A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Shartnoma buzganlik uchun kompensatsiyaning to’lanishi



Download 7,07 Mb.
bet74/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

4.1.3. Shartnoma buzganlik uchun kompensatsiyaning to’lanishi
Xondiza bilan bog‘liq so‘nggi masala muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach investorning geologik izlashlar olib borish bo‘yicha shartnomasi shartlariga binoan sarflangan xarajatlarini qoplashga qaratilgan. Bu o‘rinda ushbu ishning huquqiy asosi Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama investitsion shartnoma ekanligini ta’kidlash o‘tish lozim. Shunday ekan, agar investor va davlat o‘rtasida tuzilgan shartnomaning buzilishi ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnomaning ham buzilishiga sabab bo‘lsagina, hakamlar investor ko‘rgan zararlarni qoplash bo‘yicha qaror chiqarishlari mumkin edi. Biroq ushbu ishda ikki davlat o‘rtasida tuzilgan bitimning buzilishi bo‘lmaganligi, boshqacha so’z bilan aytganda, geologik izlashlarni olib borish bo‘yicha shartnomaning buzilishi investitsiya bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi shartnomaning buzilishi darajasida bo’lmaganligi uchun mezbon davlat investorga hech qanday kompensatsiya to’lamaydi degan qarorga kelindi.
4.2. Oxus Goldning Amantaytau Goldfields (AGF) bo‘yicha da’vosi
Xondiza loyihasi bo‘yicha da’volar bilan bir qatorda, Oxus O‘zbekistonning AGF loyihasiga munosabati bo‘yicha ham ko‘plab da’volarni o’rtaga tashladi. Ularga ko‘ra, Oxusning oltinlarni chet elga sotilishi yuzasidan davlatga qo‘shimcha miqdorda mablag‘ to‘lashi talab qilingan, xususan, Oxusga nisbatan mahalliy sudlarda o‘tkazilgan sud jarayonlari natijasida 10,8 million AQSH dollari miqdorida maxsus dividendlarni to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, AGF bo‘yicha da’volar litsenziyani bekor qilish, soliq rejimini o‘zgartirish, kumushni mahalliy darajada tozalash talablari, investor faoliyatiga aralashish tarzdagi tekshiruvlar va AGF xodimlarining ustidan jinoiy tekshiruvlarning boshlanishi hamda korxonani tugatish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
4.2.1 Soliq tizimi o‘zgarishi va adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimining buzilishi
O‘zbekistonning Oxusga tatbiq etiladigan soliq rejimining o‘zgartirilishi ham arbitraj tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi lozim edi. 2006-yilda davlat AGFga berilgan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni bekor qilgan, 2009-yilda esa qo’shimcha qiymat solig‘i (bundan keyin QQS)ga oid imtiyoz bekor qilingan. Albatta, davlatlar o‘z qonunlarini o‘zgartirish bo‘yicha vakolatlarini mutlaq ekanligini va bu ularning suvereniteti bilan bog‘liq ekanligini e’tirof etish lozim bo‘lsada, xususan, bir nechta hukumat qaror va farmonlarida Oxusga soliq tizimining ma’lum bir muddat davomida qo‘llanilmasligiga oid imtiyoz taqdim etilganligi (stabilization clause) ayon bo‘ldi. Oxus sarmoya kiritishda turli xil soliq imtiyozlariga tayanib ish ko‘rgan va shu nuqtayi nazardan soliq tizimidagi barqarorlik shartlari O‘zbekiston tomonidan hurmat qilinishi lozim edi.
O‘zbekiston ushbu imtiyozlarni Oxusning qonunlarni bajarishi va samarali faoliyat ko‘rsatishi sharti sifatida taqdim etganligini ro‘kach qilib, Oxusning qonuniy majburiyatlarini bajarmaganligi soliq imtiyozlarining unga nisbatan tatbiq etilmasligi uchun asos bo‘lishini aytdi. Bundan tashqari, davlat paxta sanoatini himoya qilish maqsadida ushbu sohaga QQS imtiyozlarini berish uchun tog'-kon sanoati uchun QQSni o‘zgartirishni talab qilishiga to‘g‘ri kelganini bildirdi. Biroq arbitraj hakamlari O‘zbekiston tomonidan Oxusning noto‘g‘ri xatti-harakati sababidan unga berilgan imtiyozlarni bekor qilganlik to‘g‘risida keltirilgan dalillarni asosli deb topmadi, shu sababli, bu dalillar shubha ostida qolib ketdi. Bundan tashqari, hakamlar, bir sohadagi imtiyozlarni olib tashlash orqali ularni boshqasiga o‘tkazish o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q deb hisobladi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, arbitraj, 2006 va 2009-yildagi soliq imtiyozlarining to’xtatilishi davlat tomonidan investorga taqdim etilgan soliq tizimining barqarorligiga oid investorning asosli umidlari (legitimate expectations)ni puchga chiqargan va bu bilan adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimini buzganligini ko’rsatdi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish