Sud qaroriga sharh
Xalqaro huquqda ekstraditsiya
Jinoyatchlarning ekstraditsiyasi – odatda xalqaro shartnomalar bo‘yicha yoki agar shunday shartnoma mavjud bo‘lmasa, xalqaro aloqalardagi o‘zaro xalqaro hurmat (international comity) qoidasi bo‘yicha talab qilgan davlatga jinoyatchining talab etilgan davlat tomonidan topshirilishi deganidir va bunday amaliyot uzoq tarixga ega. Albatta, shartnoma mavjud bo‘lmagan holatda talab etilsa-da, ushbu talabga javob berish yoki bermaslik jinoyatchi turgan davlatning xohishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday ishlarda davlatlar o‘zarolik (reciprocity) prinsipi bo‘yicha jinoyatchi (yoki ayblanuvchi)ni ikkinchi tomonga ekstraditsiya qiladi. Bundan tashqari, ekstraditsiya qilish taqiqlangan holatlar ham mavjud bolib, siyosiy jinoyatlar uchun qochib kelganlarni ushlab topshirmaslik qoidasi xalqaro huquqning umumiy prinsipi sifatida e’tirof etilgan (misol uchun, ASQH – Yaponiya o‘rtasidagi ekstraditsiya qilishga oid bitimning 4-moddasi). Qo‘shimcha ravishda, ekstraditsiya qilinayotgan shaxs sodir etgan jinoyat ikkala davlatda ham jinoyat sifatida ko‘rilishi, topshirilishi talab etilayotgan jinoyat yuzasidangina javobgarlikka tortilishi, topshirilishini talab etayotgan davlatning sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi natijasida topshirish yoki topshirmaslik bo‘yicha qaror chiqariladi.
Kontinental huquq tizimidagi ko‘pgina davlatlarda esa o‘z fuqarosini topshirmaslik qoidasiga amal qilinadi. Havo kemalarini noqonuniy egallashga oid konvensiya (7-modda) va Qiynoqqa solinishning taqiqlanishiga oid konvensiya (5-modda 2-qism)da, jinoyatchilarning topshirilishi, agar topshirilmasa, o‘z mamlakatida javobgarlikka tortilishi prinsipi (aut dedere aut judicare – yo topshir yoki sud qil ) ko‘zda tutilgan.
Ushbu ish yuzasidan chiqarilgan qarorning ahamiyati shundan iboratki, ayblanuvchiga o‘lim jazosi berilishi muqarrar holatlarda o‘lim jazosining tatbiq etilishini kutish holatiga tushib, qiynoq, g‘ayriinsoniy muomalani taqiqlovchi Yevropa inson huquqlari Konvensiyasining 3-moddasiga zid kelishiga qaror qilishidadir. Ushbu qaror sababidan ekstraditsiya qilmaslik sabablarining kengayishi uchun mantiqiy asos yuzaga keldi. 1990-yildagi BMTning ekstraditsiyaga oid Namunaviy bitimida jinoyatchini topshirishni talab etayotgan davlatda o‘lim jazosi tatbiq etiladigan bo‘lsa, talab qilinayotgan davlat ushbu talabni rad etishi mumkinligi o‘rnatilgan (4-modda). 2003-yilda AQSH va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tuzilgan shu nomdagi shartnomaning 13-moddasi ham yuqoridagi kabi qoidani o‘rnatgan. O‘zbekiston ham bir necha davlatlar bilan shunday shartnomalarni imzolagan. Shuningdek, bunday shartnoma 2018-yil may oyida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida ham imzolangan bo‘lib, u 2018-yil 2-iyul kuni ratifikatsiya qilingan va uning moddalarida ham shunday normalar ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |