A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet64/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Nazorat savollari

  1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlatlar bilan ikkitomonlama investitsion shartnomalar tuzilgan?

  2. O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy investorlar o‘rtasida yuz bergan qanday nizolarni bilasiz?

  3. Sizningcha, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”i bo‘yicha yagona tushuncha va ta’rif ishlab chiqilishi kerakmi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Guido Santiago Tawil “Most favoured nation clauses and jurisdictional clauses in investment treaty arbitration” in International investment law for the 21st century: Essays in Honour of Christoph Schreuer (Christina Binder et al. eds. 2009) , pp. 9-41.

  2. Stephan W. Schill, “Most favoured nation clauses as a Basis of Jurisdiction in investment treaty arbitraition: Arbitral jurisprudence at a crossroads” in Journal of World Investment & Trade Vol. 10 (2009), pp. 189-225.



XIII. Xalqaro jinoyat huquqi va inson huquqlari. Jinoyat sodir etgan shaxslarning topshirilishi va o‘lim jazosiga oid Sooring ishi. (Soering Case, Judgement, ECHR, Series A, No.161, p.1)


(A.Umirdinov)

Faktlar xulosasi. Germaniya fuqarosi bo‘lgan 18 yoshli Yens Sooring (Jens Soering) 1985-yil mart oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari (bundan keyin AQSH)ning Virjiniya shtatida ishqiy aloqalari bo‘lgan qizning ota-onasini o‘ldirib, qochib ketayotib Angliyada 1986-yil aprel oyida firibgarlik gumoni bilan qo‘lga olinadi. Tekshirish davomida AQSHdagi qotillik yuzasidan gumonlanuvchi ekanligi ham aniqlanadi. Shundan so‘ng Virjiniya shtati sudi Sooringga nisbatan qotillik jinoyati uchun ish qo‘zg‘atganligi sababli AQSH va Angliya o‘rtasidagi ekstradiksiya qilishga oid bitimga muvofiq kerakli protseduralar boshlanadi. Angliya o‘lim jazosini bekor qilgani uchun AQSHdagi o‘z elchixonasi orqali ayblanuvchiga o‘lim jazosini bermaslikka oid diplomatik kafolotni talab qiladi. AQSH prokuraturasi esa Angliya tomonining talabini sudyaga yetkazishga va’da bersa ham, ayblanuvchiga nisbatan o‘lim jazosini so‘ramoqchi ekanligini ma’lum qiladi. Shundan keyin Yens Sooringning asl mamlakati hisoblangan Germaniya tomonidan ham ayblanuvchini o‘zlariga topshirish talabi yetkazilsa-da, Angliya birinchi bo‘lib ekstraditsiya talabini qo‘ygan AQSHga Sooringni jo‘natish jarayonlarini davom ettiradi. Bundan norozi bo‘lgan Sooring agar AQSHga ekstraditsiya qilinadigan bo‘lsa, o‘lim jazosi mavjud bo‘lgan Virjiniya sudida o‘zining sud qilinishini kutish muddati, undan keyin o‘lim jazosining qo‘llanilishini kutish muddati kabi holatlar bilan yuzma-yuz kelishini vaj ko‘rsatib, bunday holatlar Yevropa inson huquqlari konvensiyasi(bundan keyin, Konvensiya)ning 3-moddasidagi qiynoqqa solinish yoki g‘ayriinsoniy muomala ko‘rishga teng bo‘lganligi uchun Konvensiyaga zid deya Yevropa Inson Huquqlari Komissiyasiga (bundan keyin, Komissiya) murojaat qiladi.
Komissiya esa Sooringning AQSHga ekstraditsiyasi Konvensiyaning 13-moddasi (samarali himoyani olish huquqi) ga xilof bo‘lsada, 3-(qiynoqqa solinish va g‘ayriinsoniy muomalaning taqiqlanishi) va 6-moddalariga (adolatli sud qilinish huquqi) xilof emasligi to‘g‘risidagi fikrini e’lon qiladi. Shundan so‘ng ushbu ish bo‘yicha Yevropa inson huquqlari Sudiga murojaat qilinadi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish