A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Javobgar (O‘zbekiston)ning qarshi da’volari bo‘yicha arbitraj yurisdiksiyasi



Download 7,07 Mb.
bet75/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

4.3 Javobgar (O‘zbekiston)ning qarshi da’volari bo‘yicha arbitraj yurisdiksiyasi
O‘zbekiston arbitrajga ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha qarshi da’vo arizasi kiritib, AGF loyihasida qonunbuzarlik va firibgarlik yo‘li bilan Oxusning asossiz boyiganligi sababli 117 million AQSH dollariga yaqin miqdorda kompensatsiya to‘lashni talab qilish bilan birga, maxsus dividendlar bo‘yicha qarzlarni qaytarishni ham so‘radi.
Biroq Arbitraj uning yurisdiksiyasi faqat mezbon davlatning majburiyatiga taalluqli nizolarni qamrab olganligi hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi investitsiyalarni himoya qilish va rag‘batlantirish shartnomasining 8-modda 1-qismiga ko‘ra O‘zbekistonning qarshi da’vosi bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasini rad etdi. Bu bilan Arbitraj Oxus Goldning O‘zbekistonga nisbatan qarshi qo’zg’atgan arbitraj nizosini boshqa shunday nizolardan farqli ekanligini qayd etdi. Buning sababi sifatida boshqa investor va davlatlar o‘rtasida yuz bergan xalqaro investitsiya nizolarida o‘sha nizolarga nisbatan qo‘llanilgan ikki tomonlama investitsion shartnomalarning yurisdiksiyaga oid bandlari anchagina keng yurisdiksiya qoidalarini o‘zida mujassam etib, Britaniya - O‘zbekiston bitimi esa nisbatan tor yurisdiksiya qoidasini belgilaganligini keltirib o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, yuqoridagi bitimning 8-modda 1-qismida tomonlar quyidagi qoidani o‘rnatishgan edi:
“Bir Ahdlashuvchi tomon fuqarosi yoki shirkati va boshqa Ahdlashuvchi tomon o‘rtasida oxirgisining ushbu bitimdagi avvalgi sarmoyalarga nisbatan o’zaro kelishuv orqali hal etilmagan nizolariga tegishli majburiyatlari fuqaroning yoki shirkatning xohishiga binoan, da’vo ochish haqidagi yozma bildirishidan uch oy o‘tganidan keyin xalqaro hakamlar sudiga oshiriladi”.
Shunga qaramay, arbitraj hakamlari Saluka va Chexiya Respublikasi, Paushok va Mo‘g‘uliston ishlariga havola qilgan holda investorning da’vosiga qarshi “yaqin aloqaga ega” bo‘lgan da’volarni ko‘rib chiqish mumkinligini ta’kidlaydi. Bunday da’volarda faqatgina “javobgarning ichki qonunlari” bilan bog‘liq masalalar emas, balki investorning xalqaro majburiyatlarini buzganligini isbot qilish kerakligini keltirib o‘tadi.
Ko‘rib chiqayotgan ushbu ishimizda esa qarshi da’vo asosi bo‘lgan va O‘zbekiston ichki qonunchiligi bilan qamrab olingan investorlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari to‘g‘risidagi umumiy talablari asosiy da’voga “yaqin aloqa”da emas deb hisoblanildi. Dividendlar kelishuvining buzilishi, haqiqatan ham, investor qo‘zg‘atgan da’voga nisbatan yaqin aloqani ko‘rsatganligiga qaramay, hakamlar bu masalani hal qila olmadi. Buning sababi sifatida, oltin qazib olish tog‘risidagi shartnomaning dividentlarni bo‘lib olish bo’yicha masalalari va ulardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan O‘zbekiston sudlariga yurisdiksiya taqdim etilgan bo‘lib, ish o‘sha yerda ko‘rib chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish