A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet72/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Arbitraj qaroridan

4.1. Xondiza loyihasi bo‘yicha Oxus Gold da’vosi
4.1.1. Shartnomani muzokara qilish huquqi ekspropriatsiyaning obyekti hisoblanadimi?
Da’vogarning birinchi da’vosi Xondiza loyihasiga oid bo‘lib, unga ko‘ra investorda konsessiya shartnomasiga asoslangan holda ushbu Xondiza loyihasini amalga oshirish huquqi mavjud bo’lgan. Biroq O‘zbekiston tomoni, avvalo, Oxus ulushini 50%ga tushirgan holda, investorni 50/50 shaklda davlat korxonasi bilan qo’shma korxona qurishga, keyinchalik esa Xondiza loyihasi bo‘yicha konlarni o‘zlashtirish va qazib olish huquqini investordan olib, davlat korxonasiga topshirgan. Natijada davlat xorijiy investorda mavjud bo‘lgan huquqni tortib olgan.
Hakamlar o‘z tahlilini, avvalambor, Xondiza loyihasiga nisbatan Oxusda mavjud bo‘lgan huquqning xususiyatlarini aniqlashdan boshladi. Hakamlar Oxusning fikriga qo‘shilmagan holda Oxusning O‘zbekiston tomoni bilan tuzgan shartnomalari (misol uchun, 1996-yildagi foydali konlarni topish shartnomasi va undan keyin chiqarilgan hukumat qarorlari) Oxusga mutlaq huquqlar (unconditional rights)ni taqdim etmagan. Balki o‘sha shartnoma va hukumat qarorlari O‘zbekiston tomoni bilan rasmiy ravishdagi yakuniy shartnoma imzolash muddatigacha bo‘lgan muzokaralar o‘tkazilishini nazarda tutgan.
Shuningdek, konlarni qidirib topish shartnomasining o‘zgartirilishi tegishli davlat korxonasining boshqa tomon bilan qo‘shma korxona tuzish huquqidan mahrum etmaydi. Oxusning huquqlari esa mutlaq huquqlar bo‘lmagan. Qo‘shimcha ravishda keltirib o‘tish mumkinki, Oxus ushbu muammo hal etilishi jarayonida qo‘shma korxona tuzish yoki konsessiya shartnomasiga kirish bo‘yicha bir necha bor o’z fikrini o’zgartirgan.
Xulosa qilib aytganda, javobgar Xondiza loyihasini konsessiya shartnomasi (concession agreement) orqali rivojlantirish bo’yicha davogarga mutloq huquq (exclusive right)ni kafolatlamagan. Balki da’vogar faqat Xondiza konini O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda, o‘zaro maqbul sharoitda, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishgan holda 50/50 qo’shma korxona tashkil etish uchun rasmiy, eksklyuziv va yaxshi niyatli muzokaralar o’tkazish huquqiga ega bo‘lgan xolos. Shuning uchun ham Oxusning o‘sha paytdagi huquqlari ekspropritatsiyaning obyekti hisoblanadigan huquqlar bo‘lmagan (was not a property right that was susceptible of expropriation).

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish