tasarrufiga o‘tkazishi bo‘yicha hukumat tomonidan topshiriq berildi.


  1. Download 7,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish